85
Satrlar ustunlardan farqliroq o’z nomlariga ega emas,
ularning jadvalda
joylashish tartibi aniqlanmagan va satrlar soni mantiqan chegaralanmagan bo’ladi.
Satrni tartib raqamiga ko’ra tanlab olib bo’lmaydi. Faylda har bir satr o’z raqamiga
ega bo’lsa ham, bu narsa satrni tavsiflamaydi. Bu
raqam satr jadvaldan olib
tashlanganda o’zgaradi. Mantiqan satrlar o’rtasida “birinchi” va “oxirgi” degan
tushuncha yo’q.
Relyatsion tizimlarning qo’llanilishi murakkab siljishlar
zaruriyatini bartaraf
qildi. CHunki ma’lumotlar endi bir fayl ko’rinishida emas, balki mustaqil to’plamlar
asosida tuzilib, ma’lumotlarni tanlab olish uchun amaliy to’plamlar nazariyasi –
relyatsion algebra amallari qo’llaniladi.