TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
25
Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga ko'rsatsangiz, u buni biror
axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq har bir telefon raqami qarshisiga
muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo'yilsa, avvalgi ma’lumot
axborotga aylanadi.
Ma’lum vazifalami hal etish natijasida yangi ma’lumotlar - bilimlar, ya’ni tizimlashtirilgan
haqqoniy yoki sinovdan o'tgan xabarlar paydo bo'ladi. Ular qonunlar,
nazariyalar hamda
tasavvur va qarashlarning boshqa majmuyi sifatida umumlashgan bo'lgan. Keyinchalik bu
bilimlar o'zga vazifalami hal etish yoki oldingisini aniqlashtirish uchun zarur bo'lgan
ma’lumotlar tarkibiga kiradi.
Inson o‘z hayotida tug‘ilgan kunidan (ta’bir joiz bo'lsa, hatto ona qormda dastlab paydo bo'lgan
kundan) boshlab doimo ma’lumotlar bilan ish ko'radi. Ularni o'zining sezgi a’zolari orqali qabul
qiladi.
Kundalik turmushda axborot deganda atrof-muhitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a’zolari
orqali qabul qilib, anglab olinadigan har qanday ma’lumot tushuniladi. Tabiatni kuzata turib,
insonlar bilan muloqotda bo'lib, kitob va gazeta o‘qib, televizion ko'rsatuvlarni ко‘rib axborot
olamiz. Matematik olim axborotni yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr yuritish
orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bo'lgan bilimlami ham kiritadi. Boshqa soha xodimlari
ham axborotni o'zlaricha talqin etadilar. Shunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha tushunilar
ekan. Lekin axborotlarning umumiy tomonlari
ham borki, bu ularning beshta muhim xossaga ega
bo'lishidir. Bular axborotni yaratish, qabul qilish, saqlash, ishlov berish va uzatish xossalaridir.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi,
yetarliligi, aktualligi, o‘z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat
ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Chunonchi:
a) axborotning reprezentativligi - obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadida uni to‘g‘ri
tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir;
b) axborotning mazmundorligi - semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi;
d) axborotning yetarliligi (to‘laligi) - qaror
qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga
(ko'rsatkichlar jamlam asiga) ega ekanligini bildiradi. To‘g‘ri q aror qabul qilish uchun yetarli
bo‘lmagan, shuningdek, ortiqcha bo‘lgan axborot ham foydalanuvchi qabul qilgan qarorlar
samaradorligini kamaytiradi;
e) axborotning aktualligi - axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi
saqlanib qolishi bilan belgilanadi va xususiyatlari o‘zg arish i dinam ikasi hamd a ushbu axborot
paydo bolgan vaqtdan buyon o‘tgan vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi;
f) axborotning o‘z vaqtidaligi - uning avvaldan belgilab qo'yilgan vazifani hal etish vaqti b ilan
kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi;
g) axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning obyekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real
holatiga yaqinligi darajasi bilan
belgilanadi;
h) axborotning ishonarliligi - axborotning real mavjud obyektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish
xususiyati bilan belgilanadi;
i) axborotning barqarorligi - axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan
o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Axborotga ishlov berish texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab
olgan. Informatikaning asosiy resursi -
axborotdir.
Azaldan axborot deganda atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari,
xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Keng ma’noda axborot - insonlar
o‘rtasida ma’lumot ayirboshlash, odamlar va sun’iy qurilmalar o‘rtasida signal ayirboshlashni
ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Ma’lumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya,
madaniyat, san’at,
tibbiyot kabilaming turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan
foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko'rsatadi.
Demak, axboriy jarayonlar ko‘p qirrali jarayon ekanligi ayon bo'lmoqda.