• MBBT ikki tartibda: interpretator va kompilyator tartibda ishlashi mumkin. Interpretator tartibda
  • Kompilyator tartibida
  • Ma’lumotlarning mustaqilligi -




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/155
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #243546
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   155
    Bog'liq
    21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid

    Ma’lumotlarning mustaqilligi -
    MBBTga qo’yilgan asosiy talab, talablarning 
    kuchli tili esa foydalanuvchining talablarini qondirishning muhim shartidir. Bu tillar 
    assotsiativ manzillashtirish va ma’lumotlar to’plami bilan amallar bajarish 
    vositalariga ega. Bu esa o’z navbatida EHMlardan samarali foydalanishga sharoit 
    yaratadi.
    MBBT 
    ikki tartibda: 
    interpretator
    va 
    kompilyator
    tartibda ishlashi mumkin. 
    Interpretator tartibda
    dasturlarning buyruqlari bosqichma-bosqich, birin-
    ketin bajariladi. Unda har bir buyruq nazorat qilinadi, so’ngra mashina tiliga 
    aylantirib, bajariladi. Tegishli amallar bajarilgandan keyin, ular xotiradan o’chiriladi, 
    tizim qayta ishlash bosqichiga o’tadi va keyingi buyruqni bajarishga kirishadi
    interpritator tartibida «Exe» kengaytirmali fayl hosil qilinmaydi. Bunday faylni hosil 
    qilish uchun kapilyator tartibida foydalaniladi. 
    Kompilyator tartibida
    buyruqlar 
    bevosita bajarilmaydi, balki ular «exe» faylga yoziladi. Exe faylni hosil qilish 
    jarayoni ikki bosqichdan iborat bo’ladi: boshlang’ich dasturni nazorat qilish va uni 
    obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. Exe 
    faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo’lishi shart emas, Interpretator
    tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, FoxBase va Karat kiradi, kompilyator 
    tartibida Clipper, panelь tartibida esa Clario ishlaydi. 
    MBBT foydalanuvchi bilan ma’lumotlar bazasi o’rtasidagi aloqani 
    ta’minlovchi dastur sifatida ishtirok etadi. Uning funktsiyalari menyu va dasturlar 
    ko’rinishida namoyon bo’ladi. 
    Menyu tartibi MBBTning funktsiyalari ekranda tasvirlanadi. Foydalanuvchi 
    kursorni harakatlantirish orqali tegishli funktsiyani aniqlashi va bajarishga chaqirishi 
    lozim. Tizim aniqlangan funktsiyalarni bajarib bo’lgandan so’ng yana menyu 
    holatiga qaytadi. 
    Dasturiy tartibda tegishli buyruqlar kiritiladi, dasturlar qayta ishlanadi va 
    bajarishga chaqiriladi. Bu holda MBBT interpritator tartibida ishlaydi va 
    foydalanuvchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi. 
    MBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan bir 
    qatorda quyidagilar ham qo’yiladi: 
    - tilning to’liq bo’lishi; 
    - vazifalarni bajarish uchun tegishli vositalarning bo’lishi; 
    - aniqlangan ma’lumotlarni to’liq qayta ishlash va boshqalar. 
    Dasturlash tillari bir qator belgilarga ko’ra turkumlarga ajratiladi. 

    o’zgaruvchanlik; 

    jarayonlilik; 

    foydalanilayotgan matematik apparat va boshqalar 


    81 
    MBBT dagi dasturlar tegishli bo’yruqlarning to’plamidan tashkil topadi. 
    Echilayotgan masalalarning qiyinligiga qarab, dasturlar oddiy yoki murakkab 
    tuzilishiga ega bo’ladi. Oddiy tuzilishga ega bo’lgan dasturlarda buyruqlar ketma-ket 
    joylashadi. Murakkab tuzilishli dasturlarda esa buyruqlar modullar holatida, ya’ni 
    asosiy modul va quyi dasturlar to’plamidan iborat bo’ladi. Ma’lumotlar bazasini hosil 
    qilishda modullik tamoyilidan foydalanish qulay va samaralidir. 
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi quyidagilarga imkon beruvchi dasturiy 
    vositalarning to’plamidir. 
    a) foydalanuvchilarni ma’lumotlarni aniqlash va amallar bajarish tili vositalari 
    bilan ta’minlaydi. Bunday vositalarga ma’lumotlarni aniqlash tili (MAT) va 
    ma’lumotlar bilan amallar bajarish(MABT) kiradi. Ma’lumotlar tili atamasi aytib 
    o’tilganlarining har ikkalasini yoki ulardan birini anglatadi. Ma’lumotlar so’zi 
    ma’lumotlar tilini SI++, Paskalь va h.k. kabi tillar turidan farqlaydi. Lekin 
    ma’lumotlar tili universal tilga, masalan S++, Paskalga kiritilishi mumkin. Bunday 
    hoda dasturlashning universal tili va ma’lumotlar tili tegishli ravishda (kirituvchi) til 
    va ma’lumotlarning til osti deb ataladi.
    b) foydalanuvchining ma’lumotlar modelini qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydi. 
    Ma’lumotlar modeli - ba’zi ilovaga tegishli fizik ma’lumotlarning mantiqiy taqdim 
    etilishini aniqlash vositasidir. 
    v) aniqlash, yaratish va ma’lumotlar bilan mantiqiy amallar bajarish (ya’ni 
    tanlash, yangilash, kiritish va yo’q qilish)ga imkon beruvchi MAT va MABT 
    funktsiyalarini amalga oshiruvchi dasturlar. 
    g) ma’lumotlarning himoyasi va yaxlitligini ta’minlaydi. Tizimdan foydalanish 
    faqat shunga huquqi (himoyasi) bo’lgan foydalanuvchigagina ruxsat etiladi. 
    Foydalanuvchilar ma’lumotlar ustida operatsiya bajarayotganlarida saqlanayotgan 
    ma’lumotlarning muvofiqligi (yaxlitligi) ta’minlanadi. Gap shundaki, MBBT ko’plab 
    foydalanuvchilar jamoa bo’lib ishlash rejimiga asosan tuziladi. 
    MBBTning tasniflanishini muhim belgilaridan biri bo’lgan ma’lumotlar modeli 
    (tarmoqli, ierarxik yoki relyatsion) turlaridan biri tanlash imkonini beradi. MBBT 
    ma’lumotlar bazalarining ko’p maqsadli tavsifini, ma’lumotlarni himoyalash va qayta 
    tiklashni amalga oshiradi. Rivojlangan muloqot vositalari va yuqori darajali talablar 
    tilining mavjudligi MBBTni oxirgi foydalanuvchi uchun oson vositaga aylantiradi. 
    To’liq variantda MBBT quyidagi komponentlardan tuzilishi mumkin: 

    Klaviatura orqali ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri boshqarish imkonini beruvchi 
    foydalanuvchining muhiti; 

    Interpretator sifatida ish yurituvchi, ma’lumotlarga ishlov berish amaliy tizimini 
    dasturlashning algoritmik tili. Interpretator dasturlarni tez tuzish va maromiga 
    etkazish imkonini beradi; 

    Mustaqil EXE-fayl shaklidagi tayyor tijorat maxsulotiga tugallangan dastur 
    ko’rinishini beruvchi kompilyator; 

    Ko’p mehnat talab qiluvchi amallarni tez dasturlovchi utilit-dasturlar (hisobotlar, 
    shakllar, jadvallar, darchalar, menyu va boshqa ilovalar generatorlari). 
    Xususan MBBT – bu foydalanuvchining aslahaviy qobig’i hisoblanadi. MBBT 
    tarkibida dasturlash tilining mavjudligi aniq masalalarni va aniq foydalanuvchiga 


    82 
    mo’ljallangan ma’lumotlarga ishlov berishning murakkab tizimlarini yaratish 
    imkonini beradi. 
    Ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirishda quyidagi tavsiflarni solishtirish va 
    tahlil qilishga asoslangan MBBTni asoslab tanlab olish muhim vazifa hisoblanadi:
    -
    dasturiy texnik bazasi (EHM turi va modeli, hisoblash vositalari 
    konfiguryatsiyasiga qo’yiladigan talablar, OT versiyasi); 
    -
    ma’lumotlar bazalarining turlari (amaliy, muammoli, lokal, integrellashgan, 
    taqsimlangan); 
    -
    foydalanuvchilarning malakalari (MBBT bilan ishlash uchun maxsus 
    tayyorgarlikga ega bo’lmagan foydalanuvchi, mutaxassisligi dasturchi bo’lmagan 
    darajadagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga tayyorgarligi bo’lgan muammoli 
    sohasining mutaxassisi – foydalanuvchi, amaliy dasturchi, ma’lumotlar bazalarining 
    administratori); 
    -
    ma’lumotlar bazalari bilan foydalanuvchilarning muloqat qilish vositalari 
    (dasturlash tillarini o’z ichiga oluvchi ma’lumotlar ustida ish olib borish va tasvirlash 
    tili); 
    -
    ma’lumotlarni qayta ishlash rejimi (paketli, interaktiv, tarmoqli); 
    -
    ma’lumotlarni mantiqiy va fizik mustaqilligi; 
    -
    ma’lumotlar bazalari axborot strukturalarining asosiy xossalari (mantiqiy 
    tuzilishi - MBBT vositalari orqali amal qiladigan va tashkiliy tuzilmasini 
    o’zgartirmasdan uni modifikatsiya qilish imkoniyati, ma’lumotlar turini kengaytirgan 
    holda qarshiliksiz ishlov berishda); 
    -
    havfsizlik darajasini ta’minlash va ma’lumotlarning to’laqonligi; 
    -
    xizmat ko’rsatishning standart vositalari mavjudligi (ma’lumotlar bazalarini 
    kuzatishni doimiy dasturiy modullarini va ma’lumotlar lug’atini, ma’lumotlar 
    bazalarini engillashtiradigan (yukini tushiradigan), qayta tashkil etadigan va qayta 
    strukturalashtiradigan, tiklaydigan jurnalni yuritish, kiritish va hisobotlar 
    generatorlari va h.k.); 
    -
    ishlatish tavsiflari (loyihachilar haqida, sarmoya egalari haqida, moddiy-
    texnik ta’minotga bo’lgan talablar, tarqatish shakli).
    Tanlab olingan MBBT bir qator talablarni qondira olishi kerak. Bularga 
    muammo sohasining barcha vazifalarini samarali bajarilishi; xotira resurslaridan 
    samarali foydalanish uchun saqlanayotgan ma’lumotlar hajmini minimallashtirish; 
    samarali axborot qarorlarini qabul qilishga imkon yaratish; havfsizlikni ta’minlash 
    jarayonini boshqarish; xodimlarga nisbatan ma’lumotlar bazalarini ishlatish bilan 
    bog’liq qulaylikni yaratilishi, EHM ni ishlatish mulojaasini soddalashtirish. 
    Umumiy olganda zamonaviy MBBT lar quyidagi talablarga javob berishi 
    lozim: 

    ma’lumotlarning mustaqilligi; 

    talablarning kuchli tili;

    javob (sado berish) ning qisqa vaqti; 

    ma’lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish yoki ulardan 
    voz kechish. 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   155




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish