|
Kompyuter grafikasi va dizayn
|
bet | 1/10 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 40,68 Kb. | | #248901 |
Bog'liq Baratova Yuliya kurs ishi
MUNDARIJA
KIRISh……………………………………………………………………….
|
2
|
1- bob. “KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN” FANINING PREDMETI VA MAZMUNI
|
11
|
1.1. ―Kompyuter grafikasi va dizayn‖ fanining predmeti, maqsadi va vazifalari…..
|
11
|
1.2. Kompyuter grafikasiva dizayn fanining asosiy tushunchalari………………..
|
12
|
1.3. Kompyuter grafikasining qo‘llanish sohalari………………………………..
|
17
|
1.4. Rastr, vektor va fraktal grafikalari…………………………………………….
|
18
|
2- bob. KOMPYUTER GRAFIKASIDA FOYDALANILADIGAN TEXNIK
VOSITALAR VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI
|
23
|
2.1. Monitorlar………………………………………………………………
|
23
|
2.2. Videoadapterlar………………………………………………………………..
|
27
|
2.3. Printerlar……………………………………………………………………….
|
29
|
2.4. Plotterlar………………………………………………………………………
|
30
|
2.5. Skanerlar……………………………………………………………………….
|
33
|
2.6. Digitayzerlar……………………………………………………………………
|
36
|
2.7. Videotexnologiyani ta‘minlovchi kompyuter vositalari
|
38
|
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi o‘tgan davrda mamlakatimiz ijtimoiy- iqtisodiy hayotining sohalari qatori xalq ta‘limi tizimini isloh etish bo‘yicha ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda amaldagi «Ta‘lim to‘g‘risida »gi Qonun talablaridan kelib chiqib ta‘lim yo‘nalishida muayyan yangilik, o‘zgarishlar dastlabki ijobiy natijalarni bermoqda. Tub islohotlarni amalga oshirish, bozor munosabatlarini shakllantirish eng avvalo xodimlarning iqtisodiy bilimiga bog‘liqdir. Kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmasdan turib chuqur o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruzasida ―Biz ta‘lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz‖, – deb ta‘kidlagan edilar.
Kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgargan xodimlarimiz, mutaxassislarimizga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik yuritadigan, yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabi bo‘lib qoldi. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalarini xayotimizning barcha jabxalariga keng joriy etib kelinmoqda.
Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyasining va ularni amalga oshirish vositalarini juda tez rivojlanishi informatsion jamiyatning shakllanishini oldindan belgilab beradi. Bunday jamiyatda inson faoliyatining hamma sohalarida mehnat qilayotganlarning mutlaq ko‘pchiligi axborotlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va uning eng yuqori shakli-bilimlarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. Bu sohada kompyuter grafikasi va dizayni muhim rol o‘ynaydi.
Kompyuter grafikasi va dizayni o‘zi nima? Kompyuter grafikasi – grafik axborotlarni yaratish, saqlash va qayta ishlash yoki geometrik modellarini, hajmlarini va ularning tasvirlarini zamonaviy EHM lar yordamida amalga oshiradi.
Yangi informatsion texnologiyalar ichida kompyuter grafikasi va dizayni progressiv yo‘nalish hisoblanadi. Bu yo‘nalish ham texnika sohasida grafik stansiyalarning paydo bo‘lishi ham dasturiy vositalarni yaratish sohasida katta rivojlanishni boshidan kechirmoqda. Chunonchi, sifati bo‘yicha videofilm kadrlari bilan raqobat qila oluvchi real hajmli, harakatlanuvchi tasvirlarni yaratish imkoniyatlari yaratildi. Bu dasturiy mahsulotlar, shuningdek, reklama ishlab chiqarish mahsuli bo‘lib, san‘at sohasida va multimedia texnologiyasida qo‘llaniladi. Shuningdek, namoyish grafikasi va ilmiy vizuallash, geometrik modellashtirish, grafik interfeyslarni proektlash, animatsiyalar va virtual voqelikni ko‘rishga katta e‘tibor berilmoqda.
Kompyuter grafikasi va dizayni iqtisodiyot sohasida ham katta muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin, masalan, u iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda juda qo‘l keladi. Kompyuter grafikasi va dizayni butun dunyoda fundamental fan hisoblanadi. U iqtisodiy kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga egadir. Maxsus kompyuter dasturlari tasvirlarni yaratishga, ularni to‘g‘rilash va siljitishga imkon beradi. Shunday qilib, kompyuter ekranida sichqoncha yordamida, inson qalam yoki ruchka yordamida qog‘ozda rasm chizgani kabi, chizishga imkon yaratadi. Bular rasm solish dasturlari yoki grafik tahrirlagichlar bo‘lib, rasm elementlarini boshqarishga imkoniyat yaratadi.
|
| |