"Оʻzbekiston pochtasi" AJ - Oʻzbekistonda pochta xizmatini
amalga oshiruvchi
tashkilot. Jamiyatning xizmat doirasiga Oʻzbekistonda milliy va xalqaro pochta
joʻnatmalarni, yetkazish va davriy nashr mahsulotlarini tarqatish kiradi.
Tarixi
"Oʻzbekiston pochtasi" ochiq hissadorlik jamiyati 1992-yil konsern sifatida tashkil
topdi.
1997-
yilda konsern "Oʻzbekiston pochtasi" davlat aksiyadorlik
jamiyatiga
aylantirildi.1991-
yili pochtа aloqasi va matbuot tarqatish korxonalari tarkibidagi bo‘limlar
negizida pochta aloqasi mustaqil birlashmasi xamda ularning viloyat va tuman
bo‘linmalari tashkil etildi. 1994-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Jahon pochta
uyushmasiga a’zo bo‘ldi.
Mamlakatimizda pochta aloqasi, axborot va telekommunikatsiya tizimlarini boshqarishni
yanada takomillashtirish, bu tarmoqlarga bozor mexanizmlarini
joriy etish hamda xorijiy
sarmoyalarni jalb etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-
iyuldagi «Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish
chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1997-yil 31-
iyuldagi «O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar
agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «O’zbekiston pochtasi»
davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Soha rivoji uchun hal qiluvchi
ahamiyat
kasb etgan ana shu hujjatlarga binoan, aksiyalarning 75 fozi davlat mulki, 10 foizi
mehnat jamoasi ulushi sifatida, 15 foizi esa erkin sotuvga chiqarilishi belgilangan.
2000-yil 31-
avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan
«Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi qonun sohada qonunchilik
asoslarini mustahkamlash
bilan birga, xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish va samaradorligini ta’minlash, pochta
xizmatlari bozoridagi raqobatdoshlikni oshirish, pochta aloqasi sohasida mutaxassislar
tayyorlashni takomillashtirishga qaratilgan edi. Oʼzbekiston Respublikasi
milliy
infratuzilmasining ajralmas qismi boʼlgan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004-yil 19-
iyuldagi “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni
takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 339-son Qarori bilan “Oʼzbekiston pochtasi” aksiyadorlik
jamiyati Milliy operator etib belgilangan, oʼz faoliyatini
yuridik va jismoniy shaxslarni,
davlat boshqaruv organlarining pochta aloqasi xizmatlariga boʼlgan ehtiyojlari qondirish
orqali, respublikamizda pochta aloqasi va ijtimoiy taʼminot sohasida davlat siyosatining
amalga oshirilishiga hissa qoʼshib kelmoqda.
Pochta aloqasining milliy operatori zimmasiga Oʼzbekiston Respublikasining
Umumjahon pochta ittifoqi dalolatnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlarini bajarish
hamda Respublikaning barcha hududlarida aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan
xizmatlarni belgilangan narxlarda koʼrsatish yuklatilgan.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun “Oʼzbekiston pochtasi” АJ tomonidan
respublikada pochta aloqasi tarmoqlarida 7 929 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.
Oʼrtacha oylik ish haqi 1 216,7 ming soʼmni tashkil etadi.
1992-
yili pochta aloqasi korxonalari ta’sischilari yig‘ilishining qaroriga binoan
«O‘zbekiston pochtasi» konserni tashkil etildi.
Shu davrda jamiyat
hissalari
quyidagicha taqsimlandi: