Kompyuter grafikasi va dizayn




Download 40,68 Kb.
bet9/10
Sana21.05.2024
Hajmi40,68 Kb.
#248901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Baratova Yuliya kurs ishi


XULOSA


Aytish mumkinki, qo‘llanish sohasiga ko‘ra kompyuter grafikasi quyidagi turlarga bo‘linadi: tijoratga oid; namoyishlarga oid; muhandislikka oid; ilmiy, ko‘rgazmaviy, animatsion.
Kompyuter grafikasi tasvirlarni shakllantirish usullariga bog‘liq holda 3 turga bo‘linadi: Rastrli grafika. Vektorli grafika. Fraktal grafika. Ular bir-birlaridan tasvir ko‘rinishdagi axborotlarni hosil qilish va qayta ishlash texnologiyalari bilan farq qiladi.
Zamonaviy kompyuter grafikasini hisoblanadigan grafika deyiladi. Uning asosini vektor grafikasi tashkil etadi. Vektor grafikasi asosida esa geometrik figuralarning xossalari to‘g‘risidagi matematik tasavvurlar yotadi. Ta‘kidlaganimizdek, vektor grafikasining eng oddiy obyekti bo‘lib chiziq hisoblanadi. Shu sababli, vektor grafikasi asosida to‘g‘ri chiziqni matematik ifodalash fikri yotadi. Adobe Photoshop Windows muhitida ishlovchi kompyuterlar uchun mo‘ljallangan elektron ko‘rinishdagi fototasvirlarni tahrir qiluvchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.
Adobe Photoshop dasturi yordamida fotosuratlarga qo‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog‘larni o‘chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus natijalar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop ayniqsa, jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Vektorli grafikaning Windows operatsion sistemasida ishlaydigan dasturiy vositalaridan biri Corel DRAW bo‘lib, u yangi grafiklar yaratish va tahrir qilish uchun mo‘ljallangan. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishda ishlatilib, ular reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo‘llaniladi.
Corel DRAW yordamida turli grafik ko‘rinishlarni loyihalash, fotomatn tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa, badiiy ko‘rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bog‘liq amallarni bajarish qulay.
Corel DRAW boshqa grafik muharrirlariga nisbatan matnlar bilan yaxshi ishlash imkoniyatiga ega. Masalan, nashriyot sistemalarida yumoristik yoki boshqacha kitoblarni har xil va turli o‘lchamdagi harflar bilan yozish mumkin. Corel DRAW yordamida har qanday fotosuratni chiroyli portretga aylantirish mumkin. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu kabi professional va murakkab grafik muharrirlarda biz turli rasmlarni chizishimiz mumkin. Fayllarni import va eksport qilish Corel DRAW dasturining eng yaxshi qulayliklardan biri hisoblanadi.
Macromedia Flash dasturi ham Power Point dasturi kabi Windows operatsion sistemasida animatsiya va taqdimot fayllarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Ammo Macromedia Flash kichik animatsiya fayllari (kliplar), Web - saxifalar, elektron qo‘llanmalar va shu kabi boshqa axborot tizimlarining animatsion elementlarini yaratishga xizmat qiluvchi dasturiy vositalaridan biri bo‘lib, u Power Point dasturiga nisbatan murakkab amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Mazkur dasturda animatsiya fayllari to‘liq foydalanuvchi tomonidan yaratiladi va animatsiyalashtiriladi. Shu bilan birgalikda bu dasturda aktiv elementlar bilan ishlash hamda dasturlash imkoniyatlari mavjud. Macromedia Flash dasturda yaratilgan fayllar o‘zining original, ishlash soddaligi, yaratilish murakkabligi, tezkorligi, mul‘timediya jihozlanganligi va hajm bo‘yicha kichikligi bilan ko‘zga tashlanadi.

Download 40,68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 40,68 Kb.