Kompyuter grafikasi va dizayn




Download 40,68 Kb.
bet3/10
Sana21.05.2024
Hajmi40,68 Kb.
#248901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Baratova Yuliya kurs ishi

Videoadapterlar
Monitorlarni va ularning ekraniga ma‘lumotlarni chiqarishni bevosita boshqaradigan ichki tizim qurilmasi videoadapter deb ataladi. Videoadapter o‘z ichiga quyidagilarni oladi: elektron nur trubkasini boshqarish sxemasi, rastrli xotira (ekranda bo‘lib o‘tadigan ma‘lumotlarni saqlovchi va AXda videobufer maydonini ishlatadigan xotira), DEKning almashadigan mikrosxemalari (belgilar matritsalari), kiritish-chiqarish portlari.
Videoadapterning asosiy tavsiflari: ish rejimlari (matnli va grafikli), ranglarning amalga oshirilishi (monoxromli va rangli), ranglar soni yoki nim ranglar soni (monoxromlida), o‘tkazish qobiliyati (monitor ekranida gorizontal va vertikal bo‘yicha adreslanadigan piksellar soni), buferli xotiradagi sahifalarning sig‘imi va soni (sahifalar soni – bu eslab qolinadigan matnli ekranlarning soni bo‘lib, ularning istalgan biri bevosita adreslash yo‘li bilan monitorda aks ettirishga chiqarilishi mumkin), belgi matritsasining o‘lchami (monitor ekranida belgini shakllantiradigan, matritsaning satr va ustunidagi piksellar miqdori), tizimli shina bilan qiymatlar almashish tezligini belgilovchi qiymatlar shinasining razryadliligi va boshqalar.
Videoxotira sig‘imi – muhim tavsifdir, u xotirada saqlanayotgan piksellarning miqdorini va ularning atributlarini aniqlaydi. Piksel atributining razryadliligi, o‘z navbatida, xususan, pikselni aks ettirishda hisobga olinadigan nimranglarning yoki rangli tuslarning mumkin bo‘lgan maksimal sonini aniqlaydi (masalan, 65000 rangli tusni (High Color standarti) aks ettirish uchun xar bir atribut ikki baytli xususiyatta, 16,7 mln ta rangli tusni aks ettirish uchun esa (True Color standarti) – uch baytli xususiyatga ega bo‘lishi kerak). Videoxotiraning kerakli sig‘imini atribut baytlari miqdorini ekran piksellari miqdoriga ko‘paytirib taxminan hisoblab chiqish mumkin.
Masalan, monitorning o‘tkazish qobiliyati 800x600 piksellar bo‘lganda va True Color standartida videoxotira sig‘imi 1440000 baytdan kam bo‘lmasligi kerak, o‘tkazish qobiliyati High Color standartida 1280 x 1024 bo‘lganda esa 4 Mbayt atrofida bo‘lishi lozim.
Umum qabul qilingan standart quyidagi videoadapterlarni shakllantiradi:



Hercules

monoxromli grafikli adapter;

MDA

monoxromli displeyli adapter
(Monochrome Display Adapter);

MGA

monoxromli grafikli adapter
(Monochrome Graphics Adapter);

SGA

Rangli grafikli adapter
(Color Graphics Adapter);

EGA

yaxshilangan grafikli adapter
(Enhanced Graphics Adapter);

VGA

videografikli adapter (Video Graphics Adapter), yoki
videografikli matritsa
(Video Graphics Array);

SVGA

yaxshilangan videografikli adapter
(Super VGA);

PGA

professional grafikli adapter
(Proffeccional GA).

Download 40,68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 40,68 Kb.