TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
52
Bir tomondan qonun bo’yicha kutubxonalar va axborot markazlari mualliflik huquqiga
qat'iy rioya qilishlari shart. Ammo, ikkinchi tomondan ular foydalanuvchilarga o’qib
o’rganish, fan ta'lim, ilmiy ishlar va izlanishlar uchun yetarli shart sharoitlar yaratib
berishlari lozim. Mualliflik huquqi masalasi axborot texnologiyalari sohasida xizmat
ko’rsatishning hal qiluvchi rol o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq
kutubxonalarga jismoniy shaxslarga ommaviy axborot vositalarida, ya'ni gazeta
jurnallarda va to’plamlarda chop etilgan ayrim maqolalardan va kichik hajmdagi
asarlardan nusxa ko’chirishga ruxsat etilgan. Elektron hujjatdan nusxa ko’chirish turlari
har xil bo’lishi mumkin. Ularni SD disklarga yoki fleshkalarga yozib berish mumkin.
Ammo kutubxona ma'muriyati axborot resursi muallifi bilan tuzgan shartnomada ularni
foydalanuvchilarga va ma'lumot tarqatuvchilarga qay tarzda nusxa ko’chirib berish
masalalarini aniq belgilab olishi zarur.
Axborot resursi (maqola yoki ilmiy ish) muallifi o’zining ma'lumotlar bazasi(MB)dan
ayrim maqolasi yoki ilmiy ishlaridan nusxa olishga ruxsat berishi va aksincha nusxa
olishni taqiqlashi ham mumkin.
Ma'lumotlar bazasi (MB) egalari uchun qonundagi umumiy talab ularning ma'lumotlar
bazasi(MB)dan to’liq nusxa ko’chirish va ularni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.
Ayrim foydalanuvchilarning «Mualliflik to’g’risida»gi Qonun talablarini bilmasliklari
oqibatida ular ba'zan kutubxonalar yoki axborot markazlaridagi ma'lumotlar bazasini
to’liq sotib olish yoki ulardan to’liq nusxa ko’chirish taklifi bilan murojaat qilishadi. Bu
vaziyatda kutubxona yoki axborot markazlari vakillari foydalanuvchilarga elektron
resurslar mualliflarining yoki elektron resurslar tarqatuvchilarining manzillarini berishga
xarakat qilishadi va shu bilan bir qatorda ushbu ma'lumotlar bazasi(MB)ning reklamasi
bilan ham shug’ullanishadi.