|
Axborot tizmlari va texnologiyalariBog'liq TTAT MAJMUA NAMANGANHuquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va uning faoliyat ko'rsatishini tartibga soluvchi
huquqiy me’yorlar yig‘indisini o'zida namoyon etadi.
Lingvistik ta’minot inson va kompyuter muloqotini ishlab chiqish hamda ta’minlash
samaradorligini oshirish uchun MQITni yaratish va undan foydalanishning turli bosqichlarida
ishlatilgan til vositalari yig‘indisidan iborat.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot tizimlarini qo‘llash
Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini
qondirish bilan izohlanadi. Bunday har bir obyekt o'zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv
organlari, boshqa obyektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo‘ladi va o‘zaro ta’sirning
mavjudligini hamda o‘z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko'plab turli elementlardan
tashkil topadi.
Keyingi o‘rinlarda hajm, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy maqomidan qat'i nazar, istalgan
obyekt tashkilot deb yuritiladi.
Tashkilot - bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o‘z faoliyati mahsulotiga aylantiradigan
barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilma. Barcha tashkilotlarda bir qator umumiy xususiyatlar,
shuningdek, ko'plab individual o'ziga xosliklar mavjud.
Tashkilotning muhit bilan o‘zaro ta’siri natijasida turli xil o'zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zg
arishlar bir-biriga o‘ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular: degradatsiya
(tashkilotning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni tashkilotning yemirilishi hamda
rivojlanishi. Bundan tashqari, tashkilot va muhit o‘rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo‘lishi
mumkin, shu tufayli tashkilot bir qancha muddat o'zgarmay qoladi yoki faqat teskari
o'zgarishlarga uchraydi. Tashkilotda bu o'zgarishlar boshqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Boshqacha aytganda, maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatadi.
Boshqarish - bu o‘ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga yo'naltirilgan faoliyat
yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida omon qolish, ko‘proq foyda olish,
muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir.
Boshqarish aniq bir tashkilotlarning o'ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bog‘liq holda
ularni barqarorlashtirishni, sifat belgilarini saqlashni, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni tutib
turishni, tashkilotni takomillashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga
imkon beradi.
Boshqarishni amalga oshirish alohida vazifa sanaladi. Uni bajarish uchun tashkilotning ayrim
elem entlari ixtisoslashadi. Shu bois ham tashkilot doirasida boshqariladigan jarayon (boshqarish
obyekti) va boshqaruvchi qism (boshqaruv organi)ni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning
yig‘indisi boshqaruv tizimi sifatida belgilanadi.
Boshqariladigan obyekt kirish oqimlarini(m asalan, xom ashyo, materiallarni) chiqish
mahsulotlariga (tayyor mahsulotga) aylantirish bo'yicha operatsiyalar yig‘indisini bajaradi.
Boshqaruvchi qism oldiga qo'yilgan maqsadga erishish jarayonida boshqariluvchi obyektni
tashkil etish uchun zarur bo'lgan operatsiyalar yig‘indisini bajaradi.
|
| |