TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
91
1.
Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa
chizig'iga parallel bog'lanadi. Bunday shinalami boshqarish ham alohida, ham
markazlashgan bo'lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus
kompyuter-hakam ulanadi, uning va zifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir.
Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil
ma’lumot lami uzatish kanalini boshqaradi.
2.
Halqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq halqasimon, ketma-ket bog'lanadi.
Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan kompyuterga uzatiladi. Xabami uzatgan
kompyuter yana o'sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
3.
Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tu-gunga
(kommutator yoki konsentratorga) ega. Mazkur markaziy tugunga qolgan barcha
kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so'ng
boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
Bog'lash uchun qo'llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi. Masalan:
- koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o'xshash;
- juftli o'ram (tvisted pair) telefon simini eslatadi;
- optik tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat
kabel turi.
Tarmoqda kompyuterlami ulash uchun qalin (INTERNET yo'g'on simi - global tarmoqlar
uchun) yoki ingichka koaksial simlar (ETHERNET - lokal tarmoqlar uchun), o'ralgan
juftlik (toking ring - vitaya para) va optik tola (dastlab shishadan, hozir esa plastik tola)
simlari ishlatilishi mumkin.
Lokal tarmoqlarning qo'llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ish-larini avtomatlashtirish,
korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va
robototexnika kompleksla-ri, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini
boshqarish kiradi.