Elеktron pullar tushunchasi. Elеktron pul – bu pul birligiga tеnglashtirilgan bеlgilar
hamda kupyura va tanga rolini bajaruvchi juda katta son yoki fayllardir. Bunday
tizimning faoliyat ko’rsatish harajatlari boshqalaridan ancha kam. Bundan tashqari,
elеktron pullar to’liq anonimlikni ta'minlashi mumkin, chunki uni ishlatgan mijoz haqida
hеch qanday ma'lumot bеrilmaydi.
Elektron raqamli imzo - Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron
raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil
qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi
axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini
identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan
shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan
imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish
natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar
blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning
butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi
kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni
layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari
roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.
Nazorat savollari 1. Elektron hukumat nima?
2. Elektron hukumat to`grisidagi qanday qaror va farmonlar bor?
3. Elektron hukumatninig 3 tamoyilini tushuntirib bering
4. Elektron pul nima?
5. Elektron imzo haqida tusshuncha bering
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
97
17. Axborot xavfsizligi, ximoyalash usullari
Reja:
1. Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalarsh;
2. Kompyuter viruslari
3. Antiviruslar