TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
62
Microsoft Access keng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidir.
Uning tarkibiga kiruvchi Access nomli dasturlar majmuasi hozirda MOBT sifatida keng
o‘rganilmoqsa va qo‘llanilmoqda. MOning dastlabki oynasi
soddaligi va tushunarliligi
bilan ajralib turadi. Undagi oltita ilova, dastur ishlaydigan olti ob’ektni tasvirlaydi. Bular
«Таблицы» (Jadvallar),
«Запросы» (So‘rovlar),
«Формы» (Shakllar), «Отchёты»
(Hisobotlar),
«Макросы» (Makroslar),
«Модули» (modullar).
Ularning har biri haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
1. «Таблицы» (Jadvallar) - MO ning asosiy ob’ekti. Unda ma’lumotlar sakdanadi.
2.
«Запросы» (So‘rovlar) - bu ob’ekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni
saralash, ajratish, birlashtirish, o‘zgartirish kabi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.
3.
«Формы» (Shakllar) - bu ob’ekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki
kiritilganlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. SHakl
tuzilishi bir qancha matnli
maydonlar, tugmalardan iborat bo‘lishi mumkin.
4. «Отchёты» (Hisobotlar) - bu ob’ekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va
ko‘rgazmali ravishda qog‘ozga chop etiladi.
5.
«Макросы» (Makroslar) - makrobuyruqlardan iborat ob’ekt. Murakkab va tez-tez
murojaat qilinadigan amallarni bitga makrosga guruxlab, unga ajratilgan tugmacha
belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o‘rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda
amallar bajarish tezligi oshadi.
6.
«Модули» (Modullar) - Microsoft Access dasturining imkoniyatini
oshirish maqsadida
ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o‘z ichiga oluvchi ob’ekt.
Bundan tashqari,
«Страницы» (Sahifalar) nomli alohida ob’ekt ham mavjud. Bu ob’ekt
NTML kodida bajarilgan, Web - sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga
uzatiladigan alohida ob’ektdir.
MOning dastlabki oynasida yuqorida sanab o‘tilgan 6 ta asosiy ob’ektlarning
ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud Bular:
«Открыть»
(Ochish),
«Конструктор» (Tuzuvchi),
«Создать» (Yaratish) tugmachalaridir (3-rasm).
«Открыть» (Ochish) tugmachasi tanlangan ob’ektni ochadi. «Конструктор» (Tuzuvchi)
ham tanlangan ob’ektni ochadi, lekin u ob’ektning tuzilmasinigina ochib, uning
mazmunini emas, balki tuzilishini to‘g‘rilash imkonini beradi. Agar ob’ekt jadval
bo‘lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini
o‘zgartirish mumkin.
«Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi ob’ektlarni: jadvallar,
so‘rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
MS Access dasturi ishga tushirganimizda quyidagi ko‘rinishdagi (9.1-rasm) MS Access
dasturining ishchi oynasi paydo bo‘ladi.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
63
9.1-rasm
Ko‘rib turganimizdek ushbu oynaning chap qismining ОТКРЫТЬ bo‘limida MS Access
dasturida yaratilgan (qilingan) ma’lumotlar bazasining ro‘yxati chiqib turadi. Agar biz
oldingi qilingan biron bir faylni ochmokchi bo‘lsak o‘sha fayl
nomi ustida sichqonchani
chap tugmachasini chertishimiz kifoya. Agar biz yangi baza tashkil qilmoqchi
(yaratmoqchi) bo‘lsak
Создать bo‘limi ustida sichqonchani
chap tugmachasini
chertishimiz kerak. Bundan tashqari tayyor shablonlardan ham foydalanishimiz mumkin.
Quyida MS Access dasturi uskunalar paneli elementlari bilan tanishib chiqamiz.
-
Создать – yangi fayl (ma’lumotlar bazasini) hosil qilish;
-
Открыть – mavjud
faylni ochish;
-
Сохранить – faylni saqlash;
-
Поиск файлов – faylni qidirish;
- Отображать толко
веб панел – Faqat veb-oynalarda aks ettirish