Tashkilotning axborot tizimi




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/90
Sana19.01.2024
Hajmi4,03 Mb.
#141375
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Bog'liq
TTAT MAJMUA NAMANGAN

Tashkilotning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, 
boshqariluvchi jaray o n holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega bo‘linadi va 
uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, 
shuningdek, axborotlami ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning “axborot 
Boshqaruvchi qism
Boshqariluvchi qism
Boshqaruvchi qism
Boshqariluvchi qism
Boshqaruvchi tizim 
Tashqi muhit 
3.3-rasm. Boshqarish tizimi 



3
4
2

5
6


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
35 
tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o'zgarishlarga uchraydi, 
uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot 
sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ко‘rib 
chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni 
axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni 
boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq. 
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan 
tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko'rsatuvchi boshqarish tizimining 
boshqa tomonini tashkil etadi. Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning 
moddiy namoyon bo'lishi bilan bog‘liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni texnologik 
va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondashuv uni axborot 
protseduralarini (ma’lumot yig‘ish, ro'yxatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va 
hokazolarni) kompleks amalga oshirish bilan b og‘liq boshqaruv jarayonlarining bin sifatida 
ko'rib chiqishni ko'zda tutadi. Protseduralami bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga 
oshirish jarayonida ro‘y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot 
protseduralarini bajarishga yo'naltirilgan. 
Axborot tizimiga mazmuniy yondashuv u yoki bu tashkilotning funksional vazifasi bilan bog‘liq 
va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko'rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan 
belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro'yxati axborot tizim ining 
mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday 
rol o‘ynamasin unda har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo‘linma faoliyatining yo'nalishi 
aks etadi. 
Axborot tizimlariga texnologik yondashuv axborotni protseduralar obyekti sifatida ko'rib 
chiqishga imkon beradi, m azmuniy yondashuv esa axborotning ma’naviy tahlili, uning 
qiymatini belgilaydi. 

Download 4,03 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish