• Ma’lumotlar bazasidan foydalanishning odiyligi va qulayligi
  • Ma’lumotlarni himoyalash
  • Ma’lumotlarning integratsiyalashtirish tamoyili
  • Ma’lumotlarning yaxlitligi tamoyili
  • Axborot tizimlari




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/155
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #243546
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   155
    Bog'liq
    21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid

    Tezkorlik va unumdorlik
    . Tizimning tezkorligi qo’yilgan talabga javob 
    berish vaqti bilan aniqlanadi. Bunda nafaqat EHM ning tezkorligini, balki 
    ma’lumotlarning joylanishi, izlash usullari, talabning qiyinligini va boshqa olimllarni 
    ham hisobga olish zarur. Tizimning umumdorligi esa vaqt birligi ichida bajarilgan 
    talablarning miqdori orqali aniqlanadi. 
    Ma’lumotlar bazasidan foydalanishning odiyligi va qulayligi
    . Bu talab 
    tizimdan foydalanuvchi barcha is’temolchilar tomonidan qo’yiladi. SHu sababli ham 
    MB dan foydalanishning oson, sodda va qulay usullarini yaratish muhim ahamiyatga 
    ega. 
    Ma’lumotlarni himoyalash
    . Tizim ma’lumotlar bazasida saqlanilayotgan 
    axborot va dasturlarni tashqi ta’sirlardan, begona foydalanuvchilardan himoyalashni 
    ta’minlashi lozim. 
    Tizimning rivojlanishi
    . Tizim tarkibi doimo yangi elementlar, dasturlar bilan 
    taxminlanishi, axborot massivlari o’zgartirilishi va yangilanib borishi zarur. 
    YUqorida keltirilgan talablarga javob beradigan MB quydagi tamoyillarga 
    asoslangan holda tashkil qilinishi mumkin: 
    Ma’lumotlarning integratsiyalashtirish
    tamoyili
    . Bu tamoyilning 
    mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’lanmagan axborotlar yagona ma’lumotlar bazasiga 
    birlashtiriladi. Buning natijasida ma’lumotlar foylalanuvchi va uning amaliy 
    dasturlariga axborot massivlari ko’rinishida taqdim etiladi. Axborat massivlaridan 
    foydalanilganda kerakli ma’lumotlarni qidirish, qayta ishlash jarayonlarini boshqarish 
    osonlashadi, ma’lumotlarning ortiqchaligi kamayadi, Ma’lumotlar bankii yuritish 
    engillashadi. 
    Ma’lumotlarning yaxlitligi tamoyili
    . Bu tamoyil orqali MBda saqlanayotgan 
    axborotlarning aniqligi ortadi, ya’ni ularning xususiyatlari va tavsifnomalari tegishli 
    soha ob’ektlari to’liq ifodalaniladi. Ma’lumotlarning yaxlitligi noto’g’ri axborotni 
    kiritish yoki uning ma’lum bir qismini xotiradan o’chirib tashlash natijasida buzilishi 
    mumkin. SHuning uchun ham kiritilayotgan axborotlarni nazorat qilish, 
    saqlanayotgan ma’lumotlarni doimo tekshirish, maxsus tizim yordamida tiklash va 
    boshqa tadbirlar orqali MB ning yaxlitligini taxminlash mumkin.


    78 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   155




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish