Bog'liq 21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid
5 -bob bo’yicha xulosalar Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etishda axborot ta’minoti
muxim o’rin egallaydi. Boshqaruv jarayonini aniq, etarli va tezkor axborot bilan
ta’minlanishi sifatli qaror qabul qilish uchun zamin bo’lib xizmat qiladi. Zaruriy
axborotni foydalanuvchiga tezkor taqdim etilishda ma’lumotlar bazasining
imkoniyatlari cheksizdir.
Ma’lumotlar bazasi – ma’lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Ma’lumotlar
bazasi
–
zaruriy
axborotni
tezkor
olish
va
modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog’liq
emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega o’zaro bog’liq
ma’lumotlar yig’indisidir.
Ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritishda ma’lumotlar bazasini boshqarish
tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
ma’lumotlar bankining tashkil etuvchi elementi hisoblanadi.
Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni
markazlashgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan
axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar
hamda texnologik jarayonda band personalni qo’shganda) vositalarining tizimi
sifatida ifodalanishi mumkin.
Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy
to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi.
89
6 bob Kompyuter tarmoqlarining modellari va texnologiyalari 6.1 Kompyuter tarmoqlarining turlari O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy informatikani rivojlantirish