Boshqaruv tizimining pog‘onaliligi




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/90
Sana19.01.2024
Hajmi4,03 Mb.
#141375
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
Bog'liq
TTAT MAJMUA NAMANGAN

Boshqaruv tizimining pog‘onaliligi. Odatda, istalgan tashkilot bir necha obyektlardan iborat 
murakkab kompleks b o‘lib, ularning o‘zi ham boshqaruv jarayoni va qismlaridan tashkil topgan. 
Shu bois ham kompleksning kelishilgan holda ishlashi uchun qo‘shimcha boshqarish qismi 
kiritiladi. U boshqa boshqarish qismlari va boshqariluvchi jarayonlar (lokal boshqarish tizimlari 
kabi) harakatlarini muvofiqlashtiradi, ular faoliyatini kompleksning umumiy maqsadlarini 
bajarishga yo'naltiradi. Ancha murakkab tuzilishli boshqaruvchi jarayonda boshqarish qismi ko‘p 
darajali tuzilmaga ega bo'lishi mumkin. Bu ko'plab boshqaruv tizimlari uchun xos xususiyat. 
Odatda, obyektning boshqarish qismida boshqarishning oliy, o‘rta, quyi darajasi farqlanadi. 
Ulardan har biri o‘z funksiyalari to‘p larni, kompetensiya darajasi bilan izohlanadi va tegishli 
axborotga muhtoj bo'ladi. 
Boshqarishning yuqori darajasida strategik boshqarish, tashkilot vazifasi, boshqarish maqsadlari, 
uzoq muddatli rejalari, ularni amalga oshirish strategiyasi belgilanadi. Boshqarishning o‘rtacha 
darajasi - texnik boshqaruv darajasi hisoblanadi. 
Bunda taktik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish nazorat qilinadi, resurslar kuzatib boriladi va 
hokazo. Boshqaruvning quyi darajasida tezkor boshqaruv rejasi, ya’ni hajm - taqvim (kalendar) 
rejalari bajariladi, tezkor nazorat va qayd etish amalga oshiriladi. 
Boshqarish darajasi (boshqaruv faoliyati turi) hal etiladigan masalaning murakkabligi bilan 
belgilanadi. Masala qanchalik murakkab bo'lsa, uni hal etish uchun shunchalik yuqori darajadagi 
boshqaruv talab etiladi. Bu o‘rinda shuni nazarda tutish kerakki, tezkor hal etishni talab etuvchi 
oddiy masalalar nisbatan ko‘proq yuzaga keladi. Demak, ular uchun tezkor qaror qabul 
qilinadigan, nisbatan quyi boshqaruv darajasi qabul qilinadi. Boshqaruv paytida, shuningdek
qabul qilinadigan qarorlariii amalga oshirish dinamikasini ham hisobga olish zarur. Bu hol 
boshqaruvga vaqtinchalik omil nuqtayi nazaridan qarash imkonini beradi. 
Tezkor boshqaruv darajasi ko'p marta qaytariluvchi vazifalar va operatsiyalarini hal etishni 
hamda keladigan joriy axborotlar o'zgarishini tez qayd etishni ta’minlaydi. Mazkur darajada 
bajariladigan operatsiyalar hajmi ham, boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham 


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
36 
yetarlicha yuqori. U, ko‘pincha, vaziyat o'zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor 
boshqaruv darajasi, deb ham yuritiladi. 
O‘rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayyorlangan axborotlarni oldindan 
tahlil etishni talab qiladigan masalalar yechimini ta’minlaydi. Mazkur darajada boshqaruvning 
tahlil vazifalari keng ahamiyatga ega bo'ladi. Hal etiladigan masalalar hajmi kamayadi, biroq 
ularning murakkabligi oshadi. Ayni paytda kerakli yechimni har doim ham tezkor ishlab chiqish 
imkoni bo'lmaydi. Buning uchun yetmagan ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil etish va fikrlashga 
qo'shimcha vaqt talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan vaqtdan to qaror qabul qilish va uni 
amalga oshirishgacha, shuningdek, qarorni amalga oshirish vaqtidan to unga bo'lgan ta’simi 
qayd etguncha bo'lgan ayrim oraliq to'xtalishlar bilan bog‘liq. 
3.4-rasm. Boshqarish darajalarining o‘zaro ta’siri 
Strategik daraja tashkilotning uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan 
boshqaruv qarorlarini tanlashni ta’minlaydi. Modomiki, qabul qilinadigan qarorlar natijalari 
oradan uzoq vaqt o'tgach ko‘rinar ekan, ushbu darajada strategik rejalashtirish kabi boshqaruv 
vazifalari muhim ahamiyatga ega. Boshqaruvning boshqa funksiyalari bu darajada yetarlicha 
to‘liq ishlab chiqilmagan. Ko’pincha boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq 
muddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qarorning haqqoniyligi uzoq 
vaqt o'tgachgina o‘z tasdig‘ini topishi mumkin. Qaror qabul qilish mas'uliyati juda katta. Bu 
matematik va maxsus apparatlardan foydalangan holdagi tahlil natijalari bilangina emas, balki 
menejerlarning kasbiy intuitsiyasi bilan ham belgilanadi. 
Boshqaruvning uchta darajasidagi faoliyat mazmuni quyidagi jadvalda keltirilgan. 
Boshqaruvning har bir darajasidagi ma’lum bir m ehnat taqsimoti boshqaruv qismining alohida 
elementlariga rejalash tirish, tashkillashtirish, hisobga olish va nazorat, bayon etish, tahlil va 
boshqaruv kabi alohida vazifalami biriktirishga olib keladi. Bu vazifalar turli hajmda va 
boshqaruvning turli darajasida amalga oshiriladi. Ularning ayrimlari, hatto, boshqaruvning biror-
bir darajasida ham amalga oshmasligi mumkin. 
Tashkilotning boshqaruv qismida vazifa elem entlarining mavjudligi axborot tizimlarida tegishli 
kenja tizimlar paydo bo'lishiga olib keladi. 
Masalan, boshqaruv vazifasi sifatida rejalashtirish va nazoratning namoyon bo'lishi tashkilotning 
tashkiliy tarkibiga tegishli tarkibiy elementlarini, uning axborot tizimi doirasida esa rejalashtirish 


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
37 
yoki nazorat kenja tizimlarini hosil qiladi. U laming birinchisi biznes-reja ishlab chiqish, 
marketing tadqiqotlari, rejalar, moliyaviy rejalar va hokazolar shakllanishini, ikkinchisi - 
nazoratning axborot ko'magini ta’minlaydi. 
Tashkilot faoliyat yuritayotgan iqtisod tarmog‘i va boshqaruv qismi darajasiga ko‘ra, boshqaruv 
obyektidagi o'zgarishlar to‘g‘risidagi axborot ushbu boshqaruv qismiga turli tezlik bilan kelib 
tushadi. Aytaylik, mashinasozlikda zavod direktori ishlab chiqarish to‘g‘risida har kuni sex 
boshlig‘idan h ar smena haqida ma’lumot oladi, Мастер esa ushbu ishlab chiqarishni kuzatadi. 
Qurilishda axborot olish chastotasi pastroq. Neft-kimyo tarm og‘idagi texnologik jarayonlarni 
boshqarish to'g‘risida gapiradigan bo'lsak, u yerda axborot doimiy ravishda kelib tushadi. 
Shunday qilib, milliy iqtisod tarm og‘ining turli boshqaruv darajasida boshqaruv jarayoni 
to'g‘risida axborot olish diskretligi turlichadir. Xuddi shuningdek, tashkilotning boshqaruv 
organi tomonidan ushbu jarayonni maqsadga muvofiq tuzatish zaruriyati axborot olish 
chastotasiga ko'ra yuzaga keladi yoki kelmaydi. 
Boshqaruvdagi uch darajaning faoliyat mazmuni 

Download 4,03 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish