TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
55
vositalar bilan ta'minlanishi zarur. Bu еrda qaysi AKM qanday tеxnika bilan ta'minlash
kеrak dеgan juda muhim savol tug’iladi. AKM taxnika bilan ta'minlashda quyidagi
ma'yorlarga rioya qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi, zеro ular olinayotgan tеxnika
vositalarining soni va tarkibini aniqlashga ta'sir ko’rsatadi:
Kutubxona fondi qanday (kutubxonada saqlanayotgan hujjatlar hajmi). Fond qanchalik
katta bo’lsa, AKMgi olinayotgan kompyutеr xotirasi va tеzligi shunchalik katta bo’lishi
talab etiladi. To’liq matnli ma'lumotlar bazalarini shakllantirish ham buni taqozo qiladi;
Kompyutеrlar yordamida bajariladigan funksiyalar, ishlar ko’rinishi va soni. Funksiyalar
soni avtomatlashtirilgan ish joylari soniga to’g’ri proportsional bu esa o’z navbatida
kompyutеrlar soniga ta'sir ko’rsatadigan faktorlardan biri.
AKM tomonidan xizmat ko’rsatish ehtimoli tutilayotgan kitobxonlar soni yoki
viloyat
aholisining soni. Kitobxonlarning AKM ko’p kеlishi kompyutеrlashtirilgan o’quv
zallarining kеngayishiga olib kеladi. Shuning uchun ham AKM tеxnik ta'minoti bo’yicha
mе'yoriy-normativ hujjatlar, standartlar ishlab chiqilishi kеrak. Olinayotgan har bir
kompyutеr asoslanmog’i lozim. AKMni ortiqcha tеxnika vositalari bilan ko’mib tashlash
ham kеrak emas (tеxnika vasitalari tеz eskiradi) va ayni paytda tеxnika vositalarining
еtishmasligi ham qo’yilgan vazifalarni bajarishga to’sqinlik qiladi.
Tеxnik ta'minot AKM avtomatlashtirishda juda muhim ammo еtarli shart emas. AKM
avtomatlashtirish uchun dasturiy vositaning to’g’ri tanlanishi juda muhimdir.
Elektron hujjatlarni yaratish va saqlash hamda undan foydalanish
Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi bu elektron hujjatlarni yaratish, saqlash,
manipulyasiya qilish va jo‟natish jarayonlarini samarali tashkil etishga imkon beruvchi
qurilmalar va dasturlar to’plamidir.
Elektron hujjatlarni yaratish
Oddiy matnli hujjatlarni yaratish turli xil yozuv mashinkalarida tayyorlab keyin qog’ozli
hujjatdan skaner yordamida kompyuterga kiritish bilan bajarilishi mumkin. Hattoki,
oddiy hujjatlarni ham kompyuterda, qulay va yuqori samarali servisni ta’minlovchi
dastur
vositalar xazinasidan keng foydalanib bevosita yaratish samaraliroqdir. Buning ustiga, bu
servis keyinchalik ko‟paytirish uchun mo’ljallangan murakkab, yuqori badiiy saviyali
hujjatlarni yaratishda muhimdir. Bunday murakkab hujjatlarni yaratish quyidagi
jarayonlarni bajarishni talab etadi: matnni terish, tahrir qilish, to’g’rilash, rasmlarni
tayyorlash, betlarni maketlash va sahifalash, chop etish.
Ko’pincha hujjatlar uchun materiallarning bevosita manbasi bo‟lib tasvirlarni skanerlash
tizimlari, fakslar, elektron pochta,
elektron jadval, grafiklar, chizmalar va boshqalar
xizmat qiladi.
Hujjatni yaratishning hamma jarayonlarini skaner va muammoga yo’naltirgan amaliy
dasturlar paketi to’plami (ADP) bilan, birinchi navbatda, matnli taxrirlash dasturi yoki
stol usti nashriyot tizimi bilan jihozlangan SHEHM da samarali bajarish mumkin. Skaner
hujjatga aloxida tayyorlangan lavhalar: rasmlar, fotografiyalar, sxemalar, muhrlar,
imzolarni va boshqalarni kiritish uchun ishlatilishi mumkin.
Elektron hujjatlarni boshqarish tizimida quyidagilardan foydalanish mumkin:
matn muxarrirlari: Norton Editor, Brief, Leksikon, Multi Edit, Word Perfect, MS Word;
badiiy muharrirlar: Paint, Paint Bruch, Macromedia FreeHand,
Acrobat Exchange;
nashriyot tizimlari: Ventura Pablisher, Frame Maker Makeg;
skanerlardan olinuvchi tasvirlar muharrirlari: Water Mark, Professional, Photo Styler;
Adobe Publishing Collection firmasining badiiy nashrlar bilan ishlash uchun ajoyib
paketlar to’plami, ular o’z ichiga Corel Draw 7, Page Maker 6.5, Photo Shop 4.0 va
Illustrator 7.0ni (dasturlarning oxirgi yangi naqli ko‟rsatilgan) hamda ko’plab boshqa
dasturiy maxsulotlarni oladi.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
56
Elektron hujjatlarni saqlash
Elektron hujjatlarni saqlash tizimi kompyuternnng tashqi xotirasida hujjatlarning
samarali saqlanishi va dolzarbligini, hamda ularni samarali qidirish va murojaat
qilishning maxfiyligini ta’minlashi kerak.
Haqaqatan ham, ma’lumotlarni kompyuterda
saqlash qog’ozdagidan birmuncha qulaydir: istagan paytda ma’lumotlarni o’zgartirish,
to’ldirish va nusxalarni kerakli sonda chop etish mumkin. Axborotni disketaga yozib olib,
istalgan shahar va mamlakatga borish mumkin, bunda qog’oz hujjatli chemodan
taqdiridan xavfsiramasa ham bo’ladi, disketni esa kostyumning ichki cho’ntagida saqlasa
bo’ladi (misol uchun, 3,5 dyuymli DVD disketada 1 mln betli matnni sig’dirish mumkin).
Axborotni, shu jumladan, elektron hujjatlarni tashqi xotirada saqlanadigan joyni
ma’lumotlar bazasi deb ataladi. Ma’lumotlar bazalarini yaratish va ularga xizmat
ko’rsatishni tashkil etish va dasturiy ta‟minoti ma‟lumotlar bazalarini boshkarish tizimi
nomi ostida birlashtirilgan dasturiy maxsulotlarning alohida vazifasidir. Bu guruxning
xozirda eng ommabop dasturiy vositalari
qatoriga D Base, Clipper, Paradox, Approach,
Oracle, FoxPro, Access va boshqalar kiradi.
Elektron hujjatlar bilan ishlash
Bu maxsus qism tizim bo’lib, boshqalarga nisbatan ko’proq darajada boshqarish
faoliyatiga mo’ljallangandir. Bu tizimning asosiy vazifalari quyidagilardir:
elektron hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish;
hujjatlarning ijro etilishini nazorat qilish;
hujjatlarni chop etish va ko‟paytirish;
hujjatlarni elektron tarqatish.
Bu vazifalarni ta’minlovchi dasturiy mahsulotlar juda ko’p: Delo 96, BOSS referent,
Galaktika (Hujjatlar aylanishini boshqarish moduli), Docs Open, Lan Docs, Link Works,
Workflow, Work Man, Effect Office, Office Media, Acrobat, Dyntext, World View va
boshqalar.
Eng avvalo hujjatlarni boshqarishning yuqorida aytilgan jarayonini qisman yoki to’liq
amalga oshiruvchi universal integrallashgan dasturiy tizimlarni (Water Mark
Professional, Lotus, Works) aytib o’tamiz. Masalan, Microsoft (MS)
Works firmasining
integrallashgan paketi matn muharrirlari, elektron jadval va ma‟lumotlar bazalarini
boshqarish tizimini (MBBT) o’z ichiga oladi.
Integrallashgan tizimlar orasida shak-shubhasiz peshqadam bo’lgan Microsoft Office for
Windows tizimini keng ma’lumdir, u MS Word matn muharririni, MS Exel jadvalli
proсessor, MS Access MBBE (Microsoft Office provessional versiyasida), MS Mail
elektron pochtasi va uning MS Form Designer kengaytmasi, Schdule еlektron kotib
dasturi, MS AtWork PC Fax faksmodemlariga xizmat ko’rsatish dasturlarini, taqdimot
uchun MS Power Point texnikalarni va ko’plab boshqa mahsulotlarni o’z ichiga oladi.
Microsoft Office dasturiy vositalaridan foydalanib quyidagilarni ta’minlash mumkin:
kirayotgan va chiqayotgan ma’lumotlarni
ishlab chiqish;
еlektron hujjatlarni yaratish va taxrir qilish;
Ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish (misol uchun, hisobotni) va natijalarini grafiklar,
diagrammalar va boshqa ko’rinishida ko’rgazmali tasvirlash;
еlektron hujjatlarni ma’lumotlar bazalarida qulay topiladigan va murojaat qilinadigan
tarzda saqlash;
еlektron hujjatlarni еlektron pochta va faksimil aloqa bo’yicha marshrutlash va jo’natish;
еlektron kotib vazifalari va hujjatlar o’tishini boshqaruvni markazlashtirish
(dispetcherlash); еlektron hujjatlarni qulay formatlash, chop еtish.