1-Ma’ruza: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Reja: Axborot tizimlari tushunchasi Biznesda axborot tizimlari




Download 133.44 Kb.
bet1/5
Sana10.04.2023
Hajmi133.44 Kb.
#50060
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Biznesda axborot tizimlari asoslari.
Kurs ishi, Axborot xavfsizligi siyosati, Yunusov Rasuljon Dunyoning ishlari, Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida ilk qadam dasturining ahamiyati, HFX, ХФХ-1 мажмуа 2021, hayot faoliyati xavfsizligi barcha testlar, 119778, 102566

1-Ma’ruza: Biznesda axborot tizimlari asoslari. REJA: 1. Axborot tizimlari tushunchasi 2. Biznesda axborot tizimlari. 3. Axborot tizimlarning turlari Axborot tizimlari tushunchasi Hozirgi kunda fan va tеxnikada ko`p qo`llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim – bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik dеgan ma'noni anglatadi. Umumiy holda tizimga quyidagicha ta'rif kеltiramiz. Tizim – bu o`zaro bog`liq va yagona maqsadga erishish uchun ma'lum qoida asosida o`zaro munosabatda bo`ladigan elеmеntlar to`plamidir. Bu elеmеntlar to`plami oddiy elеmеntlar yig`indisidangina iborat bo`lmay, har bir elеmеnt ham o`z navbatida tizim bo`lishi mumkin. Ma’lumki, bugungi kunda ko’plab turli xil tizimlar yaratilgan bo’lib, ular o’z tarkibi va bosh maqsadlari bo’yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan. Tizim Tizim elementlari Tizimning bosh maqsadi Firma Odamlar,jixozlar,materiallar,binolar va boshqalar Tovarlar ishlab chiqarish Kompyuter Elektron va elektr mexanik elementlar, aloqa liniyalari va boshqalar Ma’lumotlarga ishlov berish Telekommuniktsiya tizimi Kompyuterlar, modemlar, kabellar,tarmoq dasturiy ta’minoti va boshqalar Axborot uzatish Axborot tizimi Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlrai, odamlar, axborot va dasturiy ta’minot Professional axborot ishlab chiqarish Har bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat: – kiritish; – ishlov berish; – chiqarish; – teskari aloqa. Kiritish Ishlov berish Chiqarish teskari aloqa Axborot tizimining apparat va dasturiy qismi Axborot kiritish Axborotni qayta ishlash Axborotni chiqarish Teskari aloqa Tashkilot personali yoki boshqa tizimlar Axborotlarni tashqi va ichki manbalardan kiritish uchun xizmat qiladi Kiritilgan axborotlarni qulay ko’rinishga keltirish va qаyta ishlash uchun xizmat qiladi Mijozlarga va boshqa tizimlarga axborotlarni etkazib berish uchun xizmat qiladi Kiritilgan axborotlarni qаyta ishlash uchun jamiyat a’zolari tomonidan kiritiladigan ma’lumotlar Xar qanday axborot tizimining ishlash jarayonini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin. Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq bo’lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi. Axborot tizimi – qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmui. «Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob'еktlar», «aloqalar», «xususiyatlar». • Ob'еktlar – tizimning bir bo`lagi yoki komponеntlari bo`lib, jismoniy, matеmatik o`zgaruvchan tеnglamalar, qoida va qonunlar, tеxnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo`linmalari kabi ko`plab chеklanmagan qismlarga ega. • Xususiyatlar – bu ob'еktning sifatini ifodalovchi paramеtrlardir. Xususiyat tizimning ma'lum bir o`lchamga ega ob'еktlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini bеradi. Ob'еktlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o`zgarishi mumkin. • Aloqalar ob'еktlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elеmеntlarining kеnja tizimlari va tizimlar o`rtasida aloqa bo`lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o`rtasida aloqaning mavjud bo`lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega bo`lmagan elеmеnt ko`rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizim quyidagi xususiyatlardan iboratdir: – murakkablik; – bo‘laklanish; – yaxlitlik; – qismlarni ko‘p tamoyilligi va ularni o‘zaro farqlanishi; – tarkiblanishi. • Tizimning murakkabligi uning tarkibidagi qismlarning ichki va tashqi bog‘liqlari va dinamik o‘zgarishlariga bog‘liq. • Tizimning bo‘laklanishi uning ko‘p quyi qismlardan yoki elementlardan iborat bo‘lishidir, va ular ma‘lum maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan. • Tizimning yaxlitligi – bu elementlar to‘plami, umumiy maqsadga erishishga mo‘ljallangan. • Tizim qismlarni ko‘p tamoyilligi va ularni o‘zaro farqlanishi – ularning funksional vazifasi har xilligi va avtonom ishlay olishida. • Tizimni tarkiblanishi uning ichki aloqalarini iyerarxiklik pog‘onasi bo‘yicha taqsimlanishidadir. Biznesda axborot tizimlari Biznesda ishlatiladigan quyidagi axborot tizimlar turlari mavjud: elektron tijorat tizimlari, tranzaktsiyalarni qayta ishlash (processing), boshqaruv AT, qarorlarni qabul qilishni qo’llabquvvatlash tizimlari. Undan tashqari ba’zi tashkilotlar maxsus- maqsadli tizimlarni ishlatadilar: sun’iy intellekt, ekspert tizimlar, virtual voqelik va boshqalar. Elektron tijorat – axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik faoliyati. Elektron tijoratni to’rt yo’nalishga ajratish qabul qilingan: biznes biznesga (busines- to-business, B2B); biznes iste’molchiga (business-to--consumer, B2C); biznes ma’muriyatga (business-toadministration, B2A); iste’molchi ma’muriyatga (consumer-to-administration, C2A). Shuningdek, keyingi vaqtda iste’molchi iste’molchiga (consumer-to-consumer, C2C) va iste’molchi biznesga (consumer-to- business, C2B) modellari rivoj topmoqda. Elektron tijorat: O’zbekiston xom-ashyo birjasining veb-sayti Tranzaktsiyalarni qayta ishlash (transaction processing) tizimlari. O’tgan asrning 50-chi yillaridan boshlab kompyuterlar biznesda har kungi mayda, ko’p mehnatni talab kiladigan ishlarda ishlatila boshlangan. Tranzaktsiya – any business related exchange. Masalan: mijoz amalga oshirgan to’lov, ishchiga to’langan ish haqi. Tranzaktsiyalarni qayta ishlash tizimi bu biznes tranzaktsiyalarini saqlab qolish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan odamlar, jarayonlar, dasturlar, ma’lumot bazalari va uskunalar bilan tashkil etilgan to’plamdir. Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun mo’ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar (masalan, kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta’minoti va zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi. Ko’pincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat ko’rsatadi va mustaqil hisoblanadi, ya’ni o’zining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta’minotiga ega bo’ladi. Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma’lumotlar bazasi tamoyili bo’yicha qurilgan bo’lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi. Texnik vositalar yordamida faqat axborot operatsiyalarini avtomatlashtirishga erishiladi. Bevosita qarorlar qabul qilish funktsiyalarini va boshqa boshqaruv operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi. Shuning uchun boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona rahbariyatiga turli ma’lumotnomalar va hisobot shakllarini berishga yo’naltirilgan bo’ladi Axborot tizimlarining turlari. Axborot tizimlari (AT) ma’lum kriteriyalarga ko’ra bir nechta turlarga ajratiladi. Avtomatlashtirish darajisiga ko’ra axborot tizimlari qo’lda bajariladigan avtomatlashtirilgan va avtomat tizimlarga bo’linadi. Ko’lda bajariladigan AT xamma qayta ishlash operastiyalari inson tomonidan bajarilishi bilan xarakterlanadi. Avtomatlashtirilgan AT - ma’lumotlarni boshqarish yoki qayta ishlash funkstiyasining bir qismi avtomat tarzda ikkinchi bir qismi inson tomonidan bajariladi. Avtomat AT - ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlashning barcha funkstiyalari inson qatnashuvisiz (masalan, texnologik jarayonlarni avtomat ravishda boshqarish) amalga oshiriladi. Qo’llanish soxasiga ko’ra: • Ilmiy izlanishlar (tadqiqot )ni avtomatlashtirish; • Avtomatlashtirilgan loyixalashtirish; • Tashkiliy- boshqaruv; • Texnologik jarayonlarni boshqarish; kabi turlarga bo’linadi. Ilmiy AT ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo’ljallangan. Loyixalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi texnika ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Tashkiliy boshqarishning AT - shaxslar funkstiyalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu sinfga xam sanoat (korxona) xam nosanoat ob’ektlari (bank birja, sugurta kompaniyasi) va ayrim offislar (ofislar tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi. Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan (metallurgiya, energetika). Qo’llash soxasidan qat’iy nazar, axborot tizimlari ma’lumotlarini qayta ishlashning deyarli barcha tizimlari taminlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar to’plamini o’z ichiga oladi. Ularni dasturiy texnik, xukukiy, axborot tashkiliy matematik va lingvistik ta’minotlarga ajralishi qabul kilingan. • Axborot taminoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni tasniflash va kodlashtirish tizimlari xujjatlashtirishning unifikastiyalashgan tizimlari, xujjat aylanmasi va xujjatlar shakli uslublarini rastional xolga keltirishni o’z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil kilish buyicha uslublar va vositalar yigindisidir. • Dasturiy ta’minot - xisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. • Texnik ta’minot ma’lumotlarini kayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun qo’llanuvchi texnik vositalar kompleksidir, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy operastiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o’z ichiga oladi. • Xuquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va funkstiyalashtirishni tartibga soluvchi xuquqiy meyorlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning xuquqiy ta’minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi o’rtasidagi shartnomaviy o’zaro munosabatlar meyoriy aktlari, chetga chiqishlarining xuquqiy tartibga solinishini o’z ichiga oladi. • Lingvistik ta’minot inson va EXM muloqotini ishlab chiqarish va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig’indisini o’zida namoyon etadi. Axborot tizimlarini xayotda qo’llab qanday natijalar olish mumkin • Matematik metod va intellektual tizimlarni qo’llab, boshqarishning optimal variantlarini olish. • Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini engillashtirish. • Eng to’g’ri axborotga ega bo’lish. • Axborotlarni qog’ozda emas balki magnit yoki optik disklarda saqlash • Maxsulot ishlab chiqarish sarf xarajatlarnini kamaytirish. • Foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish. Axborot tizimlarida boshqaruv tuzilmasining o’rni Axborot tizimi jamiyat va xar bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim: • Axborot tizimining tuzilmasi va uning qo’llanilish maqsadi, jamiyat va korxona oldida turgan vazifa bilan to’g’ri kelishi kerak. Masalan; tijorat firmasida – foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarishi kerak. • Axborot tizimi inson tomonidan boshqarilishi va ijtimoiy etika prinstiplari asosida foyda keltirishi kerak. • To’g’ri, kafolatli va o’z vaqtida axborotlarni mijoz yoki tizimlarga etkazishi lozim. Mamlakatimizda axborot tizimini rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarni amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak. • O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot tizimlari ekotizimlarini yaratish; • Mamlakat axborot tizimining institutlari va infratuzilmasini yaratish; • Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi informatsion jamiyat tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish. • Global miqyosida va global bozorlarda respublikamizning raqobatbardoshligini oshirish. Bugungi kunda axborot tizimlarini tashkil etish va raqamli axborot texnologiyalari (IT) sohasida mamlakatimizda OTM da quyidagi yo’nalishlarda zamonaviy mutaxasislar tayyorlashni (Ayniqsa, 1 mln dasturchilarni) yo’lga qo’yish zarur: • Yuqori darajadagi dasturlash tillarida ishlay oladigan dasturchilar; • Elektron platformalar va ekotizimlar bo’yicha mutaxasislar; • AR (qo’shimcha reallik) va VR (virtual reallik) bo’yicha mutaxasislar; • Moliyaviy texnologiyalar bo’yicha mutaxasislar; • Digital Banking mutaxasislari; • Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash bo’yicha mutaxasislar; • Bilimlar bazalari bo’yicha mutaxasislar; • Ma’lumotlar havfsizligi bo’yicha mutaxasislar; • Turli xil sohalardagi raqamli transformatsiya bo’yicha mutaxasislar; • Bulutli texnologiyalar bo’yicha mutaxasislar; • Masofaviy ta’lim bo’yicha mutaxasislar; • Ma’lumotlar bazalari administratorlari; • Raqamli logistika bo’yicha mutaxasislar; • Raqamli fazodagi marketologlar; • Aqilli texnologiyalar bo’yicha mutaxasislar; • Big Data bo’yicha mutaxasislar; • Digital Analitika bo’yicha mutaxasislar; • Buyumlar internetining arxitektori; • Taqsimlangan ma’lumotlar bazalari bo’yicha mutaxassislar; • Virtual muhit dizaynerlari - VR-arxitektorlar; • Ovozli interfeyslar dizayneri; • Buyumlar interneti interfeysi dizaynerlari; • Robototexnika injenerlari; • Ma’lumotlar bilan ishlaydigan mutaxasislar; • Informatsion texnologiyalar bo’yicha yuristlar; • Kompyuter lingvistikasi bo’yicha mutaxassislar; Savol va javoblar ETIBORINGIZ UVHUN RAHMAT
2-mavzu. Axborot texnologiyalari yordamida raqobat. Reja: 1. Strategik axborot tizimlari. 2. Raqobat strategiyasi tushunchalari 3. Axborot texnologiyalardan strategik foydalanish Strategik axborot tizimlari Har qanday tashkilotning istiqboli va kelajagi qabul qilingan strategiyaga bog‘liq. Strategiya deganda istiqbolli, uzoq muddatga mo‘ljallangan masalalarni yechishga yo‘naltirilgan metodlar vavositalar to‘plami tushuniladi. Ushbu tushuncha bilan “strategik metod”, “strategik vosita”, “strategik tizim” va shu kabi tushunchalarni ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda firmaning rivojlanish va istiqbolli strategiyasi masalalarida axborot tizimlarining o‘rniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday axborot tizimlari strategik muhim tizim sifatida e’tirof etilib, firmaning ravnaqi, vazifalari, metodlari, mahsulotlari, xizmatlari sifatini oshirishda, raqobatchilardan o‘zib ketishga, iste’molchilar va ta’minlovchilar o‘rtasida yangi munosabatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadilar. Yangi strategik axborot tizimlaripaydobo‘ldi. Strategik axborot tizimi — tashkilotning strategik istiqbolli maqsadlarini amalga oshirishga oid qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter axborot tizimidir. Axborot tizimlarining yangi sifatlari hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi, uning mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zgartirib, gurkirab rivojlanib ketishiga ta’sir ko‘rsatgani haqida ma’lumotlar ko‘pgina. Biroq shunday salbiy holatlar ham kelib chiqqanki, axborot tizimi joriy etilishi natijasida shtatlar soni qisqartirilishi, firmadagi ruhiy holatning o‘zgarishi kuzatilgan. Iste’mol bozorida mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, o‘zining raqobatchilariga ega bo‘lgan firma faoliyati misolida strategik axborot tizimlarining sifatini ko‘rib chiqaylik. Bunday sharoitlarda firma raqobatchilaridan o‘zib ketishi kerak. Strategik axborot tizimidan foydalanish bunday vaziyatlarda nimalarni beradi? Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini tushunib olish kerak. Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi:  bozorda o‘z siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar;  tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish bo‘yicha turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan xaridorlar;  mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib beruvchi ta’minotchilarning narxlar bo‘yicha siyosati. Firma raqobatda yutib chiqib, bozorda o‘zining siyosatini yuritishi uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur:  bozorda mavjud bo‘lgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va xizmatlarni yaratish;  firmaning tovar va xizmatlari sifati boshqa raqobatchi firma tovarlari va xizmatlaridan tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi bozorlarni va sharoitlarni izlab topish;  firma o‘zga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat qilishidan ko‘ra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va ta’minotchilarni o‘ziga biriktirib olishi;  mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish. Strategik bo‘g‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar uchun strukturalashtirilmagan masalalarning yechimini olish, uzoq muddatli rejalashtirish ishlarini bajarish imkonini beradilar. Asosiy masala – firmaning yoki tashkilotning tashqi muhitdagi holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida ichki imkoniyatlari va zahiralarini baholash. Ular tasodifan yuzaga keladigan vaziyatlarni hisobga olishda, nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda kompyuter va telekommunikasion qaror qabul qilishning umumiy muhit yaratishlari kerak. Eng so‘nggi takomillashtirilgan dasturlardan foydalanib, bunday tizimlar ixtiyoriy vaqtda ko‘pgina manbalardan zarur axborotlarni yetkazib berishlari mumkin. Ba’zi strategik axborot tizimlari uchun chekli analitik imkoniyatlar mavjud. Ushbu tashkiliy bo‘g‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni o‘ynaydilar va ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni operativ tarzda yetkazib berishda foydalanadilar. Hozirgi strategik axborot tizimlaridan ko‘p rejalilik, ko‘p funksiyaviylik sharoitida foydalanilayotgan bir paytda ularni yaratishning umumiy tamoyillari hali ishlab chiqilmagan. Bu masala borasida ikki xil nuqtai-nazarlar mavjud: birinchisi - dastlab maqsadlar va ularga erishishning strategik yo‘llarini aniqlab olish kerak, so‘ng esa axborot tizimlarini unga moslashtirish kerak; ikkinchi nuqtai-nazar - tashkilot strategik axborot tizimlaridan o‘z maqsadlarini aniqlashda va strategik rejalashtirishni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Lekin kelajakda bu ikki nuqtai-nazarning umumiy sintezi asosida strategik axborot tizimlarini yaratish yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda. 1. Raqobat strategiyasi tushunchalari So’nggi yigirma yil davomida rivojlangan mamlakatlar axborot faoliyatining ko’p qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan bo’lib, bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot-kommunikatsiyalar bozorining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi o’tgan asr 50 yillarining ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmog’i har bir mamlakat milliy iqtisodining asosiy negizi bo’lib hisoblanmoqda. CHunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasi talab etilmokda. Ishbilarmonlik faoliyatining maqbul muhitini shakllantirshda zarur bo’lgan turli axborot, tahliliy materiallar va ularni tezkor usulda olish axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining rivojlanib borayotganligi evaziga erishilmoqda. Barcha mamlakatlarda telekommunikatsiya axborot tarmoqlari keng tarqalayapti. Ayniqsa «Internet» axborot tarmog’ining salmog’i kundan-kunga ortib borib dunyo bo’yicha global axborot infratuzilmasi, uning asosida esa axborotlashgan jamiyat shakllanayotgani ma’lum. Xususan: a) xalqaro axborot tarmoqlariga ulangan shaxsiy kompyuterlar har bir xonadonga kirib bormoqda; b) axborot tarmoqlarida yangi xil faoliyat turlari vujudga kelayapti. Jumladan: tarmoqda ishlash, tarmoq muhitida dam olish, ijod va ko’ngil ochish, tarmoqda maorif va tarbiya; v) jamiyatning har bir a’zosi qaerda bo’lishidan qatьiy nazar axborot tarmoqlari asosida hoxlagan mamlakatidan turli xil mavzu hamda yo’nalishdagi axborotni to’liq va tezkor sur’atda olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda; g) axborot tarmoqlari doirasida mamlakatlar o’rtasidagi georgrafik va geosiyosiy chegaralar yo’qolib borayapti. Mutaxassislarning fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni kishilarga ishonchli axborot manbaiga kirishga keng imkoniyat yaratadi hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborot mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori darajasini ta’minlash orqali ularni ko’p mehnat va vaqt talab etuvchi ishlardan ozod etadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish jarayoni tubdan o’zgaradi, balki hayot mazmuni, xususan moddiy boylikka qaraganda madaniy xordiq chiqarishning axamiyati ortadi. Tovar ishlab chiqarish va iste’mol qilishga yo’naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan, axborotlashgan jamiyatda ko’proq aqliy mehnat ulushini orttiruvchi bilim, intellekt, axborot ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Turli xildagi kompyuter texnikasi asosidagi tizim va tarmoqlar, axborot texnologiyalari hamda aloqa telekommunikatsiyalari axborotlashgan jamiyatning material va texnologik bazasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlar ushbu jamiyat shakllanishining negizi sanaladi. Axborot-kommunikatsiyalar bozorida asosiy tovar bo’lib axborot mahsulotlari va xizmatlari sanaladi. YA’ni axborot-kommunikatsiyalar texnologiyasi yordamida foydalanuvchilarga ko’proq axborot xizmatini ko’rsatish lozim. Axborot mahsulotlari mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Axborot xizmatlari - bu foydalanuvchilarning talablariga mos ravishda qaerda bo’lishlaridan qatьiy nazar axborot mahsulotlariga kirish, zarurlarini qidirish va takdim etishni ta’minlash demakdir. Axborot xizmati turlarining vujudga kelishi axborot mahsulotlariga bo’lgan talabni yuksaltirib yubordi. CHunki ular foydalanuvchilarning shaxsiy talabidan kelib chiqqan holda ma’lumotlarni taklif qila boshlashdi va bu bilan ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilarning axborot modellarini yaqinlashtirishga imkon yaratdi. SHunday qilib, axborot xizmatlari axborot mahsulotlar qatorida zamonaviy axborotkommunikatsiyalari texnologiyasi asosiy tavsiflovchilaridan bo’lib hisoblanadi. Telekommunikatsiya vositalari asosida ma’lumotlar bazasiga tezkor kirishning amalga oshganligi, interaktiv xizmatlar industriyasining jadal rivojlanishiga va axborot iste’molchilariga yangi imkoniyatlarni yaratib berdi. Axborotlashtirish jarayonlari rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotiga faol ta’sir eta boshlagan 1970 yillar boshida bu sohada tub o’zgarishlar yuz berdi. Dunyoda 1990 yillar boshida ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon beruvchi yuzdan ortiq interaktiv xizmatlar mavjud edi. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya va YAponiyada oxirgi yillarda «on-line» (real vaqt birligida ishlash) xizmatlari industriyasi iqti-sodiyotning axborot tarmog’idan mustahkam o’rin egalladi. Ommaviy foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan «on-line» tarkibiga kiradigan ma’lumotlar bazasi 1979-1988 yillar oralig’ida 40 tadan 4000 tagacha etdi. Hozirgi kunda ularning soni 5000 dan ortib ketgan. Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va to’liqligi darajalariga yuqori talablar qo’ymoqda, chunki busiz samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas. Dunyo miqyosida axborot xizmatlarining shakllanishi 50-yillar boshiga to’g’ri keldi. SHu bilan birga dunyodagi rivojlangan mamlakatlar bozorida asosan akademik, professional, davlat korxonalari, o’quv yurti, ilmiy-texnika jamiyatlari notijorat axborot xizmatlarini takdim etishdi. Bir vaqtning o’zida tijorat axborot xizmatlari ham shakllana boshlandi. 1970 yillar o’rtalariga kelib ma’lumotlarni uzatishning milliy va global tarmoqlarining tarkib topishi, foydalanuvchilarga uzoq masofada joylashgan ma’lumotlar bazasiga kirib muloqjt asosida kerakli axborotni qidirishga imkon yaratib berdi. Axborot mahsulotlarining ko’p qismini iqtisodiy axborot egallay boshladi. Ushbu davrda foqdalanuvchilarga tijorat asosida xizmat ko’rsatadigan axborot vositachilari keng faoliyat ko’rsata boshladi. 1980 yil boshlariga kelib axborot xizmatlari bozorida ma’lumotlar bazasini optik disklarda taklif etadigan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda telematn va videomatn xizmatlarini keng ko’lamda ko’rsatuvchi axborot markazlari paydo bo’la boshladi. SHu vaqtning o’zida ma’lumotlar bazasini shakllantirish yo’lida axborot xizmatlari, yirik nashriyotlar va tadqiqot firmalari o’z ishlarini boshladi. Axborot xizmatlariga bo’lgan talab darajasining o’sib borishi, ularning yuqori darajadagi rentabelligi ushbu biznes sohasida hisoblash texnikalari ishlab chiqarayotgan firmalar, nashriyotlar va davlat tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirib yubordi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning markazdan uzoqda joylashgan rayonlarida axborot va telekommunikatsiya xizmatlari darajasining o’sib borishi aniq ijtimoiy va iqtisodiy foyda olishga zamin yaratmoqda. Interaktiv xizmatlar tarmoqlarga kirishga imkon bo’lgan fermerlar bozordagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlari haqida aniq axborotga ega bo’lishga; qishlok sharoitida yashayotgan kishilar esa teletibbiyot vositalari asosida shaharlik vrachlar maslahatlarini olish va qishloq bolalari axborot tarmoqlari asosida oldin ololmagan bilimlarga kirib, zarurlarini tanlab olish va foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishmokda. Bizning mamlakatimizda ham shunday imkoniyatga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: a) milliy iqtisodning turli tarmoqlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish; b) barcha axborotdan foydalanuvchi va ularni etkazib beruvchilarga global kompyuter tarmog’iga erkin kirishlariga imkon yaratish; v) axborot-kommunikatsiyalar bozoridagi dinamik o’zgarishlarga moslashadigan me’yoriy-huquqiy bazani tarkib toptirish; g) taqdim etilayotgan xizmatlarning xilma-xilligini ta’minlash; d) intellektual mulk huquqini himoya qilish. Axborot-kommunikatsiyalar bozoriga o’z mahsulotlari bilan turli xildagi tashkilotlar, davlat agentliklari, tijorat firmalari, savdo assotsiatsiyalari va notijorat korxonalar ham chiqishi mumkin. O’zining axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasini shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodga kirib borishi mumkin. Ushbu jarayonlarga to’sqinlik qilgan mamlakatlar esa butun ishlab chiqarish faoliyatiga, tadbirkorlarga va umuman jamiyat rivojiga turli shaklda zarar keltirishi mumkin. SHuning uchun ham ko’pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi yoki axborotkommunikatsiyalar texnologiyalarini keng ko’lamda qo’llashga qaror qildi. CHunki ular qo’shimcha ish joylarini tashkil etish va xodimlarni qayta tayyorlashda chet el investitsiyalarini jalb qiladigan «yadro» bo’lib xizmat qiladi. Ko’pgina mutaxasisslar telekommunikatsiya industriyasini keng rivojlantirish kerakligi haqida fikr-mulohazalar berishmokda, lekin bu jarayon katta moliyaviy mablag’larni talab qiladi. Butunjahon banki hisob-kitoblariga qaraganda, XXI asr boshlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari kerakli axborotni yig’ish, uzatish, qayta ishlash va taqdim etish uchun zarur bo’lgan butunjahon axborot infratuzilmasini barpo etishga har yili 60 mlrd. AQSH dollari kerak bo’ladi. Jahon amaliyoti tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ishlab chiqarish sohasida mehnat resurslarining kundan-kunga axborot tarmog’iga ko’chib o’tish ten-dentsiyasi ortib bormokda. 1990 yil oxiriga kelib AQSH ning barcha mehnat bilan band aholisining yarmi, ya’ni 60-70 mln. kishi axborotni yig’ish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va interpretatsiya qilish bilan mashg’ul bo’lgan. G’arb iqtisodchilari axborot mahsulotlariga erkin kirishni erkin raqobat bilan bir qatorga qo’yadilar. Axborot mahsulotlari va xizmatlari bilan bog’liq bo’lgan faoliyatning jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromaddagi ulushi 10 % ni tashkil qilayotgani, shuning 90 % i AQSH, YAponiya va G’arbiy Evropa mamlakatlariga to’g’ri kelayotgani bejiz emas. Axborot asri ish joylarini zamonaviy hisoblash vositalari bilan jihozlash va tadbirkorlik muhitidagi iste’molchilarga aloqa xizmatlaridan joriy darajada foydalanishga imkoniyat yaratib berishi lozim. CHunonchi: a) har bir inson er sharining hoxlagan nuqtasidan turib ishdami, uy sharoitida yoki transportdan turib boshqa kishi bilan ulanish imkoniyatiga ega bo’lishi; b) uzatilayotgan axborot turining qanaqa bo’lishidan qat’iy nazar «bir kishi - boshqa kishi bilan» turidagi aloqaning amalga oshishi; v) kengash a’zolarining hohlagan shahar yoki mamlakatda bo’lishidan qat’iy nazar konferentsiya, ishbilarmonlik kengashlarini o’tkazish imkoniyati; g) ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankidagi turlicha axborotga kirish imkoniyatining tug’ilganligi; d) uydan turib tibbiy yordam, ko’rsatishning mumkinligi; e) elektron pochta va axborotni faksimil aloqa asosida uzatish. SHunday qilib, jamiyatimizning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo’llash iqtisodiy o’sish, mehnat unumdorligini yuksaltirish va aholi bandligini ta’minlash borasida katta imkoniyatlar tug’diradi. SHuningdek, mamlakatni axborotlashtirish darajasi uning iqtisod borasidagi raqobatbardoshligini va qudratini baholashning o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. 2. Axborot texnologiyalardan strategik foydalanish IT strategik maqsadlari: IT strategiyasini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, maqsadlarning uchdan ikki qismi ko'plab korxonalar uchun xosdir. Quyidagi tipik ITstrategik maqsadlarni ta'kidlash mumkin:  Yangi IT xizmatlarini joriy etish  Amaldagi AT xizmatlarining sifatini oshirish  AT ishining barqarorligini (ishonchliligini) oshirish  Ma'lumotlarning xavfsizligi yaxshilandi  IT operatsiyalarining oshkoraligi oshdi  Axborot texnologiyalarini boshqarish sifatini oshirish  ITni markazlashtirish  Axborot texnologiyalarini standartlashtirish  Ochiq standartlardan foydalanish  IT xarajatlarini kamaytirish (bu maqsad inqiroz paytida katta ehtimolga ega) Va har bir aniq IT bo'limiga xos strategik IT-maqsadlarning misollari:  XYY tizimini joriy etish (2012 yil sentyabr-noyabr oylarida)  Serverni qo'llab-quvvatlash ishlarini autsorsingga o'tkazish (2012 yil dekabr oyi oxiriga qadar). IT strategiyasi nimani beradi: Yuqori menejmentning IT-strategiyasi imkon beradi ob'ektiv va etarlicha baholash mumkin istiqbollar, ketma-ketlik, davomiyligi va ular uchun bosqichma-bosqich investitsiyalar hajmi va yutuqlar. IT strategiyasi va IT arxitekturasi o'rtasidagi bog'liqlik – IT strategiyasi va IT arxitekturasi o'rtasidagi bog'liqlik o'zaro munosabatlar umumiy strategiya o'rtasidagi munosabatlarga mos keladi korxona rivojlanishi va korxona me'morchiligi. Strategiya yanada umumiy xarakterga ega, bunday tafsilotlarni hisobga olmaydi me'morchilik kabi alohida jihatlar. Vaqt o'qida arxitektura o'ziga xos xususiyatni aks ettiradi moment va strategiya - davr. Biz strategiya deb aytishimiz mumkin me'morchilikni o'zgartirish ketma-ketligini tavsiflaydi o'z vaqtida. Bundan tashqari, bunda har bir o'ziga xos arxitektura ketma-ketlik batafsil emas, balki faqat inobatga olinadi umumiy kontur. IT strategiyasi ketma-ketlikni tavsiflash bilan bog'liq emas IT arxitekturasining o'zgarishi. IT strategiyasidagi tavsif vaqt o'tishi bilan IT arxitekturasini rivojlantirish jarayoni shuni talab qiladi strategiya ushbu rivojlanishning umumiy yo'nalishi berilgan, rivojlanishning umumiy tamoyillari ishlab chiqilgan, berilgan maqsadga erishish mezonlari aniqlanadi va kerakli manbalar. IT-strategiya va IT arxitekturasini ishlab chiqish bo'yicha ishlar ko'lami: Axborot texnologiyalari strategiyasini va IT arxitekturasini rivojlantirish bo'yicha ishlar ko'lami Kompaniyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish falsafasini ishlab chiqish va AT bo'limlarining korxona tarkibidagi o'rnini aniqlash. Biznes strategiyasi nuqtai nazaridan IT-talablarni ishlab chiqish. Axborot texnologiyalari tizimining sifatini baholash va ishlash maqsadlarini ishlab chiqish. ITni rivojlantirishning muqobil variantlarini aniqlash va mumkin bo'lganlarni tahlil qilish xatarlar. IT rivojlanishining asosiy tamoyillari va yo'nalishlarini aniqlash. Jarayonni takomillashtirishning asosiy yo'nalishlarini aniqlash IT menejmenti. IT byudjetining ajralmas xususiyatlarini aniqlash IT-strategiyani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan loyihalar ro'yxatini aniqlash, ularning izchillik va vaqt. Loyihalarni amalga oshirishning odatiy usullarini aniqlash (xizmatlardan foydalanish) uchinchi tomon kompaniyalari, autsorsing, o'zimiz bajaradigan ishlar bo'linmalar va boshqalar). Asosiy IT xizmatlarini qo'llab-quvvatlash usullarini aniqlash (an'anaviy, SLA). Yaqin kelajak uchun IT arxitekturasini ishlab chiqish, shu jumladan IT-arxitekturasini uzoq muddatga rivojlantirish loyihasi, shu jumladan dastur arxitekturasi va texnologiya arxitekturasi. Ilova arxitekturasini ishlab chiqish - Ikki yondashuv: Asosida me'morchilikni rivojlantirish dastur integratsiyasi (kontseptsiya Enterprise Application Integration - EAI). Xizmatga yo'naltirilgan rivojlanish arxitektura (Xizmatga yo'naltirilgan arxitektura - SOA). Nazorat savollari? 1. Strategik axborot tizimlari. 2. Raqobat strategiyasi tushunchalari 3. Axborot texnologiyalardan strategik foydalanish
3-mavzu. Kompyuterlarning texnik ta’minoti. Kompyuter tizimlari. Reja: 1. Kompyuterlarning texnik ta’minoti 2. Kompyuter tizimlari turlari. 3. Meynfreym kompyuter tizimlari. 4. Kompyuter periferiyasi: kiritish, chiqarish va saqlash texnologiyalari. Kompyuterlarning texnik ta’minoti. Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda hisoblovchi bo‘lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma‘lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – Kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma‘lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avvalo shuni aytish lozimki, ko‘pchilik tushunchasida go‘yoki biz kundalikda foydalaniladigan faqat SHK bor xolos. Bunga albatta sabablar ko‘p. Shulardan biri hozirgi zamon SHK lari ilgari universal deb hisoblangan Kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketgan bo‘lsada, ikkinchi tomondan ko‘p masalalarni yechish uchun bu Kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirgi Kompyuter termini ko‘p uchrasada, shu bilan birga EHM (Elektron Hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko‘p ishlatilib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat Kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: Raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtrilgan. Ammo, raqamli Kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda Kompyuterlarning 5 guruhi keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sek. da bajaradigan amallar tezligi, ma‘lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, 5 guruhga bo‘lish mumkin: - super Kompyuterlar (Super Computer) - blok Kompyuterlar (Manframe Computer) - mini Kompyuterlar (MiniComputer) - shaxsiy Kompyuterlar (PC- Personal Computer) - bloknot (Noutbook) Kompyuterlar. Super Kompyuterlar (TOR 500 Kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday masalalar sifatida ob havoning global prognoziga oid masalalarni uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning ketishini o‘rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hakozolarni keltirish mumkin. Bu Kompyuterlar 1 sekundda o‘n trillon amal bajaradi. Super Kompyuterlarga AQSH energetika vazirligining Sandiya laboratoriyasida o‘rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red Kompyuter sistemasi karvonboshlik qilmoqda. Shuni qayd etish lozimki, super Kompyuterlarning ma‘lum yo‘nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari xam mavjud. Bu yerda Kompyuterlar tezligini o‘lchovi – Linpacr parallel testida 1 TFLOPS-bu 1000 GFLOPSga teng, 1 GFLOPS esa-1000000 FLOPS ga, 1FLOPS- sekundiga 1000 amalga teng. Xususan bu Kompyuterlar yadro sinovlarini va eskirgan yadro qurollarini modellashtirishda qo‘llaniladi. Reyt ing Super Kompyuter- lar rusumi Ishlab chiqaruvchi davlat Nomlari Protsessor rusumi Quvvati (GFLOPS) 1 Intel ASCI Red AQSH Intel (AQSH) 9472 1338 2 SGI ASCI Blue AQSH SGI (AQSH) 6144 634 3 SGI T3E1200 AQSH SGI (AQSH) 1084 430 4 Hitachi SR 8000 Yaponi ya Hitachi Yapon 128 368 5 SGI T3E900 AQSH SGI 1324 264 Blok Kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super Kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga misol sifatida AQSH ning CRAY (kray), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli Kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Mini Kompyuterlar (kichik Kompyuterlar)- hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok Kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy Kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday Kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan VAX, SUN turkumli Kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa mini Kompyuterlar misol bo‘la roladi. Shaxsiy Kompyuterlar-hozirda ko‘pchilik foydalanuvchilar IBM rusumidagi Kompyuterlardan keng foydalanishmoqda. IBM rusumiga mos Kompyuterlar deganda, ham programma ta‘minoti mosligi, texnik ta‘minoti mosligi, ya‘ni bir-biriga mos kelishi nazarda tutilgan. Bunday Kompyuterlar Pentium 3,4 va 750-1000 megagertsni, xotira hajmi 64128, 512 megabaytni tashkil qiladi. U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: - sistema bloki - monitor - klaviatura - sichqoncha - tashqi qurilmalar - Sistema bloki- yassi (desktop) yoki minora (town) ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo‘lib, ular quyidagilardir: - Tezkor xotira (RAM- Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan mikroprotsessor. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. - Registr-ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topgan. Trigger-bu kichik kondensator bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda 1 ni , aks holda 0 ni ifodalaydi. - Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini bildiradi. Registrlar-bu yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar bir razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki 1 - Razryadlar soni deganda bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar soni tushiniladi. - Qurilmalar nazoratchilari (bu kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta‘minlash bloki). - Yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver) - Qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver) - Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi (CD-ROM Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalardan iborat. - Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. - Ular mos ravishda LPT1, LPT4 va COM1 – COM3 deb nomlanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. - Monitor. Monitor (displey) Kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni tasvirlash ko‘rish uchun ishlatiladi. Monitorlarning har xil ko‘rinishlari mavjud, ya‘ni ular o‘zidan chiqaruvchi past radiatsiyali (Lowe radiation) so‘zlarini uchratish mumkin. Shuning uchun inson organizimiga tas‘iri juda kam miqdorda bo‘lgan 17-21 dyuymli SVGA (Super Video Grafic Adapter-ya‘ni katta video grafik adapter) monitorlar ishlab chiqarilmoqda. - Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan: 14 dyuymli Kompyuterlarda tasvirlash qobiliyati 800 x 600, 15 dyuymli monitorda 1024 x 768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli monitorda 1600 x 1200. Bundan tashqari ularning yana bir xususiyati piksellar sonining kata kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800 x 600 ga teng bo‘lgan monitorlarda piksel 0,31 mm ga , 1024 x 768 ga teng bo‘lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm teng bo‘lishi kerak. Monitorning tez ishlashi adapterga bog‘liq. Matn rejimida monitor tez ishlaydi, grafik rejimda sekinroq ishlaydi. Ularni tez ishlashini o‘rnatish mumkin. - Modem. Kompyuter telefon tarmog‘i orqali axborot almashish maqsadida ishlayotganida, telefon tarmog‘idan olingan signalni qabul qiluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma kerak bo‘ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishida esa demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi Kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog‘i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirib berishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo‘laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo‘lak ma‘lumotlarni uzatishda, yuqori yo‘lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo‘llaniladi. IBM rusumidagi Kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi firmalar: - IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Aser, Olivetti, Gateway, Sun va boshqa firmalardir. - Ishlab chiqarilishiga qarab Kompyuterlar ikki xil bo‘ladi: Oq yasalgan va lintsenziya asosida ishlab chiqargan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar hisoblanadi. Yuqoridagi zikr etilgan komponiyalar ishlab chiqargan Kompyuterlar oq Kompyuterlar, Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya davlatlarida ishlab chiqarilgan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar hisoblanadi. - Noutbuk Kompyuterlar- bu Kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, batareya asosida ishlaydi. Hozirda bunday Kompyuterlarni IBM, Compaq, Lenovo, Asus, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir. Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o`z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi. Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir. Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida programma qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar yordamida kompyuter tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi. Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o`rnatadi va uning bajarilishini ta’minlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Programma ishlash natijasi to`g`ridan-to`g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko`rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari – kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning programma ta’minoti – kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan (2.1-rasm): - -sistema bloki; - -monitor; - -klaviatura; - -sichqoncha; - -tashqi qurilmalar. - Kompyuterning Qurilmalari - Sistema bloki Sistema bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko`rinishida ishlab chiqariladi. - Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilardir: - Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi (FDDFloppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u ma’lumotlarni berilgan programma asosida qayta ishlaydi. Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium Pro(professional) mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan Pentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda, xolos. Shuni aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar,da ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo`lgan, Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko`plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo`llaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan umuman aytganda kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng qo`llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagerslar (Mgs) sekundda o`lchanadi. MMX Pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida 1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication Extension) Pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo`lsa, keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun kengaytma deb atala boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda ommaviy qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik, tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko`tarish, multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta’minlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli grafikalarni tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va qo`shish amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni tezroq bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq masalalarni yechishda qo`llash maqsadga muvofiq bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko`rsatadi. Hozirda rivojlanayotgan parallel algoritmlar va hisoblashlar uchun ham u qo`l keladi. Shu bilan birga bu protsessor suzuvchi vergul rejimidagi sonlar bilan ishlashni “yoqtirmaydi”. Bunday sonlar bilan ishlash uchun maxsus programma interfeysi mavjud. U Microsoft firmasining Direct 3D (3 o`lchovli interfeysi)dir. Shuning uchun ham uning hozirda ko`p tarqalayotganligiga ajablanmasa ham bo`ladi. Xotira. Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar. Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o`chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik o`lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo`lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng. O`z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta harf bo`lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u K bilan belgilanadi. O`z navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga teng. Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko`proq bo`lgan programmalarni, xususan WINDOWS 3.1,3.11 programmalarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to`laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operatsion sistemasida ishlash uchun, Foto Shop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon programmalarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM_2,3 protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi protsessorlar va programma mahsulotlarini paydo bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi. Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemasini boshlanQich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi. Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta. Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi. Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi kompyuterlar ta’mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiQish va o`zgartirish imkoniyatini beradi. Sistema platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo`ladi. Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma’lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham ba’zi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe radiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga ta’siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda nurlarning ta’sirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda tasvirlash qobiliyati 800×600, 15 dyymli monitorda 1024×768, 17 dyymli monitorda 1280×1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600×1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining kattakichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800×600 ga teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo`llari ham mavjud. - Tashqi qurilmalar - Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar (2.1-rasm). Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, programma va berilganlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko`rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo`ladi: matritsali, oqimli va lazerli. Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo`lib, albatta ignalar soni ko`pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir. Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo`li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo`lib, ularning-kamchiligi siyohining tez tamom bo`lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi. Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo`ladi. Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (HP) firmasi chiqaradigan HP LaserJet rusumli printerlar qabul qilingan. Lazer printerlarda chop etish juda qulay bo`lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. Uning bir kamchiligi – unda ishlatiladigan toner rang va kartridjning tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog`liq albatta. Shuning uchun lazer printerda chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko`paytirish maqsadga muvofiqdir. Modem. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommunikatsion programmalariga ega bo`lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.Kompyuter telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim bo`ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha, demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog`i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirishdan iborat. Bu tarmog`ning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo`laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo`lak ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqori yo`lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo`llaniladi. Modemning, yuqorida aytganimizdek, ikki turi mavjud: ichki va tashqi modem. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuter ichiga maxsus joyga o`rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. Modemlarning xalqaro standartlari:Eng ko`p tarqalgan modem birinchi modemlarni ishlab chiqargan firma nomi – HAYES deb nomlangan moslashtirilgan modemlardir. Bunday modemlar Hayes Smart modem bilan moslasha oluvchi AT buyruqlarni ishlatadi (inglizcha Attention diqqat so`zidan). Barcha Hayes -moslashgan modemlar uchun standart bo`lgan buyruqlardan tashqari, har bir ishlab chiqaruvchi foydalanuvchiga keng spektrdagi spetsifik buyruqlarni taklif etadi va bu buyruqlar o`sha firma modemlaridagina kuchga ega bo`ladi (masalan, US Robotics, Rockwell, ZYXEL va h.k.). Buyruqlar modem va telefon tarmog`i orqali uzatiladigan axborotning qaysidir bir standartiga xos bo`lishi kerak. 2400 bod (bod ma’lumotlarni uzatish tezligini belgilaydi va 1 bod =1 bit/sek.) tezlik uchun mos bo`lgan standartdagi modemlar axborotlari erkin almasha olishlari mumkin. ZYXEL firmasining modemlari ham keng qo`llanila boshladi. Ular ZYXEL ning ma’lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning keng qo`llalumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning keng qo`llanilishi 90-yillar xaridorlarining boshqa turdagi modemlarini xarid qilish imkonlari yo`qligidan kelib chiqadi. Ularning asosiy kamchiligi-yuqori narx, xaridorni cho`chitadi. Biroq, shunga qaramay, bank strukturasi va davlat idoralari, odatga ko`ra, shu firma modemlaridan foydalanadilar. Telebit firmasining TraiBlazer nusxasi va mashhur protokol PEP (Packet Eusemble Protosol) ham keng tarqalgan. Skaner :Skaner-matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli ko`rinishda chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan. Uning asosiy xarakteristikasi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo`lgan rangda (xususan qora rangli) va ko`rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi. Odatda bu xarakteristika, misol uchun, 300×600, 600×1200 ko`rinishda bo`ladi. Bu degani gorizontal chiziqlar bo`yicha nuqtalar (piksellar) soni 300 (600), vertikal bo`yicha piksellar soni 600 (1200)ta ekanligini bildiradi. Nuqtalar soni qancha ko`p bo`lsa ma’lumotlar aniqroq tasvirga ega bo`ladi. Tabiiyki, skanerni HP dan boshqa firmalar ham ko`plab ishlab chiqaradi. Lekin ular HP Jcanjet andozasiga mos kelishi kerak. Hozirda bunday skanerlar Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko`plab chiqarilmoqda. Shuni aytish lozimki, programma vositalari yordamida skanerning tasvirlash qobiliyati ancha kuchaytirilishi mumkin. Skanerlarni ishlatish jarayonida, ayniqsa, matnlar bilan ish ko`rilganda u yoki bu milliy til drayverlarni aniq aks ettiruvchi programmalardan (masalan Fine Reader) foydalanish zarur. Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullarda foydalaniladi. Ba’zi skanerlar maxsus kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo`lib, ular u orqali ulanadi. Bunda plata kompyuterning asosiy platasiga (ona platasi) maxsus joyga va o`sha plata orqali o`rnatiladi. Ba’zi skanerlar parallel portga to`g`ridan-to`g`ri ulanadi. Hozirda asosan SCSI-3 interfeysi orqali ulanadi. Bu andoza kompyuterga ko`plab tashqi qurilmalarni, shu jumladan, skanerni ulash imkoniyatini beradi. Turli kompyuterlar uchun programma birligini ta’minlash maqsadida TWAIN qaydnomasi ishlatiladi. Demak, agar WINDOWSda shu qaydnoma o`rnatilgan bo`lsa, u skanerlar bilan bemalol ishlay oladi. Odatda skaner sotib olinayotganda uni qaysi operatsion sistemaga mo`ljallanganini bilish lozim. Shu bilan birga hozirda chiqarilayotgan skanerlarning aksariyati WINDOWSga mos skanerlardir. WINDOWS 98 dan boshlab esa operatsion sistemalar TWAIN qaydnomasini yaxshi taniydigan bo`ldi. Shuning uchun ham bu operatsion sistemalarda skanerlar bilan bevosita ishlash imkoniyati mavjud. Lazerli (kompakt) disk. CD ROM (Compact Disk Read Only Memory – faqat o`qish uchun lazerli disk). Keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol o`ynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 Mbayt hajmdagi ma’lumotni sig`ishi bo`lsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida e’tiborga loyiq. Uning CD ROM va CD Writer (yozuvchi) ko`rinishdagilari mavjud bo`lib, birinchisi faqat o`qish uchun mo`ljallangan bo`lsa, ikkinchisi ma’lumot va programmalarni yozish uchun keng qo`llanilmoqda. Ayniqsa, hujjatlarning elektron versiyasini bunday ma’lumot yuritgichi orqali ayirboshlash dolzarb masala bo`lib qoldi. CD ROM ning muhim ko`rsatkichlaridan biri uning ma’lumot ayirboshlash tezligidir. Hozirda ko`proq 48, 52 tezlikli lazer disklar ishlatilmoqda. Disketa. Ma’lumotlarni, programmalarni doimiy saqlash, ayirboshlash maqsadida disketalar ishlatiladi. Unga FDD (Floppy Disk Driver – egiluvchan disk qurilmasi) yordamida ma’lumotlar va programmalar yoziladi va undan o`qiladi. Hozirda HD (Higy density-yuqori zichlik) asosan hajmi 1,44 yoki o`ta yuqori 2,88 Mbaytga teng bo`lgani keng ishlatilmoqda. Ayni paytda 120 Mbayt siQimli Floppy disketalar ham ishlab chiqarilish arafasidadir. Klaviatura va sichqoncha:Klaviatura va sichqoncha ma’lum ma’noda birbirining o`rnini bosadigan, ma’lumotlarni kiritadigan va kompyuter bilan muloqot qilish vazifasiri o`taydigan qurilmalardirlar. Ularsiz kompyuterda xususan, operatsion sistemasida ishlab bo`lmaydi. Ular yordamida siz operatsion sistemaga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan programmalarga buyruqlar, shuningdek, bu qurilmalar yordamida programmalarga kerak bo`lgan ma’lumotlar kiritiladi. Sichqoncha. Sichqoncha odatda ikki yoki uch klavishali bo`ladi: chap, o`ng va o`rta. Chap va o`ng klavishalar programma asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O`ng klavisha kontekst meny deb ataluvchi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst menyning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog`liq. O`rta klavisha hozirda xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga o`xshab) maqsadlari uchun qulay. Klaviatura. Klaviatura 101-105 klavishlardan iborat. O`z vazifalariga ko`ra klavishlar beshta guruhga bo`linadi: 1. Harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar. Ular oddiy yozuv mashinkalarning klavishlariga o`xshaydi. 2. Boshqaruvga oid klavishlar. 3. Funksional yoki amal klavishlar. 4. Kichik sonlar kiritadigan klavishlar. 5. Maxsus belgilardan iborat klavishlar. Eng katta guruh-birinchi guruh bo`lib, ular yordamida rus va lotin katta-kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo`lmagan klavishning nomi Spacerbar yoki Space deb ataladi va bo`shliq belgisini kiritishga mo`ljallangandir. Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo`ljallangan. Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi. Rus alifbosidan lotin (ingliz) alifbosiga yoki aksincha, lotinchadan ruschaga o`tish siz ishlaydigan programmaga bog`liq. Masalan, WINDOWS da alifbo avtomatik ravishda tanlanadi. (Ekranning eng pastki qismida). Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab turgan bo`lsa, unda kursor o`chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning ustiga tushadigan to`rtburchakka o`xshaydi va matn kursori deb nomlanadi. Boshqarishga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajaradi. Ayrim klavishlar, masalan: CAPSLOCK, NUMLOCK va SCROLL LOCK klavishlarining ishlash vazifasini o`zgartirib turadi. SHIFT, CTRL, ALT klavishlari boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi. Masalan, CTRL + ALT + F degani CTRL, ALT va F klavishlarini birdaniga bosishni bildiradi. F1 dan F12 gacha bo`lgan klavishlar funksional klavishlar deb nomlanadi. Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bular 12 ta bo`lishiga qaramasdan, ko`pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi. Odatda F1 klavishi yordamchi ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik). Num Lock (sonlarni saqlash)-sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslaydi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki rejimda ishlashi mumkin: 1) sonlarni kiritishda, 2) kursorni boshqarishda. Ikki holatning biridan ikkinchisiga o`tishni Num Lock (mahkamlash bilan) yoki Shift klavishi (mahkamlash kerak emas) bajaradi. Bunda Caps Lock klavishi sonlarni kiritish klaviaturasiga ta’sir ko`rsatmaydi. Sonlarni kiritish paytida sonlarni kiritish klaviaturasi kalkulatorning klaviaturasiga o`xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog`i yonib turishi kerak, agarda Num Lockni ko`rsatuvchi chiroq o`chgan bo`lsa, ushbu kichik klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin. Ctrl (Control-boshqarish) – boshqa klavish bilan birga bosilganda, o`sha klavishning vazifasi o`zgaradi, ALT (Alternative-o`zgartiruvchi) – bu klavish ham boshqa klavishlar bilan birga bosilganda, o`sha klavishning ish vazifasini o`zgartiradi. Print Ssreen (ekrandagi chop etish) – ushbu klavish ekranda bo`lgan ma’lumotni printerga chiqarib beradi. PAUSE (vaqtinchalik to`xtash) – ushbu klavish bosilganda kompyuter o`z ishini vaqtincha to`xtatadi. TAB (tabulyatsiya so`zidan) – faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar haqida ketganda, kursorni o`ng tomonga, navbatdagi maxsus ko`rsatilgan (belgilangan) nuqtaga (pozitsiyaga) suradi. Bu klavishning qulayligi shundaki, uning yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda ham belgilangan pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni yuqori registrda bosganda, kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin. BackSpace (Orqaga qaytish) – qaytarish klavishi. Bu klavisha yordamida, matn terish paytida, ekrandagi kursordan chap tomondagi xato terilgan belgilarni o`chirish mumkin. Kursorning o`zi esa bitta belgi chap tomonga suriladi. Enter (kiritish) – kiritish klavishi. Matn terish paytida ushbu klavish bosilsa, kursor yangi abzatsga (satrga) o`tadi. Caps Lock (bosh yoki kichik harflarga o`tish klavishi) – yuqori registrga o`tish imkonini yaratib beradi. Haqiqatda esa ushbu klavish faqat harflar terish klavishlariga o`z ta’sirini ko`rsatadi, bosh harflar kiritish imkonini yaratib beradi. Bu klavishni bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish maqsadida klaviaturaning o`ng burchagida yonib turadigan indikatorlar joylashgan. Bu indikatorlar rejimni ko`p vaqt davomida saqlab turadigan klavishlar bilan bog`langan. Shularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli. Scroll Lock (surishni saqlaydi) – bu klavish yordamida kursorni harakatga keltirmoqchi bo`lsangiz, kursor ekranga sakraydi. Bu klavish ham o`z holatini mustahkamlash (fiksatsiya) bilan bajaradi. Shift (surish) – vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha, pastki registrdan yuqori registrga o`tish imkonini beradi. Hammasi Caps Lock klavishining holati bilan bog`langan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalik bo`lganligi sababli, boshqa klavishlarning xizmatini o`zgartirish kerak bo`lsa, ularni bosish paytida Shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi. Quyida klavishlar va ular bajaradigan vazifalarni ko`rib chiqamiz. Ekranda ko`rsatilgan obyektni surish yoki ko`chirish. Ekranda ko`rsatilgan obyektni topib, chap klavisha bosiladi va klavishani qo`yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni ham chap, ham o`ng tomonda joylashgan klavishalar bilan ko`chirish mumkin. Chap klavisha bosilganda, mo`ljallash bo`ladi, o`ng klavisha bosilganda esa aniq vazifa berish kerak bo`ladi. - Sichqoncha yordamida quyidagi asosiy harakatni bajarish mumkin: - Point-ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish; - Slick-sichqoncha klavishasini bosib darhol qo`yib yuborish; - Double click-sichqoncha klavishasini ikki marta tez bosish; - Select-biror obyektni tanlash. Tanlab olingan tasvir, matn qismi yoki grafik simvollarni boshqa joyga ko`chirish (Drag and Drop texnologiyasi) mumkin. Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi. Windowsda sonlarni kiritish klaviaturasini sichqoncha o`rnida ishlatish mumkin. Bunday holat har xil sabablarga ko`ra, sichqoncha ishlamay qolganda yuz berishi mumkin. Nazorat uchun savollar? 1. Kompyuterlarning texnik ta’minoti 2. Kompyuter tizimlari turlari. 3. Meynfreym kompyuter tizimlari. 4. Kompyuter periferiyasi: kiritish, chiqarish va saqlash texnologiyalari.
4-mavzu. Kompyuter dasturiy ta’minoti. 1. Kompyuter dasturiy ta’minoti. 2. Tizimli dasturiy ta’minot. 3. Biznes dasturiy ilovalari. 4. Dasturiy ta’minot majmuasi va integrallashgan paketlari. 5. Veb brauzerlar va boshqalar. Kompyuterning dasturiy ta’minoti Shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi uchun qulay va samarador bo’lishi unda qulay dasturiy ta’minoti mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturiy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo’lishi uning qaysi soxada faoliyat ko’rsatishi bilan aniqlanadi. Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti xususiyEHMlarni qo’llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni oshirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo’ljallangan dasturlar sistemasidan iborat. Dasturiy taʼminot yoki SOFTWARE bu Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Aynan shu dasturiy taminotgina Komputer — “quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama SOFTWARE yaʼni “soft“-yumshoq, “ware“-"mahsulot" degan maʼnoni bildiradi. Dasturiy taʼmonot 3 guruhga boʻlinadi: 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda mavjut)), 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan:Microsoft Office, Adobe CC), 3- Uskunaviy dasturlar (bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlar) Shaxsiy kompyuter dasturlar ta’minotining to’plami quyidagi guruxlarga ajraladi: 1. Tizimli dasturlar 2. Amaliy dasturlar 3. Dasturlashtirish muhiti Kompyuterda har xil turdagi ma’lumotlar saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter o’zi hech qanday harakatlar bajarmaydi u faqat bizning buyruqlarimizni va ko’rsatmalarimizni bajaradi. Buyruqlar va ko’rsatmalar katma – ketligi esa dastur dab nomlanadi. Dasturlar 3 turga bo’linadi: 1. Tizimli dasturlar. Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar. Masalan: fayllar ustida har xil amallar bajarish (qayta nomlash, yaratish, o’chirish, nusxasini olish, xajminio o’zgartirish) diskni tozalashva tekshirish, kompyuterni sozlash (tashqi qurilmalar ishini boshqarish). Tizimli dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar, utilita dasturlar, drayver dasturlar va qobiq dasturlar. 2. Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma’lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar. Masalan: matn ma’lumotlarnoi yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma’lumotlarni yaratish yoki o’zgartirish, ma’lumotlar ombori bilan ishlash, musiqa va video ma’lumotlarni ko’rib chiqish va taxrirlash. Amaly dasturlar foydalangan ma’lumotlar turiga ko’ra guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va boshqalar), rasm va tasvir muharrirlari, rasm va tasvirlarni ko’rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, Paint va boshqalar), musiqa va video muharrirlari, musiqa va video ko’rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va boshqalar), jadval muharriri (Lotus, Excel va boshqalar), ma’lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo) o’yin dasturlar, o’rgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar va boshqalar. 3. Dasturlashtirish muhiti yoki instrumental dsturlar. Instrumental dasturlar yangi dasturlar yaratuvchi dsturlar tizimlari. Instrumental dasturlarga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar tizimi kiradi. Ular dasturlash tiliga ko’ra farqlanadi: Algo, S, Basic, C++, Delphi C#, Java va boshqalar. Sistemaviy dasturiy ta’minot. Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir. Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish ─ bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish ─ apparat ─ dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti ─ foydalanuvchi interfeys deyiladi. Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin: ─ sistemaviy dasturiy ta’minot; ─ amaliy dasturiy ta’minot; ─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari─ yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan. Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (АДТ) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin. Muammoga yo’naltirilgan АДТ ga quyidagilar kiradi: ─ bugalteriya uchun ДТ; ─ personalni boshqarish ДТ; ─ jarayonlarni boshqarish ДТ; ─ bank axborot tizimlari va boshqalar. Umumiy maqsadli АДТ ─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular: ─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МББТ); ─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari; ─ grafik muxarrirlar; ─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar; ─ taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar. Ofis АДТ idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: ─ rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar; ─ tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar; ─ skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o’zgartiruvchi dasturiy vositalar; ─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar. Kichik nashriyot tizimlari “kompyuterli nashriyot faoliyati” axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va hokazolarni bajaradi. Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi. Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish mumkin: ─ ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi. ─ Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar . yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin. ─ EHM larning yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHM lari)ni yaratish muammolarini o’rganadi. ─ Intelektual robotlar. Nazotar uchun savollar? 1. Kompyuter dasturiy ta’minoti. 2. Tizimli dasturiy ta’minot. 3. Biznes dasturiy ilovalari. 4. Dasturiy ta’minot majmuasi va integrallashgan paketlari. 5. Veb brauzerlar va boshqalar. 6. Elektron pochta, tezkor xabar tizimlari va Vebbloglar. 7. Matn bilan ishlash va nashriyot tizimlari. 8. Elektron jadvallar. 9. Grafiklar bilan ishlash. 10.Personal axborotni boshqarish. 11.Guruh bo`lib hamkorlikda ishlash. 12.Dasturiy ta’minot alternativalari. 13.Kompyuter tizimlarini boshqarish. 14.Tizimli dasturiy ta’minot: Kompyuter tizimini boshqarish. Tizimli dasturiy ta’minot obzori. 15.Operatsion tizimlar. Boshqa tizimni boshqarish programmalari. 16.Dasturlash tillari. 17.Veb tillar va xizmatlar.
5-mavzu. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari. Reja: 1. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari. 2. Berilganlarni boshqarish. 3. Big Data. Berilganlar bazasini boshqarish. 4. Berilganlar asosiy tushunchalari. 5. Berilganlar bazasi tuzilmalari. 6. Berilganlar bazasini rivojlantirish. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari. Axborot bilan ta’minlash tizimlarining rivojlantirilishi foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan extiyojlarini qondirishda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankiga o’tish imkoniyatini yaratdi. Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda texnologik jarayonda band personalni qo’shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi. Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki inson-mashina tizimidan iborat bo’lib, ichki foydalanuvchilar hamda kompyuter, kommunikatsiya texnikasi asosida axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi texnologiyaning axborot jarayonlarini o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi: 1 • muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi; 2 • ishlashning ishonchliligi; 3 • tezkorligi va unumdorligi; 4 • foydalanishning oddiy va qulayliligi; 5 • foydalanishning ommaviyligi; 6 • axborotning ximoyalanganliligi; 7 • kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi. Ma’lumotlar bankining tarkibi unga yuklatilgan vazifalar va echilishi kerak bo’lgan masalalarning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ma’lumotlar bankining asosiy vazifalari quydagilardan iborat: 1 • axborotni saqlash va uni himoyalashni tashkil etish; 2 • saqlanilayotgan ma’lumotlarning davriy dolbzarbligini ta’minlash; 3 • foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so’rovlari bo’yicha ma’lumotlarni izlash va tanlash; 4 • olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda natijalarni chiqarish Ma’lumotlar bankining tarkibiy elementlari qatoriga quyidagilar kiradi: bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT) masalalarni echishning amaliy dasturlar to’plami Ma’lumotlar bazasi – ma’lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi – zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog’liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega, katta miqdordagi ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o’zaro bog’liq ma’lumotlar yig’indisidir. Ma’lumotlar bazasini qo’llash ushbu imkoniyatlarni beradi: so’rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish; saqlanilayotgan ma’lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish; axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish; ma’lumotlar dolbzarligini ta’minlash; amaliy dasturlarni o’zgartirmasdan ma’lumotlarni o’zgartirish; ma’lumotlar tuzilmasini qat’iyligini saqlash. Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga bog’liq holda turli ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni tarmoqli ishlab chiqishning turli kontseptsiyalari mavjud, masalan fayl-server va mijoz- serverni keltirish mumkin. • «Fayl-server» kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va “fayl-server” uchun ajratilgan kompyuterga mo’ljallangan. “Fayl-server”dagi ma’lumotlarning umumiy bazasiga jamoa holda kirish unga xos xususiyatdir. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl yangilangan taqdirda boshqa foydalanuvchilarning kirishiga qarshi ximoyalanadi. So’ralgan ma’lumotlar “fayl-server” dan ishchi stantsiyaga o’tkaziladi va ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan qayta ishlanadi. • «Mijoz-server» kontseptsiyasi. Mazkur kontseptsiyaga asosan, ma’lumotlarni ishlab chiqish vazifasi mijoz - ishchi stantsiyasi va ma’lumotlar bazasining mashina serveri o’rtasida bo’lishi mo’ljallangan. Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz so’raydi va u tarmoq bo’ylab ma’lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. So’rov ma’lumotlari o’sha erda qidiriladi. Qayta ishlangan ma’lumotlar tarmoq orqali serverdan mijozga uzatiladi. “Mijoz-server” arxitekturasi uchun xos hususiyat - bu ma’lumotlar bazasidan so’rov uchun SQL dasturlash tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlarining turli xildagi umumiy ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo’ljallangan dasturiy, tillar vositalarining to’plamidir. Ma’lumotlar bazasiga murojat qilish bilan bog’liq barcha jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan boshqarish dasturi – o’zagi MBBTning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. MBBTning tarkibiga ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlarining to’plami kiradi. Bu to’plamni tarjimonlar (translyatorlar), talab va dasturlash tillari, muharrirlar, servis dasturlari va boshqalar tashkil qiladi. MBBTning asosiy vositalarini quyidagilar tashkil etadi: 1. ma’lumotlar bazalari tuzilmalariga topshiriq berish (tasvirlash) vositalari; 2. ma’lumotlarni kiritish, ko’rish va muloqotlar rejimida ishlashga mo’ljallangan darcha shakllarini loyihalash vositalari; 3. berilgan sharoitlarda ma’lumotlarni tanlash uchun talablar yaratish, shuningdek, ularni ishlash bo’yicha operatsiyalar bajarish vositalari; 4. ishlov natijalarini foydalanuvchiga qulay ko’rinishda bosmaga chiqarish uchun ma’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan hisobot yaratish vositalari; 5. til vositalari - makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual Basic yoki boshalar), talablar tili (QBE- Query Example, SQL) va h.k. Ular ma’lumotlarni ishlashining nostandart algoritmlarini, shuningdek foydalanuvchi topshiriqlaridagi voqealarni ishlash protseduralarini bajarish uchun qo’llaniladi. Big data Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar deb ataladi.Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo'llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan. Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo'lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish, tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularning imkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar izlab topish imkonini yaratadi. Savol va javoblar ETIBORINGIZ UVHUN RAHMAT
6-mavzu. Berilganlar resurslarini boshqarish. Reja: 1. Berilganlar resurslarini boshqarish. 2. Berilganlar bazalari turlari. 3. Berilganlarni saqlash va berilganlarni boshqarish. 4. An’anaviy fayl tizimlari. 5. Berilganlar bazasini boshqarish yondoshuvi. 1. Axborotlar bazasini tashkil etish va yuritishning dasturiy vositalari Umumiy holda axbort bazasini yuritishning dasturiy vositalarga servis dasturiy vositalar, umumiy maqsad uchun universal amaliy dastur vositalari va ixtisoslashgan amaliy dasturlar kiradi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – axborotlar bazasini yaratish va yuritish uchun alohida axamiyatga ega. MBBT umumiy maqsadlarga mo’ljallangan universal amaliy dasturiy vositalarga mansub. MBBT - bu mashina tashuvchida mantiqiy o’zaro bog’langan ma’lumotlarni tashkil etish va yuritish uchun mo’ljallangan nisbatan keng tarqalgan va samarali universal dasturiy vosita sanaladi. MBBT yagona ma’lumotlar bazasida dubl qilinmaydigan ma’lumotlarni integratsiya- lashni va ulardan ko’p maqsadlarda foydalanishni, bazadagi barcha ma’lumotlar butunligini va to’g’riligini ta’minlaydi va ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalaydi. MBBT ma’lumotlar bazasidan so’rovlarni tashkil etishning moduli dasturiga ega bo’lmagan foydalanuvchiga mo’ljallangan qulay vositalarga ega. MBBT asosida ABni ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini tashkil etish tuzilmasi bo’yicha masalalarni tayyorlashga mo’ljallangan. Bu masalalar bevosita axborot ta’minotining mashina tashqarisidagi sohasi bilan bog’langan. Ishlab chiqilgan ma’lumotlar bazasiga muvofiq uni MBBT vositalari bilan tashkil etish va uni ishga tushirish amalga oshiriladi. Axborotlarni kiritish va nazoratlashning mahsus dasturiy vositalaridan - yirik axborot bazasi uchun birlamchi massivlarni yaratish va ma’lumotlarni bazaga to’plashdan oldin qayta ishlash bosqichida foydalaniladi. Bazani yaratishdan oldingi qayta ishlash vositasi kompyuterga kiritiladigan axborotning xaqqoniyligini va katta massivdagi ma’lumotlarni yuklashga tayyorgarlikni avtomatlashtirilgan nazoratini ta’minlaydi. Ma’lumotlarni qayta ishlashning servis vositalari - axborot bazasiga xizmat ko’rsatish bo’yicha ko’makchi vazifalarni ta’minlashi lozim. Ular bazaning dasturiy vositalariga tegishli. Bular ma’lumotlar fayllari va mashina axborot tashuvchi vositalari bilan ishlash bo’yicha turli utilitalardir. Ularga quyidagilar mansub: nusha olish, arxivlash, tiklash, anti-virus vositalari, tarmoq utilitlari va boshqalar. Foydalanuvchining amaliy dasturlari universal algoritmlash tillaridan birida yaratiladi. Bunday dasturlarda, odatda ularda ishlab chiqiladigan ma’lumotlardan mustaqil bo’lishi ta’minlanmagan. Ayrim joylarda bitta muammoli sohasining turli masalalariga oid axborot massivlarida ma’lumotlar takrorlanadi. Bu xol turli masalalar bo’yicha bir hil ma’lumotlarni bir necha marta kiritishga olib keladi va dastlabki ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritganda ancha muammolarni keltirib chiqaradi. SHuningdek, amaliy dasturlar MBBTda universal algoritmik tilda yaratilishi mumkin. Ma’lumotlarning mustaqilligi - MBBTga qo’yilgan asosiy talab, talablarning kuchli tili esa foydalanuvchining talablarini qondirishning muhim shartidir. Bu tillar assotsiativ manzillashtirish va ma’lumotlar to’plami bilan amallar bajarish vositalariga ega. Bu esa o’z navbatida EHMlardan samarali foydalanishga sharoit yaratadi. MBBT ikki tartibda: interpretator va kompilyator tartibda ishlashi mumkin. Interpretator tartibda dasturlarning buyruqlari bosqichma-bosqich, birin- ketin bajariladi. Unda har bir buyruq nazorat qilinadi, so’ngra mashina tiliga aylantirib, bajariladi. Tegishli amallar bajarilgandan keyin, ular xotiradan o’chiriladi, tizim qayta ishlash bosqichiga o’tadi va keyingi buyruqni bajarishga kirishadi, interpritator tartibida «Exe» kengaytirmali fayl hosil qilinmaydi. Bunday faylni hosil qilish uchun kapilyator tartibida foydalaniladi. Kompilyator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki ular «exe» faylga yoziladi. Exe faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo’ladi: boshlang’ich dasturni nazorat qilish va uni obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. Exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo’lishi shart emas, Interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, FoxBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper, panelь tartibida esa Clario ishlaydi. MBBT foydalanuvchi bilan ma’lumotlar bazasi o’rtasidagi aloqani ta’minlovchi dastur sifatida ishtirok etadi. Uning funktsiyalari menyu va dasturlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Menyu tartibi MBBTning funktsiyalari ekranda tasvirlanadi. Foydalanuvchi kursorni harakatlantirish orqali tegishli funktsiyani aniqlashi va bajarishga chaqirishi lozim. Tizim aniqlangan funktsiyalarni bajarib bo’lgandan so’ng yana menyu holatiga qaytadi. Dasturiy tartibda tegishli buyruqlar kiritiladi, dasturlar qayta ishlanadi va bajarishga chaqiriladi. Bu holda MBBT interpritator tartibida ishlaydi va foydalanuvchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi. MBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan bir qatorda quyidagilar ham qo’yiladi: - tilning to’liq bo’lishi; - vazifalarni bajarish uchun tegishli vositalarning bo’lishi; - aniqlangan ma’lumotlarni to’liq qayta ishlash va boshqalar. Dasturlash tillari bir qator belgilarga ko’ra turkumlarga ajratiladi. o’zgaruvchanlik; jarayonlilik; foydalanilayotgan matematik apparat va boshqalar MBBT dagi dasturlar tegishli bo’yruqlarning to’plamidan tashkil topadi. Echilayotgan masalalarning qiyinligiga qarab, dasturlar oddiy yoki murakkab tuzilishiga ega bo’ladi. Oddiy tuzilishga ega bo’lgan dasturlarda buyruqlar ketma-ket joylashadi. Murakkab tuzilishli dasturlarda esa buyruqlar modullar holatida, ya’ni asosiy modul va quyi dasturlar to’plamidan iborat bo’ladi. Ma’lumotlar bazasini hosil qilishda modullik tamoyilidan foydalanish qulay va samaralidir. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi quyidagilarga imkon beruvchi dasturiy vositalarning to’plamidir. a) foydalanuvchilarni ma’lumotlarni aniqlash va amallar bajarish tili vositalari bilan ta’minlaydi. Bunday vositalarga ma’lumotlarni aniqlash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish(MABT) kiradi. Ma’lumotlar tili atamasi aytib o’tilganlarining har ikkalasini yoki ulardan birini anglatadi. Ma’lumotlar so’zi ma’lumotlar tilini C++, Paskal va h.k. kabi tillar turidan farqlaydi. Lekin ma’lumotlar tili universal tilga, masalan C++, Paskalga kiritilishi mumkin. Bunday hoda dasturlashning universal tili va ma’lumotlar tili tegishli ravishda (kirituvchi) til va ma’lumotlarning til osti deb ataladi. b) foydalanuvchining ma’lumotlar modelini qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Ma’lumotlar modeli - ba’zi ilovaga tegishli fizik ma’lumotlarning mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir. v) aniqlash, yaratish va ma’lumotlar bilan mantiqiy amallar bajarish (ya’ni tanlash, yangilash, kiritish va yo’q qilish)ga imkon beruvchi MAT va MABT funktsiyalarini amalga oshiruvchi dasturlar. g) ma’lumotlarning himoyasi va yaxlitligini ta’minlaydi. Tizimdan foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) bo’lgan foydalanuvchigagina ruxsat etiladi. Foydalanuvchilar ma’lumotlar ustida operatsiya bajarayotganlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning muvofiqligi (yaxlitligi) ta’minlanadi. Gap shundaki, MBBT ko’plab foydalanuvchilar jamoa bo’lib ishlash rejimiga asosan tuziladi. MBBTning tasniflanishini muhim belgilaridan biri bo’lgan ma’lumotlar modeli (tarmoqli, ierarxik yoki relyatsion) turlaridan biri tanlash imkonini beradi. MBBT ma’lumotlar bazalarining ko’p maqsadli tavsifini, ma’lumotlarni himoyalash va qayta tiklashni amalga oshiradi. Rivojlangan muloqot vositalari va yuqori darajali talablar tilining mavjudligi MBBTni oxirgi foydalanuvchi uchun oson vositaga aylantiradi. To’liq variantda MBBT quyidagi komponentlardan tuzilishi mumkin:  Klaviatura orqali ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri boshqarish imkonini beruvchi foydalanuvchining muhiti;  Interpretator sifatida ish yurituvchi, ma’lumotlarga ishlov berish amaliy tizimini dasturlashning algoritmik tili. Interpretator dasturlarni tez tuzish va maromiga etkazish imkonini beradi;  Mustaqil EXE-fayl shaklidagi tayyor tijorat maxsulotiga tugallangan dastur ko’rinishini beruvchi kompilyator;  Ko’p mehnat talab qiluvchi amallarni tez dasturlovchi utilit-dasturlar (hisobotlar, shakllar, jadvallar, darchalar, menyu va boshqa ilovalar generatorlari). Xususan MBBT – bu foydalanuvchining aslahaviy qobig’i hisoblanadi. MBBT tarkibida dasturlash tilining mavjudligi aniq masalalarni va aniq foydalanuvchiga mo’ljallangan ma’lumotlarga ishlov berishning murakkab tizimlarini yaratish imkonini beradi. Ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirishda quyidagi tavsiflarni solishtirish va tahlil qilishga asoslangan MBBTni asoslab tanlab olish muhim vazifa hisoblanadi: - dasturiy texnik bazasi (EHM turi va modeli, hisoblash vositalari konfiguryatsiyasiga qo’yiladigan talablar, OT versiyasi); - ma’lumotlar bazalarining turlari (amaliy, muammoli, lokal, integrellashgan, taqsimlangan); - foydalanuvchilarning malakalari (MBBT bilan ishlash uchun maxsus tayyorgarlikga ega bo’lmagan foydalanuvchi, mutaxassisligi dasturchi bo’lmagan darajadagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga tayyorgarligi bo’lgan muammoli sohasining mutaxassisi – foydalanuvchi, amaliy dasturchi, ma’lumotlar bazalarining administratori); - ma’lumotlar bazalari bilan foydalanuvchilarning muloqat qilish vositalari (dasturlash tillarini o’z ichiga oluvchi ma’lumotlar ustida ish olib borish va tasvirlash tili); - ma’lumotlarni qayta ishlash rejimi (paketli, interaktiv, tarmoqli); - ma’lumotlarni mantiqiy va fizik mustaqilligi; - ma’lumotlar bazalari axborot strukturalarining asosiy xossalari (mantiqiy tuzilishi - MBBT vositalari orqali amal qiladigan va tashkiliy tuzilmasini o’zgartirmasdan uni modifikatsiya qilish imkoniyati, ma’lumotlar turini kengaytirgan holda qarshiliksiz ishlov berishda); - havfsizlik darajasini ta’minlash va ma’lumotlarning to’laqonligi; - xizmat ko’rsatishning standart vositalari mavjudligi (ma’lumotlar bazalarini kuzatishni doimiy dasturiy modullarini va ma’lumotlar lug’atini, ma’lumotlar bazalarini engillashtiradigan (yukini tushiradigan), qayta tashkil etadigan va qayta strukturalashtiradigan, tiklaydigan jurnalni yuritish, kiritish va hisobotlar generatorlari va h.k.); - ishlatish tavsiflari (loyihachilar haqida, sarmoya egalari haqida, moddiytexnik ta’minotga bo’lgan talablar, tarqatish shakli). Tanlab olingan MBBT bir qator talablarni qondira olishi kerak. Bularga muammo sohasining barcha vazifalarini samarali bajarilishi; xotira resurslaridan samarali foydalanish uchun saqlanayotgan ma’lumotlar hajmini minimallashtirish; samarali axborot qarorlarini qabul qilishga imkon yaratish; havfsizlikni ta’minlash jarayonini boshqarish; xodimlarga nisbatan ma’lumotlar bazalarini ishlatish bilan bog’liq qulaylikni yaratilishi, EHM ni ishlatish mulojaasini soddalashtirish. Umumiy olganda zamonaviy MBBT lar quyidagi talablarga javob berishi lozim:  ma’lumotlarning mustaqilligi;  talablarning kuchli tili;  javob (sado berish) ning qisqa vaqti;  ma’lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish yoki ulardan voz kechish. 2.Relyatsion ma’lumotlar bazasi va uning imkoniyatlari Relyatsion model (inglizcha reletion – munosabat) o’tgan asrning 70- yillari boshida Amerika olimi E.F.Kodd tomonidan yaratilgan. Modelning soddaligi va egiluvchanligi ma’lumotlar bazalari tuzuvchilarini e’tiborini o’ziga tortdi. 80-yillarga kelib keng taraqqiy eta boshladi va relyatsion MBBTlar sanoat standarti darajasiga ko’tarildi. Model relyatsion algebrasi tushunchalari tizimiga tayanadi. Bu tushunchalarning eng muhimlari jadval, satr, ustun, munosabat va birlamchi kalitlar sanaladi, bajariladigan amallar esa jadvallar bilan ish olib borishda aks etadi. Relyatsion modellarda axborot to’g’ri to’rtburchakli jadvallar ko’rinishida aks ettiriladi. Har bir jadval ustun va satrlardan tashkil topgan bo’ladi va ma’lumotlar bazalari ichida o’zining takrorlanmas nomiga ega. Jadval real olam axborotini – mohiyatini aks ettiradi, uning har bir satri (yozuvi) esa ob’ektning aniq bir nusxasini – nusxa mohiyatini aks ettiradi. Jadvalning har bir ustuni ushbu jadvalda o’ziga xos nomga ega. Jadval kamida bir ustunga ega bo’lishi kerak. Ma’lumotlarning relyatsion modeli yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoqli va ierarxiklardan foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan jadvalli tasavvurlar va ma’lumotlarga kirishning oddiy tuzilishi bilan farq qiladi. Ma’lumotlarning relyatsion modeli oddiy ikki o’lchamli jadval - munosabat (model ob’ektlari) larning yig’indisidir. Relyatsion modeldagi relyatsion bog’liqdagi ikki jadvallar orasidagi mantiqiy aloqalar jadval munosabatlariga tegishli bir xil atributlarning mazmun jihatidan tengligiga ko’ra o’rnatiladi. Jadval-munosabat relyatsion modellarning universal ob’ekti hisoblanadi. Bu relyatsion modeli turli MBBTlardagi ma’lumotlarini mosligini ta’minlash imkonini beradi. Relyatsion modellarni ishlash operatsiyalari munosabatlar algebrasi va relyatsion hisob-kitoblarning universal apparatidan foydalanishga asoslangan. Jadval relyatsion model ma’lumotlari (ob’ekti)ning asosiy turi hisoblanadi. Jadvalning tuzilishi ustunlarning yig’indisi bilan belgilanadi. Jadvalning har bir satrida tegishli ustunga mos keluvchi bittadan mazmun joylashgan bo’ladi. Jadvalda ikkita bir xil satr bo’lishi mumkin emas. Satrlarning umumiy soni chegaralanmagan. Ustun ma’lumotlarining ba’zi tarkibiy qismi − atributga mos keladi. Atribut ma’lumotlarning eng oddiy tuzilmasidir. Jadvalda yuqorida ko’rib o’tilgan tarmoqli va ierarxik modellardagi kabi ko’p tarkibiy qismlari guruh yoki takrorlanuvchi guruh kabilar belgilanishi mumkin emas. Jadvalning har bir ustinining ma’lumotlari tegishli tarkibiy qismi (atribut)ning nomiga ega bo’lishi kerak. Ma’nosi jadval satriga teng bo’lgan bir yoki bir nechta atributlar jadvalning kaliti hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasini tuzishda relyatsion yondashuv munosabatlar nazariyasining terminologiyasi qo’llaniladi. Eng oddiy ikki o’lchamli jadval munosabat sifatida belgilanadi. Tegishli atribut mazmuniga ega bo’lgan jadval ustini domen deyiladi. Turli atributlar mazmuniga ega bo’lgan satrlar esa kortej deb ataladi. Relyatsion jadval-munosabati. 5.5-rasmda R relyatsion jadval munosabatining ko’rinishi berilgan. R munosabat (relyatsion jadval) ning formal ta’rifi uning domenlari Di (ustunlari), kortejlari Ki (satrlari) haqidagi tushunchaga tayanadi. Ko’plab domenlar{Di} belgilangan R munosabat deb, D1 D2 D3 Dn domenlarini dekart (bevosita) ishlab chiqaruvchi ko’plikka aytiladi. R munosabat = {K1, K2.............} Atributlar (ustunlar) nomi Kortej K2 = {d12, d22, d32, d42, d52, d62} Domen D5 = {d51, d52, d53, d54,..} Jadval-munosabat ma’lumotlar tarkibiy qismi atributlar (A1, A2, .....) nomiga ega bo’lgan ustunlarni o’z ichiga olgan d atributlarning mazmuni jadvalning asosiy qismida joylashgan bo’lib satrlar va ustunlarni tashkil qiladi. Bir ustunda atributlar mazmunining ko’pligi domen Di ni hosil qiladi. Bir satrda atributlar mazmunining ko’pligi bir kortej Kj ni hosil qiladi. R munosabat ko’plab tartibga solingan kortejlar orqali hosil bo’ladi: R = { K j}, j = 1-m Kj = {d1j, d2j, dnj} n - munosabat domenlarining soni; munosabatlarning ko’lamini belgilaydi. j - kortej nomeri; k - munosabatdagi kortejlarning umumiy soni bo’lib, munosabat koordinata soni deyiladi. Jadval-munosabatining kaliti. Kortejlar jadval-munosabati ichida takrorlanmasligi zarur va ular tegishlicha yagona identifikator - dastlabki (birlamchi) kalitga ega bo’lishi kerak. Dastlabki (birlamchi) kalit atributdan tashkil topgan bo’lsa oddiy, bir necha atributdan tashkil topganda esa turli tarkibli deb ataladi. Munosabatda dastlabki kalitdan tashqari ikkilamchi kalit ham bo’lishi mumkin. Ikkilamchi kalit - mazmuni turli satr - kortejlarda takrorlanishi mumkin bo’lgan kalitdir. Ular bo’yicha ikkinchi kalitning bir xil mazmuni satrlar guruhi izlab topiladi. Satrlar ustunlardan farqliroq o’z nomlariga ega emas, ularning jadvalda joylashish tartibi aniqlanmagan va satrlar soni mantiqan chegaralanmagan bo’ladi. Satrni tartib raqamiga ko’ra tanlab olib bo’lmaydi. Faylda har bir satr o’z raqamiga ega bo’lsa ham, bu narsa satrni tavsiflamaydi. Bu A1 A2 A3 A4 A5 A6 d1 1 d21 d31 d41 D51 d61 d1 2 d22 K2 korteji d62 d1 3 d23 d33 d43 d o m e n d63 ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... ..... raqam satr jadvaldan olib tashlanganda o’zgaradi. Mantiqan satrlar o’rtasida “birinchi” va “oxirgi” degan tushuncha yo’q. Relyatsion tizimlarning qo’llanilishi murakkab siljishlar zaruriyatini bartaraf qildi. CHunki ma’lumotlar endi bir fayl ko’rinishida emas, balki mustaqil to’plamlar asosida tuzilib, ma’lumotlarni tanlab olish uchun amaliy to’plamlar nazariyasi – relyatsion algebra amallari qo’llaniladi. Ma’lumotlar bazalarning ob’ektga – mo’ljallangan modeli dasturlashning ob’ektga mo’ljallangan tillari paydo bo’lishi bilan yuzaga chiqa boshladi. Bunday bazalarning paydo bo’lishi 90-yillarga to’g’ri keladi. Ushbu turdagi bazalar sinflar usullarini o’zida saqlaydi. Ko’pincha, doimiy sinflar ob’ektlarini o’zlarida saqlab ma’lumotlar orasida to’siqsiz uyg’unlashuvni hamda ilovalarda ularga ishlov berishni amalga oshiradilar. Relyatsion modellarning hozirgi zamon MBBTlarida ustunlikka erishilishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi: 1) rivojlangan nazariyaning mavjudligi (relyatsion algebrani); 2) ma’lumotlarni boshqa modellarini relyatsion modellarga keltirish apparatining mavjudligi; 3) axborotga ruxsatli kirishni tezlashtirishni maxsus vositalarini mavjudligi; 4) tashqi xotirada MB aniq ma’lumotlarni fizik joylashishi haqida bilimga ega bo’lmay ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadigan MBga nisbatan standartlashgan yuqori darajadagi so’rovlar tilining mavjudligi. Ma’lumotlar bazalarni ishlab chiqishda 2 xil usuldan foydalanish mumkin. Birinchi usulda, avval asosiy masalalar aniqlanib, ularni hal qilish uchun baza yaratiladi hamda masalaning ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi. Ikkinchi usulda, muammo sohasining namunaviy (tipik) ob’ektlari birdaniga o’rnatiladi. Bu erda eng optimal usul-ikkala usulni birgalikda ishlatishdir. Bu shu bilan bog’liqki, dastlabki bosqichda barcha masalalar to’g’risida etarlicha ma’lumotlarning yo’qligidadir. Ma’lumotlar bazalarini loyixalashtirish jarayoni ikki bosqichga bo’linadi: muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini (MAMM) ishlab chiqish va ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini aniqlash. Axborot-mantiqiy model muammo sohasini axborot ob’ektlarining majmui va ular orasidagi tuzilmaviy aloqalar ko’rinishida aks ettiruvchi ma’lumotlar modelidir. Muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqli modelini ishlab chiqish shu sohani tekshirish natijasida olingan tavsifigaasoslanadi (1- rasm). Muammo sohasining infologik modeli asosida kontseptual (mantiqiy), ichki (jismoniy) va tashqi modellar tuziladi. Ma’lumotlar bankiing mantiqiy tuzilishi—obektga tegishli bo’lgan axborotlarning Mbda joylanishini ifodalaydi. Hosil bo’lgan Ma’lumotlar bankiing mantiqiy bog’lanish modeli ikkinchi bosqichining natijasi hisoblanadi. Bu modelda uch turli axborot ifodalanadi: ob’ekt to’g’risidagi xabarlar, ularning xususiyati va o’zaro munosabatlari. Har bir ob’ekt modeli yozuv turlari orqali ko’rsatiladi. Ularning xususiyatlari - yozuv maydonlari orqali ifodalanadi, munosabatlar esa -- yozuv va maydon turlari o’rtasidagi aloqalar yordamida tasvirlanadi. Bunday model EHM operatsion tizimining, MBBT ning mohiyatiga bog’liq bo’lmaydi, yahni axborotning ma’nosiga bog’liq bo’lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini ta’minlaydi. 1-rasm. MB loyihalash bosqichlari Mantiqiy modelni chizmali va jadvalli usullar yordamida ifodalash mumkin. CHizmali usulda ma’lumotlar o’rtasidagi bog’lanish graflar yordamida tasvirlanadi. Bunda grafning uchlari yozuvlarni ifodalaydi, qirralari esa yozuvlar o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatadi. Jadvalli usulda ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlar bir yoki bir nechta ustundan iborat bo’lgan jadvallar orqali ifodalanadi. Hozirgi vaqtda mantiqiy modellarning poьonali (ierarxik), tarmoqli va relyatsion turlaridan foydalanilmoqda. Pogonali model chizmali usul asosida tashkil qilinadi. Bunda ma’lumot yozuvlari grafning uchlarini ifodalaydi va xar bir yozuv oldingi poьona uchlariga bog’langan bo’ladi. Bunday tuzilishdagi MBdan tegishli axborotlar hamma vaqt bitta yo’nalish bo’yicha qidiriladi va uning joylashgan o’rni to’liq ko’rsatiladi. Poьonali (ierarxik) modelga asoslangan MB 1-chi va 2-chi avlod EHM lari yordamida ishlab chiqilgan. IBM firmasi 1968 yilda IMS (Information Menagement System) deb nomlangan ma’lumotlar bankini tashkil qilgan. Tarmoqli model ham chizmali usul yordamida tashkil qilinadi. Lekin bunda tegishli axborotlar bir nechta yo’nalish bo’yicha olinishi mumkin. Tarmoqli model ierarxik modelning kengayishi hisoblanadi. Bu modelning asoschisi CH. Baxman. Tarmoqli modelga asoslangan MB – Integrated Database Menegement System (IDMS) Cullinet Software Inc. Kompaniyasi tomonidan 70 yillari ishlab chiqilgan. Ierarxik va poьonali Ma’lumotlar bankiing afzalligi — ularning tezkorligi. SHaxsiy EHM larning paydo bo’lishi relyatsion modellarning keng tarqalishiga sababchi bo’ldi. Relyatsion model jadvalli usul asosida tashkil qilinadi. Bunda tegishli ma’lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. ma’lumot ilovada loyihalash jismoniy ( fizik) loyihalash mantiqiy loyihalash MB loyihalash Ustunlar ma’lumotning maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum sohaga tegishli bo’lgan bir qancha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ustun va qator o’rtasidagi bog’lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat o’z nomiga ega bo’ladi. Relyatsion modeldagi munosabatlar quyidagi talablar orqali hosil qilinadi:  ustun va qator kesishgan erda joylashgan ma’lumotlar element hisoblanadi;  munosabatlarda ikkita bir hil qator bo’lmaydi;  ustun va qatorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy emas. Relyatsion model bir nechta munosabatlardan tashkil topishi mumkin. Relyatsion modelning asoschisi—Amerika olimi E.F. Kodd. Bu modelning ikkinchi nomi – Kodd modeli. Ma’lumotlar bankii tashuvchilarda xosil qilish bosqichi fizik tuzilishni tashkil etadi. Fizik tuzilishi tashqi xotiralarda ma’lumotlarni joylashtirish usullari va vositalaridan iborat bo’lib uning natijasida ichki model xosil qilinadi. Ichki model ma’lumotning mantiqiy modelini tashuvchilarda aks ettiradi va yozuvlarning joylashishini, aloqasini va tanlab olinishini ko’rsatadi. Ichki model MBBT orqali hosil qilinadi va unga quyidagi talablar qo’yiladi :  ma’lumotlarning mantiqiy tuzilishini saqlash;  tashqi xotiradan maksimal foydalanish;  Ma’lumotlar bankii yuritish xarajatlarini kamaytirish;  ma’lumotlarni qidirish va tanlash jarayonlarining tezkorligini oshirish va boshqalar. 2-rasm. Ma’lumotlarga kirish arxitekturasi Umumiy holda ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) ikki xil guruhga ajratiladi: Professional yoki sanoat MBBTlari. Bu guruhga quyidagi MBBTlar kiradi: Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress. SHaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan MBBT lar: FoxBase/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox, Approach va Access. 1 blok Foydalanuvchi interfeysi 2 blok MB protsessori 3 blok Ma’lumotlar bazasi Hozirgi vaqtda Access MBBT ning ishlab chiqarishda keng tarqalganligini hisobga olgan holda dasturning ma’lumotga kirish arxitekturasini ko’rib chiqamiz. Arxitektura uchta blokdan tashkil topadi (5.7-rasm). Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access ob’ektlari kiradi: jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar. Ma’lumotlar ombori. Bu blokda ma’lumotlar jadvallarining fayllari saqlanadi (Access da mdb-fayllar). MB protsessori. MS Access MBBT 2000-da ma’lumotlar disketlari MS Jet (Joınt Engine Technolıgy) ma’lumotlar bazasi yadrosining yangi 32 razryadli 3.5. versiyasi qo’llanilgan. Bu versiya yuqoriroq unumli va yaxshilangan tarmoq tavsiflarga ega. xulosalar Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etishda axborot ta’minoti muxim o’rin egallaydi. Boshqaruv jarayonini aniq, etarli va tezkor axborot bilan ta’minlanishi sifatli qaror qabul qilish uchun zamin bo’lib xizmat qiladi. Zaruriy axborotni foydalanuvchiga tezkor taqdim etilishda ma’lumotlar bazasining imkoniyatlari cheksizdir. Ma’lumotlar bazasi – ma’lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi – zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog’liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega o’zaro bog’liq ma’lumotlar yig’indisidir. Ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritishda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlar bankining tashkil etuvchi elementi hisoblanadi. Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda texnologik jarayonda band personalni qo’shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi. Nazorat uchun savollar? 1. Berilganlar resurslarini boshqarish. 2. Berilganlar bazalari turlari. 3. Berilganlarni saqlash va berilganlarni boshqarish. 4. An’anaviy fayl tizimlari. 5. Berilganlar bazasini boshqarish yondoshuvi.
8-mavzu. Elektron biznes tizimlari. Reja: 1. Elektron tijorat tizimlari va ularning ahamiyati. Tashkilot biznes tizimlari. Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish. 2. Korxona resurslarini rejalashtirish. Yetkazib berish zanjirini boshqarish. 3. Korxona dasturiy ilovalarini integratsiyalash. 4. Tranzaksiyalarni amalga oshirish tizimlari. Korxona hamkorlik tizimlari. 5. Funksional biznes tizimlari. Biznesda axborot tizimlari. 6. Marketing tizimlari. Bozor tizimlari. Inson ressurslari tizimlari. 7. Buxgalteriya tizimlari. Moliyani boshqarish tizimlari. Elektron tijorat tizimlari va ularning ahamiyati Elеktron tijorat tushunchasi. Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi. Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldisotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta'minlaydi. Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi. Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turidan quyidagi xaraktеrli xususiyatlari bilan farqlanadi:  xaridor o’ziga qulay vaqt, joy va tеzlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;  savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallеl ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;  ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nеchta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko’p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo’lish imkoniyati;  kеrakli mahsulotlarni tеzlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda tеxnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig’ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;  xaridorning yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta'minlanish darajasidan qat'iy nazar hamma qatori tеng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;  hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob bеradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;  elеktron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kеngaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tеzlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tеzlashtirishi kеrak bo’ladi. Elеktron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini bеradi. Xaridorlar kundalik xayotida kеrakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin. Chеt el firmalariga murojaat qiladi. Elеktron pullar tushunchasi. Elеktron pul – bu pul birligiga tеnglashtirilgan bеlgilar hamda kupyura va tanga rolini bajaruvchi juda katta son yoki fayllardir. Bunday tizimning faoliyat ko’rsatish harajatlari boshqalaridan ancha kam. Bundan tashqari, elеktron pullar to’liq anonimlikni ta'minlashi mumkin, chunki uni ishlatgan mijoz haqida hеch qanday ma'lumot bеrilmaydi. Elеktron pul birliklari. WMY – O’zbеkiston zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun UZSning Y-hamyondagi ekvivalеnti. WMR – rubl zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun RURning Rhamyondagi ekvivalеnti, WMR opеratsiyalarining kafili bo’lib WebMoney Transfer ning Rossiya hududidagi vakili “BMP” MChJ xizmat qiladi. WMZ – AQSh dollarida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Zhamyondagi ekvivalеnti. WME – ЕVRO da opеratsiyalarni amalga oshirish uchun EURning Ehamyondagi ekvivalеnti, WMZ va WME opеratsiyalarining kafili bo’lib Amstar Holdings Limited, S.A. xizmat qiladi. WMU – Ukraina zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun UAHning U-hamyondagi ekvivalеnti, WMU opеratsiyalarining kafili bo’lib “Ukrainskoе Garantiynoе Agеntstvo” MChJ xizmat qiladi. WMB – Bеllorusiya zonasida opеratsiyalarni amalga oshirish uchun BYRning V-hamyondagi ekvivalеnti. WMG – 1 gramm oltinning G-hamyondagi ekvivalеnti. WBC va WMD – WMZningn S va D hamyonlardagi krеdit opеratsiyalari uchun ekvivalеnti. Intеrnеt to’lov tizimlari, ular orqali to’lovlar va xaridlarni amalga oshirish. Tеxnika vositalaridan, axborot tеxnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elеktron to’lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elеktron to’lovdir. Elеktron to’lov tizimida tovarG`xizmatlar to’lovi xaridorning elеktron hisobidan shaxsiy bank raqami hisobiga pul mablag’larini chiqarish imkoniga ega bo’lgan sotuvchining elеktron hisobiga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Quyidagi elеktron to’lov tizimlari mavjud: WEBSUM; iPAY; PAYNET; WEBMONEY; IntellectMoney; Perfect Money; RBK Money;V-money. Elеktron to’lov tizimlari yordamida Intеrnеt va IP-tеlеfoniyaga ulanish uchun «PIN» kodlar va intеrnеt do’konlardan tovarlarni harid qilish, uyali aloqa xizmati, shaxar tеlеfoniyasi, kommunal xizmatlar, domеn va xosting, rеklama, tеlеvidеniе, chiptalar, datatsеntrlar, vеb rеsurslar uchun haq to’lash mumkin. iPAY – bu UzExdagi birja savdolarida, www.uzbex.com global savdo maydonchasida, hamda iPAY tizimiga qo’shilgan intеrnеt do’konlarda onlayn to’lovlarni amalga oshirish imkonini bеruvchi, O’zbеkiston Rеspublikasi tovar homashyo birjasining to’lov tizimidir. WEBSUM elеktron to’lov tizimi. iPAY elеktron to’lov tizimi. Intеrnеt-banking. To’lov tizimlari orasida alohida guruh, bu Intеrnеt banking funktsiyasini bajaruvchi tizim, ya'ni Intеrnеt orqali bank opеratsiyani amalga oshirish hisoblanadi. Intеrnеt-banking – bankdagi hisob raqamni Intеrnеt orqali boshqarish imkoniyatini bеradigan xizmat. Intеrnеt banking tizimida samarali ishlash uchun Intеrnеtga ulangan va Intеrnеt brouzеrga ega kompyutеr bo’lishi еtarli hisoblanadi. Intеrnеt-banking imkoniyatlari quyidagilarni bajarishga imkon bеradi:  bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish;  istalgan davr uchun bankdagi hisob raqamlardan ko’chirmalar va ularga tеgishli boshqa hujjatlarni olish;  haqiqiy vaqt tartibida to’lov hujjatlari bank ishlovidan o’tishining barcha bosqichlarini kuzatish;  xatolar to’g’risida xabarlarni tеzkor olish;  kirim va chiqim to’lov hujjatlarini ko’rish va chop etish. Intеrnеt-banking va bankdan tashqari elеktron to’lovlar tizimlarining yanada rivojlanish jarayonida on-layn sotuvlar sеktorida jadal o’sishni kutish lozim, bunda ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi barcha kompaniyalar Intеrnеt tarmog’i orqali tovarlarini bеmalol sotishlari mumkin bo’ladi. To’lovlarning bankdan tashqari sеktorini rivojlantirishning kеyingi bosqichi bu mobil to’lovlar tizimlari bo’ldi. Elеktron karmon, ularni to’ldirish va pul olish. Elеktron karmon - bu elеktron pullarni saqlash uchun mo’ljallangan vosita. Tovarlarni sotish va xarid qilishga mo’ljallangan vеb tеxnologiyalar asosida yaratilgan axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilardan tashkil topadi:  mijozga tovar (xizmat) haqida ma'lumot bеrish;  mijozdan tovar (xizmat)ga buyurtma qabul qilish. Ba'zan onlaynli to’lov tizimlaridan foydalanilganda uchinchi vazifa-to’lov haqini olish, tovarni sotishda esa yana to’rtinchi vazifa - haqi to’langan tovarni jo’natish qo’shiladi. Elеktron karmonni to’ldirish va ulardan pul еchishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:  Tijorat banklarida naqd pul bilan;  Bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida;  Pochta orqali;  Intеrnеt-banking yordamida;  Pul o’tqazmalar tizimlari yordamida;  Mobil aloqa yordamida. Intеrnеt VISA va MasterCard to’lov kartochkalari. Visa Inc. – to’lov opеratsiyalarini amalga oshirish xizmatlarini ta'minlovchi amеrika kompaniyasi. VISA International Service Association - jahonning еtakchi to’lov tizimi hisoblanadi. VISA kartalari bo’yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSh dollarini tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul kilinadi. Dunyoda to’lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% tashkil qiladi. MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to’lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQShning Nyu-York shaxrida joylashgan. Hozirgi kunda intеrnеt to’lov tizimlari to’liqligicha yuqorida kеltirilgan VISA va MasterCard bilan ishlash imkoniyatiga ega, ya'ni intеrnеt to’lov tizimlaridagi xamyonlarni to’ldirish yoki xamyonlardagi ishlatilmay qolgan mablag’larni qayta kartochkaga chiqarish mumkin. Intеrnеt do’konlar va intеrnеt birja. Bugungi kunda “Intеrnеt do’kon” nomi ostida turli ko’lam va maqsaddagi еchimlarning kеng spеktri taklif qilinmoqda. WEBSUM elеktron to’lov tizimidan foydalanadigan intеrnеt do’konlar quyida kеltirilgan: UzEx intеrnеt birja – bu shaxsiy kompyutеr orqali UzEx savdo maydonchalarida savdo qilish imkoniyatini bеruvchi global milliy savdo maydonchasi. Ushbu savdo tizimi, iPAY tizimi foydalanuvchilariga, maksimal qulayliklar bilan osongina o’z tovarlarini sotish va kеrakli tovarlarni harid qilish imkonini bеradi. Uzbex.com O’zbеkiston global savdo tizimi. Elektron tijorat – O’zbekiston iqtisodiyotida: mavjud holat, muammolar va istiqbollar Jahon hamjamiyatining ko’zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo’lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o’sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga o’tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi1 Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o’z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo’llanishi yotadi. O’zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo’lgan holatdagina sodir bo’ladi. O’zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat so’zining ma’nosini tushunishga harakat qilib ko’rgan. Hali o’zining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat bilan bog’liq AQSh bozorlarida yiliga o’rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag’lar aylanadi. “Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o’z ichiga oladi. O’z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo’linadi:  Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C);  Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B);  Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Misol sifatida: – virtual auksion www.Ebay.com ni keltirish mumkin Elektron tijoratning o’ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud:  Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi;  Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi;  Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish xarajatlari kamayadi. Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo’llash orqali iste’molchibilan ochiq munosabat o’rnatish, mahsulot va xizmatlar to’g’risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash, sotuvning alternativ yo’llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do’konlar ochish va yaratish imkoni beradi. O’zbekistonda electron tijoratni rivojlantirish jarayonlari amalda Bugungi kunga kelib, O’zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.  Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o’ynashi lozim;  Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qo’yilishiga yo’l qo’yilmaslik lozim;  Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo’llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin;  Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o’ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;  Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo’linish va davlat chegaralariga bog’liq bo’lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo’lishi lozim. Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda.Olib borilgan va bajarilgan ishlar asosida bir qancha ijobiy natijalarga erishildi. Masalan, axborot almahinuvi tezligini oshirish va unga sarflanadigan vaqtni kamaytirish maqsadida olib borilgan ishlarning natijasi Respublikada xalqaro axborot tarmoqlari tezligini oshishida ko’rinadi. Xalqaro axborot tarmoqlari tezligining o’zgarish tendensiyasi Muammolar… Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, o’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo’lib, ularning to’gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin. Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashgmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz:  internetning global tarmog’i bilan to’gridan-to’g’ri bog’langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o’rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat ko’rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.  viloyatlarda ko’rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko’rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to’gridan to’g’ri qo’ng’iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o’z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo’lmasligiga olib keladi. Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi (O’zbekiston bo’yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq 4). To’gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlar) o’smoqda. Ko’pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo’lmasdan turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir. Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to’lovni amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib to’lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, to’lovni qabul qilish uchun o’rnatilgan maxsus modullar orqali, to’g’ridan to’g’ri on-line do’konlarda to’lovni amalga oshirish mumkin. Asosiy muammo shundaki, O’zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet tarmog’ida yoki mobil aloqa yordamida o’z hisoblarini boshqarish va to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bo’lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot olish uchun mo’ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta to’siq bo’layotgan muammolardan biridir. To’rtinchidan, mavjud internet-do’konlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi yetishmaydi. Aloqa va axborotlashtirish agentligi chop etgan ma’lumotlarga ko’ra 01.01.2008 yil holatiga bo’yicha O’zbekistonda 24 internet-do’kon faoliyat yuritadi. Kompyuter va elektron-mayishiy texnika mahsulotlarini sotishga bo’yicha8, sovg’a va gullar bo’yicha-4, raqamli tovarlar bo’yicha -6, iste’mol va ma’ishiy tovarlar bo’yicha-3, kitob, musiqa va kompakt diskda filmlar sotishga mo’ljallangan-3 do’kon mavjud. Bu veb-saytlarning 4-ishlov berilish jarayonida, 4- to’lovni xalqaro to’lov tizimidagi plastik kartochkalardan foydalanib amalga oshirish imkonini yaratadi, 12-WM Transfer to’lov tizimidan foydalanadi. Qolgan 7 do’kon naqdsiz to’lovni amalga oshirishni imkonini, yozma shartnoma imzolanganidan so’ng, yaratadi. Takliflar… Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda asosiy e’tibor beriladigan yo’nalishlar sifatida quyidagilarni taklif qilamiz:  Elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. Ilmiy ishlar, maqolalar yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy forum va konferensiyalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat texnik, balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy muammolardan biri –malakali kadrlar yetishmovchiligini, oldini oladi.  Telekommunikatsion xizmatlarni ko’rsatish sohasida raqobatni rivojlantirish. Bu xizmat sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma’lum internet-auditoriyalarining yaratilishiga olib keladi.  AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning ko’rsatilgan tartibda doimiy mavjud bo’lishini ta’minlash.  O’z-o’zini boshqarish va tajriba almashish tizimlarini yaratish  Elektron tizimi bo’yicha ta’lim tizimini rivojlantirish  Axborot texnologiyalarining butun O’zbekiston bo’ylab keng tarqalishini ta’minlash. Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot texnologiyalarining joriy qilinishi elektron tijorat hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.  On-line banking tizimini butun respublika bo’ylab samarali joriy qilish. Bu ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar uchun o’z tovar va xizmatlari bilan internet tarmog’i orqali erkin savdo qilish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga bu bank sohasining boshqa yo’nalishlari bo’yicha ham sezilarli o’zgarishlarga olib keladi. O’zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston o’zining yuqori darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg’og’ida qolib ketmasligi zarur. Elektrontijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun qanday natijalar beradi?  Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o’rinlarini yaratadi.  O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo’lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.  Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda O’zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O’zbekistonda elektron tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o’z aksini topadi. Nazorat savollari? 1. Elektron tijorat tizimlari va ularning ahamiyati. 2. Tashkilot biznes tizimlari. Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish. 3. Korxona resurslarini rejalashtirish. Yetkazib berish zanjirini boshqarish. 4. Korxona dasturiy ilovalarini integratsiyalash. 5. Tranzaksiyalarni amalga oshirish tizimlari. Korxona hamkorlik tizimlari. 6. Funksional biznes tizimlari. Biznesda axborot tizimlari. 7. Marketing tizimlari. Bozor tizimlari. Inson ressurslari tizimlari. 8. Buxgalteriya tizimlari. Moliyani boshqarish tizimlari.

Download 133.44 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 133.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Ma’ruza: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Reja: Axborot tizimlari tushunchasi Biznesda axborot tizimlari

Download 133.44 Kb.