TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
42
Ammo hozirgi kunda WINDOWS operatsion tizimida katalog nomi uzunligi 256 tagacha
bo‘lgan xarf yoki belgilardan foydalanish mumkin.
FAYL
– Ma’lum nom va kengaytmaga ega bo‘lgan ma’lumotlar to‘plami, yoki matnlar
oynasidagi turli belgilar, sonlar va xarflarning mantiqiy ketma-ketligidir.
Fayl nom va
kengaytmadan iborat bo‘lib, nomi 8 tagacha (MS DOS operatsion sistemasida) va
kengaytmasi esa 3 tagacha lotin xarfidan yoki belgidan iborat bo‘ladi. Ammo
WINDOWS operatsion tizimida fayl nomi ham katalog nomi singari 256 tagacha bo‘lgan
ixtiyoriy harf yoki belgidan iborat bo‘lishi mumkin. Nom va kengaytma orasida nuqta
qo‘yiladi. Fayl nomi ushbu faylning nima ekanligini bildirsa, kengaytmasi uni qanday
tipdagi fayl ekanligini belgilab beradi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bitta joyda bir xil
nomli va bir xil kengaytmali fayl bo‘lishi mumkin emas. Hech bo‘lmaganda bitta
belgiga
farq qilishi kerak. Fayl nomi uning mazmuniga mos qo‘yilishi ma’qul bo‘ladi. Uning
kengaytmasiga qarab fayl turi va vazifasini aniqlash mumkin.
Masalan:
FAR.exe. FAR – FAR Manager dasturining ishga tushuruvchi fayli. exe – bajariluvchi.
Faylga kengaytma qo‘yish majbur emas. Lekin dasturlar dastur nomiga mos kengaytmali
fayl yaratiladi.
Fayllarning kengaytma turlari:
*.txt – matnli fayl;
*.rtf – Windows operatsion sistemasining standart matn muxarrir WordPad dasturi
kengaytmasi;
*.DOC, DOCX – Microsoft
Word dasturining matnli fayli;
*.XLS – Microsoft Excel elektron jadvallar fayli;
*.EXE – bajariladigan fayl; (har bir dasturning ishga tushuruvchi fayli bo‘ladi. Masalan
Winword.exe – Microsoft Word dasturining ishga tushuruvchi fayli.)
*.PPT – Microsoft Power Point dasturining fayli
*.COM, *.BAT – buyruqli fayllar;
*.SYS – sistemali fayl;
*.INI – barcha parametrlarini
saqlab beruvchi fayl;
*.c – C++ tilidagi dastur.
*.JPG, *.GIF, *.WMF, *.BMP, *.PNG – rasm faylari;
*.WAV, *.MP3, *.MID – ovoz fayllari;
*.AVI, *.MPG – video fayllari;
WINDOWS – operatsion sistemasi.
WINDOWS – so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilinganda oyna degan
ma’noni bildiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki WINDOWS operatsion sistemasi oynalar
bilan
ishlashga asoslangan, muloqot rejimida ishlovchi operatsion sistemadir. Bugunga
qadar WINDOWS operatsion sistemasining bir qancha versiyalari yaratilgan. Masalan:
WINDOWS 3.11, WINDOWS 95, WINDOWS 98, WINDOWS ME, WINDOWS 2000,
WINDOWS XP, WINDOWS 2003, WINDOWS 7, WINDOWS 8, WINDOWS 10 va
boshqa. Biz esa hurmatli o‘quvchi WINDOWS 8 operatsion sistemasi bilan yaqinroq
tanishib chiqamiz. WINDOWS ning ushbu versiyasi o‘zining oldingi
versiyalariga
qaraganda bir qancha qulaylik va imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
43
5.1-rasm. WINDOWS 8 ning ishchi stoli
WINDOWS ishchi stolida quyidagi elementlar joylashgan:
Mening kompyuterim (Moy kompyuter);
Cho‘ntak (Korzina);
Tarmoqli atrof (Setevoe okrujenie),
Мои документи (Mening hujjatlarim)
Masalalar paneli qatori (Pusk qatori, Panel zadach);
Windowsning ishchi stolida yuqoridailardan tashqari foydalanuvchi tomonidan yaratilgan
fayllar, papkalar va dasturlarning yorliqlari bo‘lishi mumkin.