• Boshqarish tizimining ishlashi.
  • Axborot tizmlari va texnologiyalari




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

    Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan ta’sir ko'rsatadi. 
    Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun undan boshqariladigan jarayonni 
    boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab etiladi, chunki shu bois boshqariladigan 
    jarayon boshqaruvchi qismga ta’sir ko'rsatadi. Ikkala qismning bir-biriga o‘zaro ta’siri axborotni 
    uzatish shaklida amalga oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi 
    mavjud bo‘ladi (3.2-rasm). 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    34 
    3.2-rasm. Boshqarish jarayoni 
    Boshqarish tizimining ishlashi. Boshqarish tizimining ishlashi (3.3-rasm) axborot bazasida, 
    oldiga qo'yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, uning kirish va chiqishlari 
    (1,2,4-aloqalari) holati bo'yicha amalga oshiriladi (6). Obyektni boshqarish boshqaruvchi ta’simi 
    uzatish yo'li bilan amalga oshiriladi (3). Tashqi m uhit bilan aloqa tizimi strelka bilan 
    ko'rsatilgan (5). Boshqarishning asosiy tamoyili - teskari aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo'yicha 
    boshqarish). 
    Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo'naltirilgan. Shundan kelib chiqib, 
    boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm 
    o'rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ко 'rib chiqish mumkin. 
    Boshqarish tizim ining ishlashi tasodifiy yoki m uttasil ta’sirlar manbayi bo'lgan tashqi m uhit 
    bilan o‘zaro ta’sir sharoitlarida ro'y beradi, ular boshqarish obyekti chiqishida ham, boshqaruv 
    jarayoni kechishida ham kamchilik paydo bo'lishi mumkin. Boshqarish jarayonida to‘g‘ri va 
    teskari aloqa kanallari bo‘yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o‘rtasida 
    axborot almashinuvi kechadi. Oldiga qo'yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning 
    boshqaruvchi qismi boshqariluvchi obyektga axborot uzatishning to‘g‘ri kanali bo'yicha 
    boshqaruvchi ta’sirlar jo‘natadi. Teskari aloqa kanali bo'yicha boshqariluvchi obyektdan 
    boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib 
    tushadi. 
    Tizimning boshqaruvchi qismi kirishida keladigan axborot ta’sir ko'rsatadi. U boshqarish 
    obyektidan (masalan, xomashyo, materiallar keltirilganligi haqidagi ma’lumotlar) tashqaridan (7) 
    hamda ichkaridan (1,2,4) olingan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
    Ko'rilganlardan kelib chiqilsa, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi obyektga boshqaruvchi 
    ta’sir ko'rinishida yetkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni 
    tizimning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash m umkin. 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish