34
axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi.
Ko’pincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat ko’rsatadi
va mustaqil hisoblanadi,
ya’ni o’zining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta’minotiga ega bo’ladi.
Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma’lumotlar bazasi tamoyili bo’yicha
qurilgan bo’lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun
axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan
holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi.
Texnik vositalar yordamida faqat axborot operatsiyalarini avtomatlashtirishga
erishiladi. Bevosita qarorlar qabul qilish funktsiyalarini va boshqa
boshqaruv
operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi.
SHuning uchun boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona
rahbariyatiga turli ma’lumotnomalar va hisobot shakllarini berishga yo’naltirilgan
bo’ladi.
2.2 -rasm. OpenOffice dasturining boshqaruv tizimida qo’llanilishi
Demak, boshqaruv
tizimlari bir
vaqtning o’zida axborot-ma’lumot
tizimlarining vazifalarini ham bajaradi. Bu tizimlarda so’rovlar odatda doimiy va
reglamentli xarakterga ega bo’ladi. Axborot tizimi bu so’rovlarni amalga oshira
borib, nazorat qilinadigan jarayonlarning holati to’g’risidagi axborotga muntazam
ravishda (har kuni, har haftada va hokazo) ishlov berish natijasida ma’lumot
shakllarining muayyan ro’yxatini beradi, shuningdek boshqa turdagi so’rovlarga ham
xizmat ko’rsatadi.
Axborot-hisoblash tizimlarida saqlanayotgan axborotdan turli hisoblash
operatsiyalari bilan bog’liq vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi. Bunday
vazifalarga statistik hisobot va tahlil, ob-havo
va konlarni prognozlash, tashhislash
(kasalliklarga tashhis qo’yish, uskuna va priborlarning nosozliklari sabablarini
aniqlash) kabilar kiradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) doirasida
ishlaydigan axborot tizimlarini ham axborot-hisoblash tizimlariga kiritish mumkin.
35
Avtomatlashtirilgan
loyihalash
tizimlari
asbobsozlik
va
mashinasozlik,
radioelektronika va kemasozlikda turli loyihalar hisob-kitoblarini bajaradi,
elementlar, sxemalar, qurilmalarning parametrlarini maqbullashtirish vazifalarini hal
qiladi.
Hisoblash tizimlarining funktsiyalari axborot tizimlarining
boshqa turlariga
ham xos bo’lishi mumkin. Masalan, kutubxonalarda foydalaniladigan hujjatli
axborot-qidiruv tizimlari doirasida qidirish vazifalari bilan bir qatorda ko’plab
hisoblash-statistika vazifalari ham bajarilishi, kitob fondining harakati to’g’risidagi
ma’lumotlar qayd etilishi, kitobxonlar kontingenti to’g’risidagi ma’lumotlar hisobga
olinishi, hisobotlar uchun materiallar tayyorlanishi mumkin va hokazo.
YUqorida ko’rib chiqilayotgan axborot tizimlarining barcha turlari
foydalanuvchini faqat qachonlardir tizimga kiritilgan va uning axborot massivlarida
saqlanayotgan ma’lumotlar hamda faktlar orasidagi zarur axborot bilan ta’minlaydi.
Axborot-mantiqiy tizimlar boshqa tizimlardan farqli o’laroq
ilgari bevosita
shaklda tizimga kiritilmagan, balki tizimdagi mavjud axborot massivlarini mantiqiy
tahlil qilish, umumlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash asosida ishlab chiqiladigan
axborotni bera oladi. Bunday tizimlar muayyan darajada mutaxassis-tadqiqotchi
mehnatining o’rnini bosib, ilmiy-tadqiqot masalalarini hal qilishi mumkin. Ularni
ba’zan intellektual tizimlar deb ataydilar, chunki ularni ishlab chiqishda sun’iy
intellekt nazariyasi qoidalaridan foydalaniladi.
YUqorida ko’rib chiqilgan barcha tizimlarda foydalanuvchilarning, shu
jumladan, hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo’lmagan
foydalanuvchilarning
tizim bilan o’zaro muomala qilish vositalarini rivojlantirib borish zarur. Bu vositalar
yordamida foydalanuvchi o’z so’rovlarini shakllantiradi, ularni tizimga kiritadi, tizim
unga berayotgan axborotni qabul qilib oladi.
Turli tizimlarda bu vazifa turlicha hal qilinadi. Ba’zi tizimlarda amalga
oshirilishi mumkin bo’lgan so’rovlarning qat’iy belgilangan ro’yxati mavjud bo’ladi.
Foydalanuvchi uning talablariga imkon qadar to’la javob bera olishi mumkin bo’lgan
so’rovni tanlaydi va uni tizimga ko’rsatadi. Bunday tizimlar namunali (standart)
so’rovli tizimlar deb ataladi.
Har qanday ixtiyoriy so’rovlarni amalga oshira oladigan tizimlar
foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. So’rovlarni shakllantirish
uchun tizim so’rovlar tiliga, ularni tuzish qoidalariga ega bo’lishi kerak.
Foydalanuvchining tizim bilan muomalasi insonning mashina bilan muloqoti
shaklidagi muomalasidan qulaydir. Bunda foydalanuvchi olinayotgan axborot bilan
tanishib, o’z so’rovini tuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi[20].
SHuni qayd etib o’tish zarurki, har qanday
muayyan axborot tizimi
tizimlarning alohida ajratib ko’rsatilgan turlariga xos bo’lgan xususiyatlar majmui
bilan tavsiflanishi mumkin. SHu bilan bir qatorda axborot tizimlari qo’llanish
sohasiga bog’liq holda tizimning o’zigagina xos xususiyatlarga ega bo’ladi.