Kompyuter grafikasi va dizayn




Download 40,68 Kb.
bet4/10
Sana21.05.2024
Hajmi40,68 Kb.
#248901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Baratova Yuliya kurs ishi



Printerlar
Bosuvchi qurilmalar (printerlar) – bu ma‘lumotlarni kompyuterdan chiqarish qurilmasi bo‘lib, u ma‘lumotning ASSII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (harflar, raqamlar, ishoralarga va sh.u.) o‘zgartiradi va bu belgilarni qog‘ozda qayd etadi.
Printer kompyuter tashqi qurilmasining eng rivojlangan guruhidir, ularning 1000 tagacha turli xil modifikatsiyalari bor. Printerlar o‘zaro quyidagi tavsiflar bo‘yicha farqlanadi:

  • rangliligi (oq-qora va rangli);

  • belgilarni shakllantirish usuli (belgilarni bosuvchi va belgilarni sintezlovchi);

  • ish tamoyili (matritsali, termik (qizdirishga oid), purkagichli, lazerli);

  • bosish (zarbli va zarbsiz) va satrlarni shakllantirish (ketma-ket va parallel) usullari;

  • karetka kengligi (375-450 mm li keng va 250 mm li tor karetkali);

  • bosish satri uzunligi (80 ta va 132-136 ta belgi);

  • belgilarni terish (ASSII belgilarini to‘liq terishgacha);

  • bosish tezligi;

  • o‘tkazish qobiliyati va hokazo.

Bir qator guruhlarning ichida printerlarning bir nechta turlarini ajratish mumkin: masalan, kompyuterda keng ishlatiladigan belgilarni sintezlovchi matritsali printerlar ish tamoyili bo‘yicha zarbli, termografikli, elektrografikli, elektrostatik, magnitografikli va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Zarbli printerlar orasida ignali (matritsali)lar eng ko‘p tarqalgan, lekin hali ham literli, shar ko‘rinishli, gulbargli ("moychechak" tipidagi) va boshqalari uchrab turadi. Printerlarda bosish belgi bo‘yicha, satr va sahifa bo‘yicha bo‘lishi mumkin.
Bosish tezligi sekundiga 10-300 ta ishoradan (zarbli printerlar) sekundiga 500-1000 tagacha va hattoki sekundiga bir necha o‘nlab (20 tagacha) sahifalargacha (zarbsiz lazerli printerlar) oraliqda; o‘tkazish qobiliyati millimetrda 3-5 nuqtadan millimetrda 30-40 nuqtagacha bo‘ladi (lazerli printerlar).
Printerlar, odatda, ikki rejimda – matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.
Matnli rejimda printerga bosilishi kerak bo‘lgan belgilar kodi yuboriladi, shu bilan birga belgilar konturi printerning ishora generatoridan tanlab olinadi.
Grafikli rejimda printerga tasvir nuqtalarining ketma-ketligi va joylashgan joyini aniqlovchi kodlar yuboriladi.
Matnli rejimda printerlar odatda bir nechta shriftlarni va ularning turli ko‘rinishlarini qo‘llaydi, ularning ichida roman (yozuv mashinkasining mayda shrifti), italic (kursiv), boldface (yarim qora), expandent (cho‘zilgan), elite (yarim siqilgan), sondenced (siqilgan), pica (to‘g‘ri shrift), prestige elite (prestij-elita) va proportsionalli shrift (belgi uchun ajratiladigan maydon kengligi belgining kengligiga bog‘liq bo‘ladi) keng tarqalgandir.

Download 40,68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 40,68 Kb.