Nazorat uchun savollar:
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
57
1. Elektron hujjat tushunchasi haqida nima bilasiz?
2. Elektron hujjatlar bo’yicha mavjud huquqiy bazalar haqida so’zlang.
3. Elektron hujjatlar tipologiyasini ta’riflang.
4. Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash va uzatish usullari va texnologiyalari haqida
so’zlang.
8. Ma’lumotlar bazasi
Reja:
1. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.
2. Ma’lumotlar bazasining strukturasi.
3. Ma’lumotlar bazacini boshqarish tizimi.
4. Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilari.
Tayanch so‘z va iboralar: ma’lumotlar bazasi, strukturalash, MOBT, klient-server, fayl-
server texnologiyalari, engines texnologiyasi, relyasion, ierarxik va semantik tarmoq,
maydon, yozuv, OLE, unikal maydon
Ma’lumotlar bazasi (MB) to‘g‘risida so‘z yuritishdan avval MB nima ekanligini
ifodalovchi bir nechta ta’riflarni keltirib o‘taylik:
ISO/IEC 2382-1:1993 ta’rifi.Ma’lumotlar bazasi bu – Bir yoki ko‘p tarmoqlarda
foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning xususiyatlari va ular orasidagi
munosabatlarni tasvirlab, konseptual struktura orqali tashkil qilingan ma’lumotlar
to‘plamidir.
ISO/IEC TR 10032:2003 ta’rifi. Ma’lumotlar bazasi bu - ma’lumotlarni qoidalarga
muvofiq amalaga oshirish vositasi va sxemalar orqali saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami.
M.R.Kogalovskiyning ma’lumotlar bazasiga bergan ta’rifi. Ma’lumotlar bazasi bu - Aniq
qoidaga muvofiq tashkil etilgan va foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini qondirish
uchun ishlatiladigan ma’lumotlar majmui.
K.Dj.Deytning ma’lumotlar bazasiga bergan ta’rifi. Ma’lumotlar bazasi bu - Har qanday
korxonaning amaliy dasturiy ta’minot tizimlari majmui uchun doimiy ma’lumotlar
majmui.
T.Konnolli va K.Beggning ma’lumotlar bazasiga bergan ta’rifi. Ma’lumotlar bazasi bu -
Tashkilotning axborot ehtiyojini qondirish uchun mo‘ljallangan, mantiqan bog‘langan
ma’lumotlarning birgalikdagi majmuidir.
Ma’lumotlar bazasi bu - EHM orqali izlash va qayta ishlash uchun tizimlashtirilgan
mustaqil axborotlarning ob’ektli va mantiqiy bog‘lanishli formada tasvirlanishidir.
Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi (MO) deganda real dunyoning konkret ob’ektlari
haqidagi ma’lumotlar to‘plamini tushinish mumkin. Lekin ma’lumotlar xajmi oshib
borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. YUzaga kelgan muammo ob’ekt
va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo‘li bilan xal kilinadi. Ob’ekt-bu
mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob’ektlarga tegishli bir qator
ma’lumotlar borki, ularning to‘plami MO bo‘ladi. Masalan, xar bir akademik-litsey yoki
kasb-hunar kolleji-bu ob’ektlar bo‘lsa, ulardagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar
to‘plami MOga misol bo‘ladi.
Xar qanday jiddiy MOning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MO
loyihalovchisining asosiy vazifasi ob’ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash,
ma’lumotlar orasidagi ma’lumotlarni o‘rnatishdan iborat.
MOni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo‘yicha
tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni (tanlanmani)
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
58
tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma’lumotlar
strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina bajarish mumkin.
|