Axborot tizmlari va texnologiyalari




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/90
Sana19.01.2024
Hajmi4,03 Mb.
#141375
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90
Bog'liq
TTAT MAJMUA NAMANGAN

Kompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, 
tasvirlash, o‘zgartirish va tahrirlashdir. 
Kompyuter animatsiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik 
tasvirlar sintezidir. 
Kompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo‘lib, dasturiy-apparat hisoblash 
komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini 
o‘rganadi.
Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o‘rganuvchi soha uch o‘lchovli (3D) 
grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan 
foydalaniladi. 
Kompyuter grafikasi turlari. 
Tuzilishiga ko‘ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo‘lishi mumkin. Masalan tasvir xosil 
qilishda skaner uni ko‘pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo‘lib chiqadi va ulardan 
rastrli surat xosil qiladi. 
Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo‘lib, uning rangi kompyuter 
xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda 
bu sonlar gorizontal bo‘yicha (800) va vertikal bo‘yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. 
Piksellar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa tasvirning ekrandagi va qog‘ozda chop etilgandagi 
sifati (razreshenie) yuqori bo‘ladi. 
Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo‘yalish rangini 
ko‘rsatish orqali xosil qilinadi. Maslan oq fondagi qizil ellips bor yo‘g‘i ikki formula – 
to‘g‘ri to‘rtburchak va ellipsning ranglari, o‘lchamlari va joylashuvini aniqlovchi 
formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli 
rasmdan ko‘ra kamroq joy egallaydi.
Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo‘qotmagan xolda 
kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik 
formulalardagi mos koeffitsientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga 
oshiriladi. 
SHunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va 
vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni uzatishning fotografik 
aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va 
chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni 
ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop 
etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida uzatiladi. 


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
73 
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. 
Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib bormagan 
soxani topish kiyin. 
Kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini kullanish soxasiga kura kuyidagi 
guruxlarga ajratish mumkin: 

poligrafiya ishlari uchun muljallangan kompyuter grafikasi dasturlari; 

ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi; 

takdimot ishlari uchun muljallangan dasturlar; 

ikki o’lchamli animatsiya dasturlari; 

uch o’lchamli animatsiya dasturlari; 

ikki o’lchamli animatsiya dasturlari; 

ikki o’lchamli va uch ulchamli animatsiya dasturlari; 

videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar; 

ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar. 
Kompyuter grafikasi va animatsiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va 
kinematografchilar, kompyuter uyinlari va ukitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker 
va olimlar, shuningdek uz faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha 
mutaxassislarda xam katta kizikish uygotadi. 
Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun muljallangan kompyuter grafikasi dasturlari 
matnni turli kurinishdagi illyustratsiyalar bilan tuldirish, saxifalar dizaynini yaratish, 
xamda yukori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday 
dasturlarga misol kilib, tasvirlarni kayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop 
rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va shunga uxshash paketlar rastrli tasvirlarni 
taxrirlash va montaj kilish uchun zarur bulgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar 
rangini korreksiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan 
foydalanish imkonini beradi. Paketning sunggi versiyalari tasvirlarning kup katlamli 
tuzilmasini kullash bilan birga vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash imkoniyatlariga 
xam ega. Paket tarkibiga turli maskalar, kup sonli filtrlardan tashkari rang bilan ishlash 
va maxsus effektlarni yaratishga muljallangan vositalar majmui kiritilgan. 
Rastrli paketlardan tashkari poligrafiya ishlari uchun muljallangan vektorli kompyuter 
grafikasi dasturlari xam mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun muljallangan Adobe 
Illustrator va Corel Draw dasturlari xakida aytib utish mumkin. Adobe Illustrator 
illyustratsiyalar yaratish, saxifalarning umumiy dizaynini ishlab chikish, xamda tayer 
tasvirni yukori sifatda chop etishga mo‘ljallangan. Paket ixtieriy shakldagi simvollar va 
figuralarni yaratib, sung ularni masshtablash, aylantirish(uz uki atrofida) va 
deformatsiyalash imkoniyatlaridan tashkari matn va kup varakli xujjatlarni kayta ishlash 
vositalariga ega. 
Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashkari turli grafiklarni tayerlash va rastrli 
tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshkarish, kompyuter 
displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «kulda» chizish va tasvir katlamlari bilan 
ishlash, uch ulchamli maxsus effektlarni qo‘llash, matnni kayta ishlash vositalari bilan 
ta’minlangan. Bulardan tashkari Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va 
Macintosh kompyuterlari uchun muljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, 
Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari xam keng tarkalgan. Barco Creator dasturi 
uzining ishlash tezligi, xamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi. 
Takdimot ishlari dasturlari. 
Macintosh va Windows muxitlarida ishlatiluvchi takdimot dasturlar paketidan anchadan 
buyon mavjud dasturlar guruxini ajratib kursatish mumkin. Bu guruxga Lotus firmasining 
Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard Graphics, Microsoft 
korporatsiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab chiquvchilari xar 


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
74 
bir yangi versiyasi(rusumi)da ishlatiladigan vositalarni kupaytirib imkoniyatlarini 
kengaytiradilar. 
Macintosh va Windows muxitlaridagi yangi turdagi takdimot dasturlari paketi 
multimedia vositalarini yanada to‘lik ishlatishga muljallangan. Bu dasturlar video a 
tovushli fayllarni qulay uzatish (improt kilish), diagrammalarda annimatsiya vositalaridan 
keng foydalanish imkonini beradi. 
YAngi turdagi takdimot dasturlar katoriga Macromedia firmasining Action xamda Gold 
Disk firmasining Astound dasturlar paketi (tuplami) kiradi. 
Power Point dasturi MS OFFICE dasturlar to‘plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish 
oson, kulay. Dasturda o‘rgatuvchi o‘quv dasturi, tayyor takdimot namunalari, matn bilan 
ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud . 
Power Point dasturida ichki multimedia vositalari bo‘lmasada, bu vositalarni OLE-2 
(Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to‘ldirish 
mumkin. 
Astound dasturi (paketi) yangi takdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U 
ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar, xarkatli tasvirlar va 
multimedianing boshka elementlaridan bir vaktning o‘zida baravar (sinxron) ishlatishga 
imkon beradi. 
Takdimot dasturlari ichidan OS/2 va Macintosh muxitida ishlovchi komponovka 
(ixchamlashtirish, birlashtirish) va dizayn vositalariga ega Adobe Persuasion dasturini, 
Windows muxitida ishlovchi kuchli rasm chizish vositalari qulay boshkaruvga ega 
Novell Presentations dasturini, xamda slayd-ko‘rgazmalar uchun Lifeboat Publishers 
firmasining Demo-it dasturini, takdimotlar imkoniyatlarini kengaytirish uchun 
mo‘ljallangan Macromedia firmasining Director dasturlarini aloxida e’tiborga olish kerak 
bo‘uladi. 
Ilmiy vizuallashtirish dasturlari 
Ilmiy vizuallashtirish dasturlar nafaqat maxalliy rejalashtirish masalalarini xal kilishga, 
balki kuyosh portlashlarini vizualashtirish masalalarini xal qilishgacha mo‘ljallangan. 
SHK da ishlatiladigan ilmiy va muxandislik grafikasi dasturlari ichidan Golden Software 
firmasining Surfer va Grapher, MapViewer dasturlarini aloxida kursatish mumkin. Bu 
dasturlar tekislik va grafiklar xamda rangli kartalar(xaritalar) yaratish uchun 
mo‘ljallangan. Ular DOS va Windows muxitlarida ishlaydi. Rangli grafik va xaritalarni 
bu dasturlar yordamida ixtiyoriy monitor yoki tashki qurilmalarga chikarish mumkin. 
Surfer paketi z=f(x,y) kurinishdagi funksiyalar bilan aniklanadigan ikki ulchovli 
berilganlarga ishlov berish va vizuallashtirishga muljallangan. U tekislikning rakamli 
modelini kuradi, yordamchi amallarini bajaradi xamda natijalarni vizuallashtiradi. 
Grapher dasturi y=f(x) kurinishdagi funksiyalarga ishlov berish va grafiklarini yasashga 
muljallanagan. Unda bir rasmdagi grafiklar soni va grafiklardagi egri chiziklar soni 
cheklanmagan. Xar bir egri chizik 32000 tagacha nuktadan iborat bo‘lishi va bir grafikda 
xar xil ulchovli, masshtabli bir nechta koordinata uklari bulishi mumkin. MapViewer 
paketi kartalarni kiritish taxrirlash-masshtablarni o‘zgartirish, koordinatalarni o‘zgartirish 
xamda kartalar bilan boglik rakamli axborotga( masalan- demografik ma’lumotlarga) 
ishlov berish va grafik ko‘rinishda chiqarish imkonini beradi. 
YUkorida keltirilgan vizuallashtirish dasturlaridan tashkari umumiy xolda ishlatiladigan 
kuyidagi vizuallashtirish dasturlari xam bor: IRIS Explorer, VIS-5D, PV- Wave, 
Khronos, Data Visualizer, Data Explorer. 
SGIdagi Earth Watch dasturi yordamida Er ob–xavo sharoitining uch ulchovli tasvirini 
modellashtirish va kursatish, kosmik suratlar asosida topologik tekisliklarini kurish 
xamda ob-xavo ma’lumotlarini bir xafta oldin berish mumkin. 
Video va komponovka bilan ishlash tizimlari. 


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
75 
Rakamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari xamda ikki ulchovli va uch ulchovli 
grafikadan foydalangan xolda kupkatlamli kompozitsiyalarni yaratish, murakkab(s’emka) 
suratga olish jarayoni o‘rnini egallashi, kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan 
materiallarga ishlov berish, suratga olingan materiallarni kompyuter animatsiyasi bilan 
qo‘shish, natijalarni kino va videotasmalarga chikarish mumkin. 
Windows va Macintosh muxitlarida ishlovchi videotasvirlarni taxrirlash dasturi Adobe 
Premier rakamlashtirilgan videoni, statik tasvirlarni va tovushli fayllarni montaj qilish 
imkonini beradi. Paketning eng oxirgi versiyasi (rusumi) turli usullar bilan bir nechta 
mustakil videoroliklarga ishlov berish, ko‘pgina filtrlardan foydalanish, maxsus effekt va 
shriftlarni xosil kilish imkoniga ega. Bu dasturning raqobatchilari sifatida ATI 
firmasining MediaMerge dasturini, eng kuchli dasturlardan yukoridagi Adobe 
firmasining CoSA After Effects dasturini ko‘rsatish mumkin. SGI muxitida ishlovchi 
Composer dastur Alias/Waferfront firmasining maxsulotidir. Bu dastur maxsus 
effektlarni yaratish, videoyozuv vositalari, kompleks saxnalarni xosil qilish 
uskunalaridan foydalanish imkoniga ega .SHular yordamida yukori sifatli video 
maxsulotlarni yaratish, yozish, taxrirlash, mumkin. Bulardan tashkari aloxida kadrlarni va 
animsiyali kliplarni kompanovka qilish, aralashtirish (mikshirovat), ularga maxsus 
effektlarni matnlarni qo‘shish mumkin. Paket (dastur) nafakat videoyozuvning oxirgi 
natijasini, balki oralik kadrlarni (natijalarni) quyi imkoniyati kichik ekranlarda kuzatish 
ko‘rish mumkin. 
Composer dasturi barcha kino va videoformatlarni xamda video bilan ishlovchi 
kurilmalarni qo‘llash imkonini beradi. Bu dasturlardan tashkari SGI muxitida videoga 
ishlov beruvchi Chiron firmasining Liberty, Integrated Research firmasining Harmony, 
Parallax firmasining Matador, Avid firmasining Media Suite Pro, Discreet Logic 
kompaniyasining Flint paketi, Flame, Interno, XAOS firmasining Pandemonium 
dasturlari mavjud. 
Modellashtirish (2D va 3D). 
2 o‘lchovli va 3 o‘lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik 
ishlanmalari uchun qo‘l keladi. Bulardan tashkari bu dasturlarni uch o‘lchovli animatsiya, 
poligrafik, takdimot paketlari bilan to‘ldirish mumkin. 
Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli 
avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi isfatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini 
olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning 
grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chizik, yoy, matnlar xosil 
qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan 
ko‘pgipa muammolarning echimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va 
makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, 
adaptatsiya qilish mumkin. 
AutoCad paketi Auto LISP ichki dasturlash tiliga ega bulib, uning yordamida 
foydalanuvchi yangi buyruklarni xosil kilishi va xatto yukori darajadagi dasturlash 
tillaridan foydalanishi mumkin. 
IBM va Macintosh muxitlarida uch o‘lchovli modellashtirish uchun ko‘pincha Alias/ 
Wavefront firmasining splaynli modellashtirish dasturi Sketch! ishlatiladi. Bu dastur 
yukori sifatli vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa maxsus 
modellashtirish vositalari to‘plamiga ega bo‘lib, tasvirning fotorealistik sifatiga erishish 
imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va Auto.des.sys 
firmasining Form.Z dasturi uch o‘lchovli ob’ektlarni modellashtirish va deformatsiyalash 
vositalariga ega. 
IBM ga mos kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D Designer 
dasturidan foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar xosil kilish, 
yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti) vositalariga 


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
76 
ega . Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida ishlatiluvchi eng kuchli modellashtirish 
va dizayn dasturlari katoriga Alias/ Wavefront firmasining Designer, Studio va 
AutoStudio dasturlarini kiritish mumkin. Bu dasturlar yordamida bir vaktning uzida 2D 
va 3D modellar bilan ishlash xamda mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan 
mujassamlashish masalasining echimini topish mumkin. 
Designer dasturi splaynlar asosida yukori darajada modellashtirishni qo‘llash bilan birga 
geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning etarli vositalariga, animatsiyaning qulay 
uskunalariga xamda renderingning sifatli moduliga ega. 
Designer imkoniyatlarini to‘ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin. Studio 
dasturi modellashtirish imkonining yukoriligi, yuzalar va egri chiziklar bilan ishlash 
tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm chizishni baxolashning 
qo‘shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi. AutoStudio esa Studio dasturiga 
avtomobil dizaynerlari uchun maxsus ishlab chikilgan, modellar va animatsiyani 
taxrirlovchi maxsus vositalar qo‘shilishi natijasida vujudga kelgan. SHuningdek, bu 
dasturlar Silicon Graphics ning ko‘pprotsessorli modellarida ishlatilishi uchun 
qo‘shimcha vositalar va imkoniyatlar bilan to‘ldirilishi, kengaytirilishi mumkin. SGI 
muxitida ishlovchi avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari ichida yana Engineering 
Animation firmasining Vislab dasturini aytib utish mumkin. Bu dastur dizayn va 
muxandislik masalalarining vizual echimini yaratish(xosil kilish) imkonini beradi. 
Kompyuter grafikasida rang tushunchasi Rang modellari 
Kompyuter grafikasida rang juda muxim – kuzatuv taassurotni kuchaytirish va tasvirni 
axborotga boyitish rolini o‘ynaydi. Biz ko‘rayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan 
yorug‘lik ko‘z qorachig‘i orqali ko‘zimizga o‘tadi va ko‘z ichidagi asab xo‘jayralarini 
qo‘zg‘atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan bog‘langanligi tufayli ko‘z 
yorug‘ligi miyaga o‘tadi va ongimizda buyumni ko‘rish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Biz 
buyumni ko‘ramiz. Atrof muhitni bunday ko‘rish qobiliyati ko‘rish deb, ko‘rish a’zosi 
esa ko‘z deb ataladi. 
Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko‘p ma’lumot olamiz. Bu 
ma’lumotlarning 90% ni ko‘rish orqali qabul qilamiz. YOrug‘lik oqimi bu ma’lumotlarni 
eltuvchi hisoblanadi. 
Bizning ko‘zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali bog‘langan. Agar 
ko‘zning tuzilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi 
zamon optikaviy apparatlarining tuzilishi bilan taqqoslasak ular orasida o‘xshashlik 
borlig‘ini sezishimiz mumkin. 
Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo‘lmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. 
Qizil, yashil va ko‘k ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq 
hosil bo‘ladi. 
Rang modellari. 

Download 4,03 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish