UzPost rivojlanishi
Texnologiyaning rivojlanishi bilan pochta xizmati ham juda o'zgardi.
UzPost bugungi kunda MDH davlatlarida 20 yildan ortiq vaqtdan beri zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish orqali sifatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan yetakchi pochta
operatorlaridan biri hisoblanadi
Bugungi kunda O‘zbekiston pochtasi bu:
-14 ta hududiy filial
-21 ta tumanlararo pochta aloqasi bog'lamasi
-143 ta tuman pochta aloqasi bog'lamasi
-1804 ta pochta aloqasi bo'limi
-Shaharlar va shahar tipidagi aholi punktlarida 1414 ta yetkazib berish uchaskasi
-Qishloq joylarda 2274 ta yetkazib berish uchastkasi
-25 ta havo yo'nalishi
-300 dan ortiq avtomobil yo'nalishi
-7,9 mingdan ortiq xodim
-2150 dan ortiq pochtachi
Ixtisoslashgan filiallar va ishlab chiqarish
:
-
“Xalqaro pochtamt”
-"Xalqaro tezkor pochta" (EMS)
-
“Matbuot tarqatish”
-"O'zbekiston Markasi"
1994-yil 24-
fevralda O‘zbekiston Respublikasi Umumjahon pochta ittifoqiga a’zo bo‘lib,
dunyoning barcha davlatlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Bu dunyodagi eng katta
pochta tarmog'idir. U 192 nafar mamlakatni, 5,3 milliondan ortiq xodimlarni, 650 mingdan
ortiq pochta bo'limlarini birlashtiradi.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ Umumjahon pochta ittifoqi qoshidagi Telematika
kooperativining a’zosi hisoblanadi. Biz IFS, PNG, RUGBY, IBIS, PRIME xalqaro axborot
Pochta tizimini modernizatsiya qilish
2020-yil 5-
oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida Vazirliklar hamda
viloyat, tuman va shahar hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida “Milliy pochta tizimini
isloh qilish masalasi” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, Milliy pochta tizimini rivojlantirish,
bozorda raqobatbardosh korxonaga aylantirish hamda Umumjahon pochta ittifoqining
Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni yuqori o‘rinlarda bo‘lishini
ta'minlash maqsadida Milliy pochtani qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Vazirliklar hamda
viloyat, tuman va shahar hokimiyat organlariga tegishli topshiriqlar berildi.
2020-yil 5-
oktabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta
aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4921-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror bilan:
1. Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
belgilab berilgan, jumladan:
-xat-xabar tashish va kuryerlik xizmatlarini rivojlantirish;
-elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish;
-xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini rivojlantirish.
2. 2021-
2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirish
bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda 2021-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta
aloqasi sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.
3. Har bir viloyatdan 3 tadan tumanlar jami 42 ta tuman namuna sifatida tanlab olinib,
o‘sha tumanlarda pochta aloqasi xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”
tasdiqlangan.
|