|
Kompyuter grafikasi va dizayn
|
bet | 5/10 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 40,68 Kb. | | #248901 |
Bog'liq Baratova Yuliya kurs ishiPlotterlar
Plotterlar (plotter, grafik quruvchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va boshqalar) kompyuterdan katta formatli qog‘oz yoki boshqacha ko‘rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir. Birinchi paytlarda ulardan muhandislik grafikasi chizmalarini chiqarish uchun foydalanilgan.
Tasvirni shakllantirish tamoyillari bo‘yicha plotterlar ikki guruhga bo‘linadi:
vektorli tipdagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog‘ozga nisbatan birdaniga ikkita koordinata bo‘yicha siljishi mumkin va tasvir qog‘ozda kerakli to‘g‘ri va egri chiziqlarni istalgan yo‘nalishda bevosita chizib chiqish bilan yaratiladi;
rastrli tipdagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog‘ozga nisbatan faqat bir yo‘nalishda bir vaqtning o‘zida siljishi mumkin va tasvir qog‘ozda satrma-satr ketma- ket tushiriladigan nuqtalardan shakllanadi.
Ish tamoyili bo‘yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik, elektrostatik bo‘ladi.
Vektorli plotterlar faqat peroli bo‘ladi, plotterlarning qolgan tiplari rastrlidir.
Peroli plotterlar (Pen Plotter) – bu vektorli tipdagi elektromexanik qurilma bo‘lib, ularda tasvir umumiy holda pero deb atalgan yozuvchi element yordamida chiziqlarni chizib chiqish yo‘li bilan yaratiladi. Perolar sifatida plotterlarning turli
modellarida perolar, fibrali (juda pishiq qog‘ozli) va plastik sterjenlar (flomasterlar buyog‘i ichidan sizib keladigan yozish quroli), bir marta va ko‘p marta ishlatiladigan sharikli uzellar, qalamli grifellar (toshqalam) va burchaklar ishlatiladi.
Peroli plotterlar rulonli (o‘ramli) va planshetli bo‘lishi mumkin.
Rulonli plotterlar ixchamrok, ishlatishda qulay va aniqdir. Ular ko‘proq A1, A0 formatli yirik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi, shu bilan birga rulonli qog‘ozdan varaqni o‘rab chiqarish va kesish avtomatik bajariladi.
Odatda, planshetli plotterlar A3 va undan kichik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi.
Suyuq buyoq ishlatuvchi peroli plotterlar turli (ham bir rangli, ham ko‘p rangli) tasvirlarning yuqori sifatli bo‘lishini ta‘minlaydi, lekin yuqori bo‘lmagan chizib chiqish tezligiga ega, chunki buyoqning perodan chiqishi va uning ko‘rishiga vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashkari, suyuq bo‘yoqli yozuvchi uzellar bo‘yoqni uzatish kanalining tez-tez, shu jumladan, qotib qolgan bo‘yoq zarralari bilan tiqilib qolishi sababli doimiy ravishda xizmat ko‘rsatish va tozalashni talab etadi. Qalamli grifellarni ishlatishda sifat yomonroq, lekin chizish tezligi yuqori va asosiysi yozuvchi uzelga xizmat ko‘rsatish ancha oddiyroq va arzondir.
Purkagichli plotterlar tasvirlarni shakllantirishda qog‘ozga bosuvchi kallakning mayda soplolari yordamida siyoh tomchilarini yo‘naltirilgan purkashdan foydalanadi
– bu purkagichli printerlarni ko‘rib chiqishda purkagichli bosishning "pufakchali" texnologiyasi deb ataldi. Purkagichli plotterlar bilan bajarilgan chizmalar sifati juda yuqoridir. Purkagichli plotterlarning uch ko‘rinishi mavjud: monoxromli, rangli va rangli bosish imkoniyatli.
Rangli purkagichli plotterlar yozuvchi kallakda ko‘p sonli soplolarni ishlatadi, lekin ularning o‘tkazish qobiliyati bunda taxminan ikki marta kamayadi. Rangli tasvirni yaratish odatda poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxemasi bilan amalga oshiriladi, ya‘ni soplolarning to‘rt guruhi ishlatilib, ularning har biriga aniq rangli bo‘yoq to‘g‘ri keladi: Cyan-havo rang. Magenta-to‘q qizil rang, Yellow-sariq rang. Key-etakchi (qora rang). Rangli plotterlarni ko‘pincha ularni rangli bosish imkoniyatli plotterlardan farqlash uchun to‘la rangli deb ataladi.
Rangli bosish imkoniyatli purkagichli plotterlar faqat chiziqlarni yoki belgilarni rangli bajarish imkonini beradi, lekin ular butun bir sohalarni turli ranglarga bo‘yashga qodir emas.
Purkagichli plotterlarda ham chizish tezligi yuqori emas, shuning uchun katta hajmli grafik axborotni chiqarish uchun ularni ishlatish maksadga muvofiq emas.
Elektrostatik plotterlar yozuvchi kallaklar yordamida maxsus elektrostatik qog‘oz yuzasida berk potensial relefni yaratish texnologiyasiga va bu relefda suyuq bo‘yoqni tindirishga asoslanadi. Rangli tasvirni yaratish uchun chizish jarayoni 4 marta qaytariladi (CMYK rangli sxemasi), albatta, bunchalik qulay emas. Ikkinchi jiddiy kamchilik – maxsus qimmatbaho elektrostatik qog‘ozning ishlatilishidir. Tasvir sifati va chizish tezligi bu plotterlarda yuqoridir.
Termografik plotterlar issiklik ta‘siri ostida qorayuvchi maxsus termoreaktiv qog‘ozni ishlatadi. Rasm faqat monoxromli va unga "taroq" ko‘rinishda bajarilgan maxsus miniatyurli qizdirgichlar bilan tushiriladi. O‘tkazish qobiliyati (800 dpi gacha) va chizish tezligi (50 mm) juda yuqoridir; termoqog‘oz juda qimmat emas, apparatlarning o‘zi esa oddiy va doimiy xizmat ko‘rsatishni talab etmaydi. Shuning uchun termografik plotterlar keng tarqalgan, xususan, katta hajmdagi chizma ishlari bajariladigan loyiha tashkilotlarida keng tarqalgan.
Termoreaktiv ko‘chirgich qog‘ozni ishlatuvchi termografik plotterlar ham chiqarilmokda, bunda turli rangdagi ko‘chirgich qog‘ozlarda to‘rt marta o‘tishlarni bajarish yo‘li bilan rangli bosishni olish mumkin, lekin ular keng tarqalmadi.
Lazerli plotterlar oraliq tashuvchi sifatida yarim o‘tkazgich qatlami bilan qoplangan aylanadigan barabanni ishlatadi. Lazer nuri bilan zaryadlangan yarim o‘tkazgich sohalari quruq tonerni o‘ziga tortadi, keyin uni baraban ostidan o‘tayotgan qog‘ozga ko‘chiradi. Bundan keyin toner tushirilgan qog‘oz qizdirgich orqali o‘tadi, issiqlik ta‘siri ostida toner qizib yaxlitlanadi va qog‘ozda qotiriladi (tipik elektrografik texnologiya). Lazerli plotterlarning afzalligi yaqqoldir: oddiy qog‘ozni ishlatishi, tasvirning yuqori sifati (o‘tkazish qobiliyati 800 dpi gacha) va tezkorliligi (50 mm), shovqinsiz ishlashi va to‘liq avtomatlashtirilganligi. Lekin ular qimmatdir. Rangli bosmaning prinsipial imkoni bor, lekin bunda plotter narxi qimmatlashadi.
Plotterlar rulonli va planshetli bo‘ladi, ularning ko‘pchiligi yaxshi sig‘imli ichki sozlangan xotira (2 dan 64 Mbaytgacha), displeyga ega, bir nechta (2-7 ta) qiymatlar formatini tanlash imkonini beradi, boshqa bir qator servis imkoniyatlariga ega. Plotterlardagi ichki sozlangan xotira uning funktsional ko‘rsatkichlarini (tezkorliligi, ishlash qulayliligi, avtonomligini) yaxshilash uchun ishlatiladi; bu buferli xotiraga grafik ma‘lumot yuklanadi, bu ma‘lumot tasvirni yaratish jarayonida plotter protsessori tomonidan qayta ishlanadi. Peroli plotterlar uchun bu xotira faqat uning avtonom ishlashini ta‘minlaydi, rastrli plotterlar uchun esa u yana tezkorlik, o‘tkazish qobiliyati va tasvir formatini ta‘minlash uchun muhimdir.
|
| |