TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
61
9. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari.
Reja:
1. MOBT haqida tushuncha.
2. Access dasturi xaqida umumiy ma’lumot.
3. Access dasturida yangi MB yaratish.
4. Ma’lumotlarning jadval va sxemalarini tashkil qilish.
5. So‘rovlar yaratish
6. Oyna formalarini yaratish.
Tayanch so‘z va iboralar: Microsoft Access, Jadvallar, So‘rovlar, Shakllar, Hisobotlar,
Makroslar, modullar, Конструктор, Мастер, berilganlar guruhi (tipi)
MOBT haqida tushuncha.
Zamonaviy MO
texnologiyasida MOni yaratish, unga xizmat ko‘rsatish va
foydalanuvchilarni MO bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar
yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi.
Bunday dasturiy uskunalar majmuasi Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MOBT)
deb ataladi.
MOBT-MOni yaratish, uni
dolzarb holatda ushlab turish, kerakli axborotni topishni
tashkil etish va boshqa xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan
dasturiy va til vositalari
majmuasidir. Boshqacha qilib aytganda MBBT bu - ma’lumotlar bazalarini yaratish va
foydalanish uchun boshqarishni ta’minlovchi, maxsus lingvistik
vositalar majmuiga ega
bo‘lgan dasturiy ta’minot.
MOBT misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-DBASEdasturi, Microsoft Access,
Microsoft For Pro For DOS, Microsoft For Pro For
WINDOWS,
Paradox for DOS, Paradox for WINDOWS, OpenOffice.org Base, Cache,
CouchDB, IMS, DB2, Firebird, MS SQLServer, MongoDB, MySQL, mSQL, Neo4j,
Oracle Database va hakozo.
MOBTlarni ishlash prinsiplariga ko‘ra quyidagicha yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganish
mumkin:
Klient-server texnologiyasi asosida ishlovchi MBBT. Bular: InFormыx, Ingres, Interbase,
MS SQLServer, MongoDB, MySQL, mSQL, Neo4j, Oracle Database.
Fayl-server texnologiyasi asosida ishlovchi MBBT Bular: DataFlex, dBase,
OpenOffice.org Base,
Paradox
Engines texnologiyasi asosida ishlovchi MBBT.Bular: BDE, Berkeley DB, C-Store,
db4o, HSQLDB, Rdb, SQLite, ZODB