TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
31
Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot
tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Kibernetik yondashuvga muvofiq
boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti yig‘indisini (masalan,
korxonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv subyekti, boshqaruv apparatini o‘zida namoyon
etadi. Boshqaruv apparati deganda, maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi,
qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat
qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab
chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining o‘zi shu ishlarni amalga oshirish
uchun tuzilgandir.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to'g‘ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog‘langan. To‘g‘ri
aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv obyektiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi.
Aks aloqa teskari yo‘nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi
hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi.
Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lumotlarni uzatish va saqlash,
shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bo'yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati
xodimlarining o‘zaro aloqasi obyektining axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarini tatbiq etish nafaqat mayda-chuyda axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-
chizuv ishlarini avtomatlashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy intellekt usullari.
ekspert tizimlari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta,
telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma
mutaxassislari xatti-harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari
hisobiga ham firma ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati samaradorligini yuksaltirish maqsadlarida
amalga oshiriladi.
Axborot tizimlarining
avtomatlashtirilgan va
avtomatik turlari ma’lum.