• Dunyoning ishlari
  • O’tkir Hoshimovning
  • Asardan parcha . ТUSH
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Masofaviy ta’lim




    Download 21.7 Kb.
    Sana01.05.2023
    Hajmi21.7 Kb.
    #55170
    Bog'liq
    Yunusov Rasuljon Dunyoning ishlari
    Kurs ishi, Axborot xavfsizligi siyosati, Biznesda axborot tizimlari asoslari., Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida ilk qadam dasturining ahamiyati, HFX, ХФХ-1 мажмуа 2021, hayot faoliyati xavfsizligi barcha testlar, 119778, 102566



    Toshkent axborot texnologiyalari
    universiteti
    Farg’ona filiali Masofaviy ta’lim
    1-kurs 810-22 guruh talabasi
    Yunusov Rasuljonning
    Akademik yozuv fanidan
    yozgan
    NAZORAT ISHI.


    "Taqriz" tanlovi uchun Yunusov Rasuljon "Dunyoning ishlari" asariga taqriz.



    Dunyoning ishlari“ — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-yilda "Sharq nashriyoti" tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi.
    Jumladan 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 336 betli qattiq muqovada nashr etildi. Shu yili Meriyus nashriyoti tomonidan 272 betda, 3000 nusxali qattiq muqovada nashr etildi. Ushbu nashrning ustki qismida qishloq koʻchasidagi uylar va adibning onasi tasvrilangan.
    Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi soʻzlari keltirilgan: "Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu—Ona mehri! Alloh Onani shunday yaratgan!"
    Oʻtkir Hoshimov asarini 2005-yilgi nashrida shunday tariflagan: Bu qissa katta-kichik novellardan iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi oʻzgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihatdan onamga bogʻlangan.
    Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov 20-asr oʻzbek adabiyotida oʻz oʻrni va uslubiga ega boʻlgan adib. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Dunyoning ishlari asari ham anashunday xalqchil asarlar sirasiga kiradi.
    Oʻtkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari nashr etilgan. Ushbu kitoblarning umumiy tiraji 2 million nusxadan oshiq. Yozuvchi asarlari koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilingan.

    Asar haqida.
    Jonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. Oʻtkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.
    Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan : "„Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi.

    O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yozuvchining avtobiografik asari bo’lib , unda ko’tarilgan muammo o’zining dolzarbligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi.
    Asar qahramonlari – O’tkir Hoshimov .
    Yozuvchining onasi .
    Yozuvchining bolalikdagi do’stlari Toir , Vali , ularning jo’raboshisi .
    Ermon va Oltmishvoy
    Yozuvchining otasi,akasi va asardagi boshqa qahramonlar
    XX asrning o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo’lgan O’tkir Hoshimovning ularning hayot yo’li, o’tmishi, voyaga yetgan muhiti, yashash tarzi, qiziqishlari, orzu-umidlari, dard-u armonlari turlicha. Biroq ularni birlashtirib turgan yagona narsa bor – bu ham bo’lsa hayotda bir – biriga bo’lgan mehr oqibatidir.
    Asar 1981-yilda yozilgan yozuvchi mazkur asarni o’z onasiga va dunyodagi barcha onalarga bag’ishlagan.
    Go’yoki mazkur asar butun onalarga bag’ishlab yozilgan madhiyadir.
    Asar kichik-kichik hikoyalardan tashkil topgan.
    Asarda ibratli mazmunga ega bo’lgan hikoyalardan iborat.
    Asardan parcha.
    ТUSH
    Тush ko‘rsаm, оnаm chirоq ko‘tаrib yurgаnmish. Yuzini аniq ko‘rmаsmishmаn-u, аmmо qo‘lidаgi chirоq хirа nur sоchib turgаnmish. «Ko‘zinggа qаrа, bоlаm, chuqur bоr», dermish nuqul. Qаrаsаm, chuqur yo‘q. Uyg‘оnsаm, оnаm hаm yo‘q...
    Download 21.7 Kb.




    Download 21.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Masofaviy ta’lim

    Download 21.7 Kb.