TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
53
7. Elektron xujjatlarga ishlov berish texnologiyalari
Reja:
1. Elektron hujjat yaratish modeli.
2. Elektron hujjatlarni yaratish va saqlashning funksional
strukturasi
3. Dasturiy majmuaning funksional tuzilmasi
4. Elektron hujjatlarni yaratish va saqlashning tashkiliy strukturasi
5. Elektron hujjatlarni yaratish va saqlash
hamda undan foydalanish
Tayanch so‘z va iboralar: funksional tuzilma, elementlar tipologiyasi, genetik,
funksional
munosabatlar, elektron katalog, to’liq matn, tashkiliy tuzilma, ADP, matn
muxarrirlari,
badiiy muharrirlar, nashriyot tizimlari
Elektron
hujjat yaratish modeli
Elektron hujjatlarni yaratish va saqlashning funksional strukturasi
Funksional tuzilma - inglizcha (functional structure) so’zidan olingan bo’lib,
faoliyat
jarayonlarining funksional elementlari orasidagi aloqani aks ettiruvchi degan ma'noni
anglatadi. Elementlar deganda esa, faollik vaqti va chegarasida
lokallashtirilgan faoliyat
jarayonlarining yo’naltirilgan harakati va fazasi ma'nosi anglashiladi.
Psixik faoliyatning tizimli tavsifida metodologik jihatidan tayanch nuqtalar bo’lib
quyidagilar xizmat qiladi:
- elementlar tipologiyasi (qidiruv, tanish moddiy yoki mahsuliy funksiyalarga
yo’naltirilgan);
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
54
- elementlar orasidagi munosabatlarning tiplari (genetik, funksional va boshqa) ular
elementlarning o’zaro bog’liqligining tartibini xarakterlaydi.
Elementlar bir xil (ular asosiy va ishlab chiqilgan) bosh va ikkinchi
darajali deb ajratish
mumkin; turli darajadagi funksional struktura turli xil elementlarga mos keladi. Yuqori
darajada bajarilgan funksiyalar shaklida elementlarni tashkil etish qoidasiga ko’ra
nisbatan alohida diferensiyallashgan bo’ladi. Funksional
tuzilmaning elementlari
munosabatlari tushunchasi faoliyatning murakkab shaklini tavsiflash uchun vosita
sifatida xizmat qiladi. Bu vositalar faoliyat turlarining ob'yektiv
xarakteristikasini
harakatini va ularning amal qilish xususiyatlarini aks ettirish uchun ham qo„llaniladi.
Ular faoliyatni mumkin bo„lgan munosabatlar orasidagi va aloqa tiplari orasidagi o’zaro
birlik tizimi kabi taqdim etishga imkon beradi