|
I bob. KOMPYuTER GRAFIKASIDA FOYDALANILADIGAN TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI
|
bet | 2/10 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 40,68 Kb. | | #248901 |
Bog'liq Baratova Yuliya kurs ishiI bob. KOMPYuTER GRAFIKASIDA FOYDALANILADIGAN TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI
Monitorlar
Raqamli tasvirlarni saqlash va ishlov berishdan hech qanday ma‘no yo‘q, agar ularni qandaydir bir sharoitda qayta hosil qilish (ya‘ni, ko‘rish) imkoniyati bo‘lmasa.
Kompyuter xotirasida joylashgan raqamli tasvilarni qayta hosil qilish (ko‘rinuvchan obrazlarga almashtirish) vizuallashtirish deb aytiladi. Raqamli tasvirlarni vizuallashtirish uchun maxsus chiqarish qurilmalari talab qilinadi. Bu qurilmalar turli xil bo‘lib, ularning orasida eng ko‘p tarqalgan qurilmalardan biri videoterminaldir. Videoterminal displeydan va videoadapterdan tashkil topgan. Videoadapterlar kompyuterning tizimli bloki tarkibiga kiradi. U bosh platani raz‘yomiga o‘rnatiladigan videokartada joylashgan. Monitorlar esa kompyuterning tashqi qurilmalaridir.
Monitor ekranda matnli va grafik axborotni aks ettirish qurilmasidir, (qo‘zg‘almas kompyuterlarda elektron nur trubkasi (ENT) ekranida, ixcham kompyuterlarda esa suyuq kristalli tekis ekranda).
Monitor tarkibiga quyidagilar kiradi: elektron nur trubkasi paneli, yoyish bloki, videokuchaytirgich, manba bloki va boshqalar.
Monitor ekranining o‘lchami odatda uning diagonali kattaligi bilan dyuymlarda beriladi: IBM ga mos tushuvchi kompyuterlarda ekranlarning quyidagi tipik o‘lchamlari qabul qilingan: 12, 14, 15, 17, 20 va 21 dyuym.
HYP bilan boshqariladigan signal ko‘rinishiga bog‘liq ravishda monitorlar uzluksiz va raqamli bo‘ladi.
Uzluksiz monitorlarda boshqarish buriladigan potentsiometrlar asosida, raqamli monitorlarda esa knopka asosida amalga oshiriladi. Raqamli monitorlarda ko‘p darajali ekranli menyu qulay ko‘riladi, oldindan o‘rnatilgan grafikli rejimlar ishlatiladi, lekin uzluksiz monitorlar ekranda tasvirni yaxshi sifat bilan, katta miqdorlardagi nim ranglar va rangli tuslar bilan o‘ta yuqori sifatli standartlarda shakllantirish imkonini beradi.
Monitorning muhim tavsifi uning kadrli yoyishining chastotasidir. Ekranda 25 Gts chastotali tasvirlar (kadrlar) almashinishi ko‘z bilan uzluksiz harakat kabi qabul qilinadi, lekin bunda ko‘z ekranning miltillashidan tez charchaydi. Tasvirning yuqori turg‘unligini ta‘minlash va ko‘z charchashini kamaytirish uchun zamonaviy yuqori sifatli monitorlarda kadrlarni almashish chastotasi 70-75 Gts dan past bo‘lmagan holda ushlab turiladi; bunda satrli yoyish chastotasi 40-50 kGts kattalikka erishadi va videosignallarni yaxshi chastota polosasi ta‘minlanadi – bu displeyning videoadapter bilan mos kelishiga sabab bo‘ladigan muhim kattalikdir (tasvirni ravshanligi bo‘yicha).
Tasvirning turg‘unligiga erishish uchun kadrli yoyish chastotasi kattaligining o‘zi ham videoadapter bilan moslashtirilishi lozim. Bu jihatdan barcha monitorlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin:
qayd qilingan chastotali monitorlar, ular faqat bir tasvirlash rejimini tutib turadi;
bir nechta qayd qilingan chastotali monitorlar, ular bir nechta qayd qilingan tasvirlash rejimlarini tutib turadi;
multichastotali monitorlar, ular videoadapterga avtomatik ravishda sozlanadi va ko‘p sonli videorejimlarni tutib turadi (masalan, mos ravishda 50-120 Gts va 30- 60 kGts kadrli va satrli yoyish chastotali multichastotali monitorlar).
Displeylar odatda ikki rejimda: matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.
Matnli rejimda monitor ekranidagi tasvir tovush generatori bilan shakllantirilib kengaytiriladigan ASCII to‘plamining belgilaridan tashkil topgan (psevdografika belgilarini ishlatilgan holda foydalanib tuzilgan oddiy rasmlar, gistogrammalar, ramkalar bo‘lishi mumkin).
Grafikli rejimda ekranga alohida mozaik (naqshinkor) elementlardan – piksellardan (pixel-picture element) shakllantirilgan murakkab sxemalar va chizmalar va harflarning turli xil shriftli va o‘lchamli yozuvlari, videotasvirlar chiqariladi.
Monitorlarning yuqori o‘tkazish qobiliyati eng avvalo grafikli rejimda kerak va piksel o‘lchami bilan bog‘likdir.
O‘tkazish qobiliyati monitor ekranida gorizontal va vertikal bo‘yicha joylashtiriladigan piksellarning maksimal soni bilan o‘lchanadi. O‘tkazish qobiliyati monitor tavsiflariga ham va hattoki yuqori darajada, videoadapter tavsiflariga ham bog‘liq bo‘ladi.
Videoadapter tavsiflaridan o‘tkazish qobiliyatiga va monitor ekranidagi tasvir sifatiga uning videoxotirasi sig‘imi ko‘proq ta‘sir etadi.
O‘tkazish qobiliyatini va ekrandagi tasvirning tiniqligini aniqlaydigan monitorning o‘zining muhim tavsifi monitor ekrani lyuminofora donachasi (nuqtani – dot pitch) o‘lchamidir: nuqta qanchalik kichik bo‘lsa, tabiiyki, tiniqlik shunchalik yuqori bo‘ladi va ko‘zlar shunchalik kam charchaydi. Nuqta kattaligi zamonaviy monitorlarda 0,23 dan 0,28 mm gacha bo‘ladi. qa‘tiy aytganda, nuqtaning diametri emas, balki nuqtalarning markazlari orasidagi masofa ahamiyatga egadir.
Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda birmuncha arzonroq, tiniqrok tasvirga va yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega, «kul rangni» o‘nlab tuslarini aks ettirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun zararsizroqdir. Shuning uchun ko‘plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko‘radilar.
Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi:
kompozitli rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni, grafikani ham ta‘minlaydi, lekin ancha past o‘tkazish qobiliyatiga egadir;
rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan eng yuqori sifatlidir (RGB – qizil-yashil-havo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun o‘zining simi ishlatiladi, kompozitlida esa – uchala rang signali bitta sim bo‘ylab boradi);
RGB-monitorlar rangli grafikli adapter bilan birgalikda ishlaydi.
Uch tipdagi displeylar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGC (Profeccional Grafics System) keng qo‘llaniladigan IBM PK ning rangli monitorlari standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat oxirgisi e‘tiborga loyiqdir.
Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan nim-ranglarni yaxshi uzatadigan monitorlardan eng katta o‘tkazish qobiliyatiga «paper white» tipidagi qora-oq tasvirli, monoxromli kompozitli monitorlar ega (ko‘pincha stol nashriyot tizimlarida ishlatiladi); ularning SVGA tipidagi videoadapter bilan birga ishlagandagi o‘tkazish qobiliyati 1600x 1200 pikseldan ortadi.
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (LCD – Liquid Cristal Display) – bu raqamli tekis monitorlardir. Bu monitorlar maxsus, me‘yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq, bir elektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi, qutblanish va yoruqlik nurlarining sinish koeffitsiyentlari o‘zgaradi. Ana shu effektlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzilish jihatdan bunday displey ikkita elektr o‘tkazuvchan shisha plastina ko‘rinishda bajarilgan bo‘lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqlikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday ekranlarni orqa yoki yon tomondan yoritish uchun yoruklik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli flyuorestsent lampalar yoki elektrolyuminestsentli panellar ishlatiladi.
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar aktiv va passiv matritsali bo‘ladi.
Passiv matritsada ekranning har bir elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlarning kesishgan joyida tanlanadi, aktiv matritsada esa ekranning xar bir elementi uchun uzining boshqaruvchi tranzistori bor, shuning uchun ularni ba‘zida TFT-ekranlar deb ataladi (TFT – Table Film Transistor, yupqa plyonkali tranzistor).
Aktiv matritsali displey murakkabroq va qimmatroqdir, lekin yaxshiroq sifatni ta‘minlaydi: yuqori dinamiklik, o‘tkazish qobiliyati, tasvirlarni aniq-ravshanligi va yorqinligi.
Monoxromli displeylar bilan bir qatorda so‘nggi vaqtlarda rangli displeylar ham keng ishlatilmokda. Rangli displeylarda har bir piksel 3 ta alohida qism pikseldan (R, G va V) tashkil topib, ularning xar biri mos ranglarning yupqa yorurlik filtrlari bilan qoplangan. Uchta ranglardan har biri uchun yorqinlikning 64 ta gradatsiyasi maksimal shakllantiriladi, bu oxir oqibatda 26200 ta rangli tuslarni aks ettirish imkoniyatini beradi. Ranglarning o‘zlari etarlicha chuqur va yorqindir.
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlarning asosiy afzalliklari:
O‘lchamlari va og‘irligi: monitor qalinligi suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar ekrani va yoritish qurilmasi qalinligi bilan emas (u kichikdir), balki korpus qalinligi bilan aniqlanadi, yana og‘irlikning katta qismi ham korpusga to‘g‘ri keladi.
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlarning energiya iste‘mol qilishi elektron nur trubkalardagi monitorlarga nisbatan sezilarli kamdir, masalan, elektron nur trubkasidagi monitor o‘rtacha 150 Vt, suyuq kristalli indikatorlardagi monitor esa 30 Vt gacha iste‘mol qiladi.
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorda inson sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan elektromagnit nurlanishlarning hamma ko‘rinishlari deyarli yo‘qdir.
Uning jiddiy kamchiligi – hozircha yuqori narxdaligidir. Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar – displeylar yana tashqi ta‘sirlarni yoqtirmaydi, xususan, barmoqlar bilan ekranga doimiy tegish rangli popuklarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Bu klassdagi zamonaviy displeylarning ma‘lumotlarni tasvirlash sifati elektron nur trubkasidagi monitorlarnikiga nisbatan ba‘zida yomon emas.
|
| |