Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari)




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/90
Sana19.01.2024
Hajmi4,03 Mb.
#141375
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90
Bog'liq
TTAT MAJMUA NAMANGAN

Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari)
Ma`lumki, yuqori darajadagi dasturlash tillarida yozilgan dasturlarni kompyuterga 
tushuntirish uchun kompilyator degan qo'shimcha dastur kerak bo'ladi. Web dasturlashda 
ham huddi shunday jarayon sodir bo'ladi. Siz internetdagi saytlarni ko'rishlik uchun 
ishlatadiganingiz Brauzerlar - web dasturlash tillarining bazilarini kompilyatori 
hisoblanadi.
Web dasturlashda yana shunday tillar ham borki ularni brouzer kompyuterga tarjima qilib 
tushuntirib bera olmaydi, lekin bunday tillar web saytni asosini tashkil etadi. Ana 
shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib berish uchun ham Web server ga o'xshagan 
dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to'plami kerak bo'ladi. Bunday dasturlar esa 
sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga so'rov yuborganingizda (istalgan biror 
ssilkani bosganingizda, birinchi marta saytni ochganingizda va hokazo...) shu sayt 
joylashgan serverdagi Web server dasturlari sizning brauzeringizga saytni brauzer 
tushunmaydigan tillarda yozilgan joylarini tarjima qilib jo'natadi.
Shunday qilib klient - yani siz tomondagi web saytni kodlarini kompyuteringizga 
tushuntirib beradigan tarjimon bu - Brauzer, server tomonidagi web saytni sizning 
brauzeringiz tushunmaydigan joylarini unga tarjima qilib jo'natadigan tarjimon bu Web 
Server hisoblanadi.


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
109 
Bu yerda Klient yani siz tomonda sizning Brauzer va u tushunadigan web dasturlash 
tillari (HTML,CSS,Java Script) turgan bo'lsa, server tomonda Apache -> Web server, 
PHP -> PHP tili uchun interpretator va ma`lumotlar ombori bilan ishlash uchun vosita 
(bu MYSQL, Oracle va boshqalar bo'lishi mumkin) turibdi. Bundan tashqari server 
tomonida yana boshqa tillar ham bo'lishi mumkin. Hullas, siz qachonki brauzerdan 
kerakli sayt nomini kiritganingizda bu so'rovingiz DNS serverdan saytga mos IP bo'yicha 
kerakli serverga boradi, so'rovingiz Brauzerda kiritilgani uchun ham ko'pincha standart 
HTTP protokoli bo'yicha yuborilgani uchun uni Web server kutib oladi va so'rovingizga 
mos papkadan index faylni qidirib topadi. Undagi bog'lanishlardan kelib chiqib kerakli 
fayllarni yuklaydi, bu fayllarni kengaytmasiga qaraydi, agar kengaytmasi .html bo'lsa uni 
shundoq, aks holda masalan .php bo'lsa PHP serverdagi interpretator orqali brauzer 
tushunadigan tilga tarjima qildiradi(shuni ichida ma`lumotlar bazasidan ham kerakli 
ma`lumotlar yuklab olinadi) va natijani sizni brauzeringizga jo'natadi.
PHP dasturlash tili yordamida sayt yaratish uchun avvalo o'z shaxsiy komputeringizda 
Virtual server o'rnatishingiz lozim. Masalan Denwer, yoki XAMPP yoki WAMPP 
Brauzeringiz o'zi tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini ekraningizda sizga 
ko'rsatib beradi va siz tayyor saytni ko'rasiz. Demak, agar web dasturlash bilan 
shug'ullanaman deydigan bo'lsangiz, minimum: HTML, CSS, JavaScript, PHP, MySQL 
larni bilishingiz kerak ekan.
Bunda HTML-> Sayt karkasini yasaydi, CSS- saytni pardozini(dizaynini) amalga 
oshiradi, Javascript - saytni dinamikasi(haraktlarini) ta`minlaydi, PHP - saytni mantiqiy 
amallarini bajaradi(masalan siz login bo'lganmisiz, yoki yo'qmi, login bo'lgan bo'lsangiz 
sizda nimalar chiqadi, aks xolda nimalar...), MySQL - PHP bilan hamkorlikda saytga 
ma`lumotlar bazasidan ma`lumotlarni o'qib olish, yozish, o'zgartirish uchun xizmat 
qiladi.

Download 4,03 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari)

Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish