|
Kompyuter grafikasi va dizayn
|
bet | 7/10 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 40,68 Kb. | | #248901 |
Bog'liq Baratova Yuliya kurs ishiDigitayzerlar
Digitayzer yoki boshqachasiga grafikli planshet – bu asosiy vazifasi tasvirlarni raqamlab chiqish qurilmasidir. U ikki qismdan: asosdan (planshetdan) va asos yuzi bo‘yicha siljiydigan ko‘rsatish qurilmasidan (pero yoki kursordan) iborat. Kursor knopkasini bosilganda uning planshet yuzasidagi holati qayd qilinadi va koordinatalari kompyuterga beriladi.
Digitayzer foydalanuvchi yaratayotgan rasmni kompyuterga kiritish uchun ishlatilishi mumkin: foydalanuvchi perokursorni planshet bo‘yicha olib yuradi, lekin tasvir qog‘ozda paydo bo‘lmasdan, balki grafik faylda qayd qilinadi.
Digitayzerning ishlash tamoyili kursorning joylashgan joyini planshetga joylashtirilgan, qo‘shni simlar orasida etarlicha katta qadamli (3 dan 6 mm gacha) ingichka simlar to‘ri yordamida qayd qilishga asoslangan. Qayd qilish mexanizmi ma‘lumotlarni o‘qish qadami turning qadamidan kichikroq bo‘lishini ta‘minlaydi (millimetrda 100 ta gacha chiziq). O‘qish qadami digitayzerning o‘tkazish (ajratish) qobiliyati deyiladi.
Digitayzerning kompyuter bilan ma‘lumot almashish tezligi operatorga bog‘liq, lekin odatda qurilmaning sekundiga 100-200 ta nuqta darajali texnik imkoniyatlari bilan chegaralanadi.
Digitayzerlar elektrostatik va elektromagnit bo‘ladi.
Elektrostatik digitayzerlarda kursor ostidagi to‘rning elektrostatik potensialini lokal o‘zgarishi qayd qilinadi, elektromagnitlarda esa kursor to‘r qabul qiladigan elektromagnit signalni nurlatadi. Elektromagnit digitayzer tashqi manbalar, masalan monitorlar yaratayotgan halaqitlarga sezgirdir.
Digitayzerni tanlashda birinchi navbatda ko‘rsatish qurilmasining qulayligi va ishonchliligiga ishonch hosil qilish kerak. Kerakli o‘lchamdagi ishchi maydonini tanlash kerak – u 6x8 dyuymdan 44x62 dyuymgacha oraliqda bo‘ladi. Kursor koordinatalarini uzatishning kerakli aniqligini baholash va uni digitayzerning o‘tkazish qobiliyati bilan taqqoslash kerak. Va nihoyat, hamma kerakli dasturli ta‘minot va xususan, drayverlarning borligiga ishonch xosil qilish lozim.
Pero bitta, ikkita yoki uchta knopka bilan jihozlangan kurilmadir. Oddiy va pero uchini planshetga bosiladigan kuchlanishni aniqlaydigan perolar bor. Keyingi perolarni ko‘pincha rassomlar ishlatadilar, negaki ular bosishning 256 ta gacha gradatsiyasini qabul qila olishi mumkin (bosish darajasi chiziq qalinligiga, ranglar tusiga, ranglar palitrasiga ta‘sir ko‘rsatadi).
Kursorlar kamroq, odatda murakkab ilovalarda ishlatiladi, ular to‘rtta, sakkizta, o‘n ikkita, o‘n oltita klavishali bo‘ladi. Standart ravishda ikkitadan to‘rttagacha klavishalar ishlatiladi, kolganlari dastur-ilovalarda, masalan, AutoCad da dasturlashtiriladi. Kursor shakllari juda turlichadir, hattoki sichqoncha shakligacha bo‘ladi. Kursorlar ham, perolar ham simli va simsiz bo‘lishi mumkin. Oxirgi variant ishda qulaydir, lekin uning uchun batareyka bo‘lishi va mos ravishda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish lozim bo‘ladi.
Digitayzer asoslari qattiq va egiluvchan bo‘lishi mumkin, keyingisi kam og‘irlikda, tashishda ixcham va arzonrokdir.
|
| |