Masofaviy o'qitishning tashkiliy shakllari




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/90
Sana19.01.2024
Hajmi4,03 Mb.
#141375
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90
Bog'liq
TTAT MAJMUA NAMANGAN

Masofaviy o'qitishning tashkiliy shakllari 
Masofaviy ta’lim tizimini joriy qilishda uchta yo'nalish-dagi muammo tug'iladi. Bular: 
- texnik: kompyuter va texnik qurilmalar bilan ta’min­ lash, aloqa kanallarini band qilish; 
- tashkilotchilik: yuqori malakali boshqaruvchi, o'qituvchilar, mutaxassislar bilan 
ta’minlash; 
- metodik: ko'rgazmali qurollar, ma’ruza matni, multimedia, animatsiya, test kabi 
ma’lumotlar bilan ta’minlash. 
Masofaviy ta’limning an’anaviy kunduzgi o'qitishdan farqli jihati shundaki, u o'quv 
jarayonining quyidagi shakllarini o'quv muas-sasasidan tashqarida amalga oshirish 
imkonini beradi: 
• o'quv materialining o'qituvchi tomonidan tushuntirilishi; • maslahatlar (individual va 
guruhli); 
• o'qituvchi bilan tinglovchilar orasida butun o'quv davri mobay­ nida o'zaro muloqot; 
muhokamalar, testlar o'tkazish; 
•tadqiqotchilikva ijodiyxarakterdagi qo'shma topshiriqlami bajarish.
Tinglovchilar vaqtining katta qismi o'quv-uslubiy kompleks materi­ allarini mustaqil 
o'rganishga sarflanadi. Bunda ta’lim talaba va o'qituvchining do’lmiy o'zaro 
munosabatlari telekommunikatsion tex­ nologiya vositalari (elektron pochta, e’lonlar 
doskasi, chat, forum,videokonferensiya) yordamida amalga oshiriladi. 
Masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo'llagan holda o'qitishning tashkiliy shakllariga 
elektron darsliklar, seminarlar, forumlar, konsul-tatsiyalar va boshqalar kiradi. 
Elektron darsliklar (ED). ED lar tegishli server qismlarga joylashtiriladi yoki kompakt 
disklarda joylashgan bo’ladi. Elektron o'quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini 
kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo'shimcha 
ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo’ljallangan bo’lib, ko'proq chuqurlashtirib 
o‘qitiladigan fanlar bo'yicha yaratilishi maqsadga muvofiq. O'quv adabiyotlarining 


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
104 
mazmuni bilim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlami bosqichma-
bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlami o'quv 
adabiyotlardan izlab topish ko'nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak. 
EDlarda ovoz, animatsiya va grafik tasvirlar ham qo'llanilishi mumkin. Tinglovchi har 
qanday materialning ixtiyoriy sahifasini chop etish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Axborot va telekommunikatsion texnologiya vositalari yordamida video konferensiya va 
kabel studiyalari orqali tashkil etiladigan mashg'ulotlarda bevosita ishtirok etish mumkin. 
• chat seminari. Seminarlar ko'pincha chat ko'rinishida o'tkaziladi, lekin bu 
texnologiyaning qo'llanilishi ayrim cheklanishlarni keltirib chiqaradi. Chat seminarining 
davomiyligi - bir soatdan ortiq bo’lmagan va qatnashchilar soni - 10 kishidan kam 
bo’lgan holda (xabar ekranga chiqariladi, agar ishtirokchilar ko'payib ketsa, ma’noni 
anglash qiyin bo’ladi) o'tkaziladi; 
• video konferensiyalar. Video konferensiyalar kompyuter, telefon aloqasi orqali amalga 
oshiriladi. Bunda bir shahardagi talaba boshqa bir shahardagi o'qituvchi yoki talaba bilan 
jonli muloqot qilishi mumkin. Albatta, buning uchun maxsus video va multimedia 
qurilmalari bilan birga, ulaming kompyuterda maxsus dasturiy ta’minoti ham zarur 
bo’ladi. 
Video konferensiyalar, odatda, oldindan rejalashtiriladi va belgilangan vaqtda muloqot 
o‘tkaziladi. 
• maxsus kabel studiyalari orqali. Maxsus kabel studiyalari orqali ta’lim olish jarayoni
xuddi kabel televideniyesi kabi tashkil etilgan bo’ladi. O‘qituvchi biror joyda turib 
televizor orqali boshqa joydagi talabaga bilim berishi, o‘rgatishi mumkin. Internet 
takomillashmasdan oldin bir qator ta’lim muassasalarida shu usuldan keng foydalanilgan;
• asinxron seminar (yoki off-line). Masofaviy ta’limda seminarlar asinxron rejimida ham 
o'tkazilishi mumkin. Bunda o'qituvchi har bir talabaning faolligini baholash imkoniga ega 
bo’ladi. Asinxron seminar ko'pincha forum ko‘rinishida (telekonferensiya) o'tkaziladi. 
Asinxron seminar umumiy ssenariysi xuddi an'anaviy seminardek o'tkaziladi. Biroq u 
odatiy bo’lgan og'zaki shaklda emas, balki elektron xabarlar vositasida amalga oshiriladi. 
Masalan, seminar jarayonida talabalarning o'quv mavzulari bo'yicha ma’ruzasini 
qo’llashda har bir berilgan savolga bo’lgan javoblar yozma shaklda taqdim qilinadi 
(guruhning barcha talabalari kompyuter ekranlarida bu javoblar bilan tanishishiga imkon 
beradi).
Nazorat tizimi. Ta’lim jarayonidagi nazorat talabaning nazariy va amaliy o'quv 
materiallarini o'zlashtirish natijalarini va o'zlashtirish jarayonini o'z ichiga oladi. O'quv 
jarayonida masofaviy o'qitish texnologiyalari qo’llanilgan holda talabalarning bilimlarini 
baholash va ulamingbilish hamda idroketishxususiyatlarini aniqlash alohida mazmun 
kasb etadi. Shunda bilimlar sifati ustidan xolis va ko'p mezonli nazorat shaklining roli 
oshadi. 

Download 4,03 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masofaviy o'qitishning tashkiliy shakllari

Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish