TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
59
Relyasion (lotin tilidagi relatio-munosabat so‘zidan olingan) modelda ma’lumotlarni
saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda
holda u ikki o‘lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo‘ladi.
Murakkab axborot modellari
ana shunday jadvallarning o‘zaro bog‘langan to‘plamidan iborat.
MOning
ierarxik modeli pastki pog‘onadagi yuqori pog‘onadagiga bo‘ysinish tartibida
joylashgan elementlar to‘plamidan iborat bo‘ladi va ag‘darilgan daraxt(graf)ni tashkil
etadi. Ushbu model sath, tugun, bog‘lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi.
Uning
ishlash tamoyili shundayki, quyi sathdagi bir necha tugunlar bog‘lanish yordamida
yuqoriroq sathdagi bitta tugun bilan bog‘langan bo‘ladi. Tugun - bu ierarxiyaning
berilgan sathida joylashgan elementning axborot modelidir.
MOning
semantiq tarmoq modeli ierarxik modelga o‘xshashdir. U xam tugun, sath,
bog‘lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantiq tarmoq
modelida turli sathdagi
elementlar orqali «erkin», ya’ni «har biri xamma bilan» ma’noli bog‘lanish qabul
qilingan.
Ko‘pchilik MOlar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma’lumotlar adresi satr va ustunlar
kesishmasi bilan aniqlanadi. MOda ustunlar-maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi.
Maydonlar
MOning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil
etadi.
Maydonlar-MO tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma’lum xususiyatlarga ega
bo‘ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning o‘zunligidir. Maydon
o‘zunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi.
Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana
imzo xususiyati ham mavjud. Imzo-ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir.
Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo‘lsa
sarlavhada maydon nomi yozib quyiladi. turli tipdagi
maydonlar turli maqsadlarda
ishlatiladi va turli xossalarga ega bo‘ladi.
Maydonlarning xususiyati bilan tanishib chikamiz:
1. Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak.
2. MEMO-katta o‘lchamli matn maydoni. Belgilar soni 65535dan oshmasligi shart.
Oddiy matn va MEMO maydonida hisob ishlarini bajarib bo‘lmaydi.
3. Sonli maydon. Sonli ma’lumotlarni kiritishga xizmat qiladi va hisob ishlarini
bajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo‘lishi mumkin.
4. Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va vaqtni bichimlangan holda saqlab quyish
imkonini beradi (01. 06. 01 20:29:59). 8bayt o‘lchamga ega.
5. «Pul birligi» nomi bilan ataluvchi maydon. Bu maydondan hisob kitob ishlarini
yuritishda foydalaniladi.
6. Hisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt o‘zunlikka va avtomatik ravishda ma’lum
songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni
nomerlashda
foydalanish qulaydir.
7. Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon. Bu maydon «rost» (true) yoki «yolg‘on»
(false) qiymatni saqlaydi. Maydon o‘lchami 1bayt.
8. OLE-nomi bilan yurituvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word xujjatini, rasm,
ovoz va boshqa shu kabi ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida saqlaydi. Maydon
o‘lchami 1Gbaytgacha.
9. Giperssilka maydoni. Bu maydon belgi va sonlardan iborat bo‘lib,
biror fayl yoki
saytga yo‘l ko‘rsatadi.
10. Qiymatlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan maydon. Bu maydon bir qancha qiymatlardan
iborat bo‘lgan ro‘yxatdan tanlangan aniq bir qiymatni saqlaydi.
Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv orqali
ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda alohida maydon-unikal maydon
bo‘lishini ta’minlash kerak.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
60
Unikal maydon-bu qiymatlari takrollanmaydigan maydondir.
Misol sifatida talabalar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasining bir
qismini keltiramiz.
Maydon nomi
Maydon
xususiyati
Maydon xajmi
Talabaning ombordagi o‘rni
Hisoblagich maydoni
4 bayt
Talaba F. I. SH.
Oddiy matnli maydon
255
belgi
………………………….
………………………
Talabaning rasmi
OLE-nomi bilan
yuritiluvchi maydon.
1G bayt
Talaba haqida qo‘shimcha
ma’lumotlar
MEMO-katta o‘lchamli
matn maydoni
65535 belgi