TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
28
«axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma’lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi.
Shuning uchun ham ma’lumotlarni axborotning kompyuterdagi tasviri deb aytish mumkin.
Ma’lumotlar bir-biri bilan o‘zaro bogMangan dalil va raqamlar, fikrlar to‘plamini ifodalaydi.
Axborot va ma’lumotlar o‘rtasidagi farq ta’kidlanmaydigan hollarda ular sinonim sifatida
ishlatiladi.
Hujjat, hujjat aylanishi. Axborot tizimi doirasida har qanday tashkilot hujjat va hujjat aylanishi
ishiga duch keladi. Hujjat - bu ma’lum qoidaga ko‘ra rasmiylashtirilgan,
belgilangan tartibda
tasdiqlangan qog‘oz, ovoz yoki elektron shakldagi axborotdir. Hujjat aylanishi - hujjatlami
yaratish, izohlash, uzatish, qabul qilish va arxivlashtirish,
shuningdek, ularning ijrosini nazorat
qilish hamda ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash tizimidir.
Axborot jihatlari. Axborotni uchta asosiy jihatdan, ya’ni, pragmatik,
semantik va sintaktik
nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish mumkin. Axborotni aynan shu jihatdan ко‘rib chiqish
avttomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Pragmatik jihat axborotlarni amaliy jihatdan foydaliligi, iste'molchi uchun qanchalik qimmatli
ekanligi va qaror qabul qilishdagi ahamiyati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqadi.
Axborotni
pragmatiko‘rganish boshqaruvning turli darajalarida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo'lgan
ko'rsatkichlar tarkibini
aniqlash, ko'rsatkichlar va hujjatlaming unifikatsiyalashtirilgan tizimini
ishlab chiqish imkonini beradi.
Semantik jihat axborotlarni o'rganishda axborotning mohiyatini ochish va uning elementlarining
mazmuniy ahamiyati o'rtasidagi munosabatlami ko'rsatish imkonini beradi.
Ushbu jihat axborot qismlari o'rtasidagi bog‘liqliklarni ko‘rib chiqadi. Mazkur darajada axborot
majmuyining tashkil bo'lish qonuniyatlari (rekvizitlardan ko‘rsatk ichlar, ko‘rsatk ichlard an
hujjatlar shakllantirish) tadqiq etiladi. Axborotning miqdoriy bahosi ma’lum
darajada
axborotning shakllanish jarayonini bayon etish, hujjatlar harakatlanishining oqilona yo'nalishini
hamda ularni qayta ishlashning texnologik variantini tanlash imkonini beradi.
Xullas, axborotni turli jihatlardan o'rganish ularning tartibi va tarkibini, paydo bo‘lish
qonuniyatini, hajm, vaqt va sifat jihatidan tavsifini (to'liqligi, ishonchliligi, eskirmaganligi,
aniqligini) aniqlash, shuningdek, axborot olish, qayta ishlash, himoya qilish imkonini beradi.