Kompyuter grafikasi va dizayn




Download 40,68 Kb.
bet6/10
Sana21.05.2024
Hajmi40,68 Kb.
#248901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Baratova Yuliya kurs ishi

Skanerlar
Real tasvirni kompyuterga kiritish, ya‘ni ularni raqamlarga o‘tkazish turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Skaner real tasvirni raqamlarga o‘tkazish (almashtirish) qurilmasidir. U obyekt sirtini ketma-ket, qator-qator qarab chiqadi (skaner qiladi) va tasvirning har bir elementini tahlil qilib, uni raqamli ekvivalentga almashtiradi. Skaner qilish jarayonida sxemalar tasvirning raqamli rastr modeli hosil qilinadi.
Skaner yordami bilan matnlar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kompyuterga kiritish mumkin. Skaner nusha ko‘chirish apparatiga o‘xshab qog‘ozli hujjatning tasviri nushasini qog‘ozda emas, balki elektron ko‘rinishda yaratadi – tasvirning elektron nushasi yaratiladi.
Skanerlar juda xilma-xil bo‘lib, ularni bir qator belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo‘ladi.
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o‘qishi mumkin. Shtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, kul rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar kul rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nushalar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o‘qish uchun ishlatilishi mumkin.
Rangli skanerlarda rangli RGB modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug‘lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangta mos signal alohida qayta ishlanadi.
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va hatto 16,8 milliontagacha (True Color standarta) tebranishi mumkin.
Skanerlarning o‘tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o‘lchanadi va 75 dpidan 1600 dpigacha bo‘ladi.
Konstruktiv jihatdan skanerlar dastakli va stolli bo‘ladi. Stolli skanerlar, o‘z navbatida planshetli, rolikli va proyeksion bo‘ladi.
Shaffof tashuvchilardan tasvirni o‘qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi.
Dastakli skanerlarning tuzilishi juda oddiydir: ular qo‘l bilan tasvir bo‘ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o‘tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastakli skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo‘lib, u skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o‘lchamli va past narxdadir.
Planshetli skanerlar eng ko‘p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nushaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan (broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 o‘lchamli) 2-10 sekund.
Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Aigus ni ko‘rsatib o‘tish kerak, u 600x1200 dpi fizik o‘tkazish qobiliyatiga ega, 4096 rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7-9 marta masshtablaydi.
Rolikli skanerlar eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusha skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko‘pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Proyeksion skanerlar tashqi ko‘rinishdan fotokattalashtirgichni eslatadi, lekin uning pastki qismida skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida esa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo‘l bilan skanerlaydi va olingan ma‘lumotni fayl ko‘rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar ham tuzilish jihatdan turlicha bo‘ladi: planshetli, barabanli, proyeksion va boshqalar. Tavsiflari bo‘yicha slayd-skanerlar eng yuqori sifatlidir: ularning o‘tkazish qobiliyati odatda 2000 dpidan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi.
Grafik axborotni kompyuter fayllarida tasvirlashning ikkita formati: rastrli va vektorli formatlar mavjud.
Rastrli formatda grafik tasvir nuqtalar to‘plamining naqshinkor termasi ko‘rinishida (nollar va birlar) faylda eslab qolinadi, bu to‘plam nuqtalari tasvirning displey ekranida aks etishining piksellariga mos keladi. Mashina xotirasida skaner bilan yaratilayotgan fayl rastrli formatga (bitli karta deb ataladigan) ega. Bu faylni standart matnli va grafik protsessorlar bilan tahrir qilish imkoniyati yo‘q, negaki bu protsessorlar axborotni naqshinkor tasvirlash bilan ishlay olmaydi.
Vektorli formatda axborot shriftlar, belgilar kodlari, xat boshi va shu tavsiflari bilan identifikatsiyalanadi.
Vektorli formatlarning rastrli formatdan asosiy farqini bunday misolda ko‘rsatish mumkin: vektorli formatda aylana radiusi, o‘z markazining koordinatasi, chiziq qalinligi va tipi bilan identifikatsiyalanadi, rastrli formatda esa aylanani geometrik shakllantiruvchi nuqtalarning oddiygina ketma-ket qatorlari saqlanadi.
Yana shuni hisobga olish kerakki, bitli karta o‘zining saqlanishi uchun katta xotira sig‘imini talab etadi. Demak, o‘tkazish qobiliyati millimetrga 10 ta nuqtali va nim ranglarni uzatmaydigan (shtrixli tasvir) A4 formatli (204x297 mm) hujjat 1 varaqning bitli kartasi xotiraning 1 Mbaytdan ortiqrog‘ini band qiladi, shuni o‘zi esa kul rangning 16 ta tusini amalga oshirishda 4 Mbaytni, rangli yuqori sifatli tasvirni (High Color standarti – 65536 ta ranglar) – 16 Mbaytni band qiladi.
Fayllarni rastrli formatda quyidagi holatlarda saqlash mumkin, agar:

  • hujjatlar va ularga mos kelgan fayllar ularni ishlatish jarayonida tahrir qilinmasligi kerak;

  • hujjat asl nushaning faksimil nushasi ko‘rinishida saqlanishi kerak (fotografiyalar, rasmlar, imzolangan hujjatlar va sh.u.);

  • ko‘p sonli ulkan fayllarni (1-20 Mbayt) saqlash va ko‘rib chiqish uchun texnik imkoniyatlar mavjud.

Skaner bilan ishlash uchun kompyuter maxsus drayverga, imkoni bo‘lsa, TWAIN standartiga mos keluvchi drayverga ega bo‘lishi kerak. Bu holda ko‘p sonli TWAIN bilan mos keladigan skanerlar bilan ishlash va TWAIN standartini qo‘llaydigan fayllarni qayta ishlovchi dasturlar bilan ishlash imkoni bor.
Skanerni tanlashda hisobga olinadigan asosiy omillar:

  • skanerlanishi kerak bo‘lgan hujjatlarning o‘lchami, rangliligi va shakli (varaqli, risolalangan va b.) skaner imkoniyatlariga mos kelishi kerak;

  • skanerning o‘tkazish qobiliyati hujjatlarning yuqori sifatli qattiq nushasini ularning elektron obrazlari bo‘yicha ta‘minlashi kerak;

  • skaner unumdorligi olinayotgan tasvirning yaroqli sifatini ta‘minlaydigan darajasida etarlicha yuqori bo‘lishi kerak;

  • agar elektron hujjat o‘lchamlari hisoblashlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilsa, asl nushaga nisbatan olinayotgan elektron tasvirning o‘lchamlarida minimal xatolik ta‘minlanishi kerak;

  • fayllar kompyuter xotirasida saqlanganda rastrli fayllarni siqishning dasturli vositalari borligi;

  • rastrli fayllarda tasvir sifatini yaxshilash uchun dasturiy va texnik vositalarning borligi (tasvirning yorqinligini va keskinligini oshirish, asosiy rangning

  • «kirini» yo‘qotish);

  • tashuvchi qog‘ozni sifati va tipi olinayotgan elektron tasvirning sifatiga ma‘lum chegaralarda kuchli ta‘sir qilmasligi kerak;

  • skanerda ishlash oddiy va qulay bo‘lishi kerak va tashuvchi noto‘g‘ri qo‘yilganda skanerlashdagi xatoliklar bo‘lmasligi kerak;

  • skaner narxi.




Download 40,68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 40,68 Kb.