TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
105
II QISM
1. Zamonaviy dasturlash tillari.
Reja:
1.
Dasturlash va tarixi.
2. Kompyuterda dasturlash va dasturlash turlari.
3. Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari.
4. Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari)
Tayanch so‘z va iboralar: Dasturlash, Charles Babbage, Basic, Pascal, C,
Assembler,
Algoritmik til, Mashina tili, Web dasturlash vositalari, Visual C++, C#, Borland Delphi,
Borland C++, Java,
Phyhon
Dasturlash – kompyuterlar va boshqa mikroprosersorli elektron mashinalar
uchun dasturlar tuzish, sinash va o`zgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash
yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi.
Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni
ancha oson kechadi.
Dasturlash tarixi
Ada Lovelacening birinchi kompyuter dasturi
Dunyoda eng birinchi kompyuter dasturi 1842-43-yillarda Ada
Lovelace tomonidan Charles Babbage yaratgan analitik mashina uchun yozilgan bo`lib,
bu matematikadagi Bernulli sonlarini hisolbashga mo`ljallangan edi. Bu dastur faqat
qo`lda amalga oshirilishi (mexanik) mumkin edi, chunki o`sha davrda hali bunday
vazifani amalga oshira oladigan mashinalar yaratilmagan edi.
Perfokartadagi eng birinchi dastur
1936 - yilda nemis olim Konrad Zuse o`zining nomini olgan Z1 va Z2 hisoblash
mashinalari uchun perfokartalardagi buyruqlar tizimidan
iborat birinchi kompyuter
dasturini yaratdi. Ushbu hisoblash mashinasi 4 ta asosiy matematik amallar va kvadrat
ildiz chiqarish amalini binar qoldiqli sonlarda bajara olgan.
Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish,
qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar
berishdir.
Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan
dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o'rganish yo'llari haqida
suhbatlashamiz.
Kompyuter dunyosida ko‘plab dasturlash tillari mavjud bo‘lib, dasturlash va unga
qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan
dasturlarni Basic,
Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal
tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo‘lib, quyi yoki
o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo‘lsa,
u tilga yuqori
darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan
iboratdir, Masalan: 010110100010101.
Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili.
Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi
va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan:
assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda
turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi.
EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan
paytda programma tuzishda,
faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan amallarning
kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
106
lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Programma mazkur
sanoq sistemasidagi sonlar
vositasida kiritilgan.
Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan
(yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning
asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar
bilan belgilanadi,
hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday
mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi.
Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida
amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli
dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.