TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
92
bormoqda. Hozir ular 187,24 mln. kishini tashkil qiladi. Bugungi kunda Internet 50000
dan ortiq alohida tarmoqlami bog'laydi.
Intranet - internet
texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokol-lari asosida tashkil etilgan
hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini
beruvchi, korxona yoki konsem miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi
kompyuter tarmog'i.
Internet xizmatlari deganda tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat:
WWW - grafik, audio va video materiallarni o'z ichiga olgan gipermatnli hujjatlarni
ko'rish va topish;
telnet - kompyuterga uzoqdan bog'lanish; ftp - fayllarni uzatish;
e-mail - xabarlami uzatish;
usenet - elektron e’lonlar taxtasi, telekonferensiyalar; gopher - matnli hujjatlarni ko'rish
va topish.
WWW - Intemetning eng ommabop xizmat turi. Unga ulamsh uchun kompyuter bilan
modem yetarlidir. Shu tufayli Butun dunyo tarmog'i butun
olam axborotlar ombori -
kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWW da ma’lumotlar sahifalarda
joylanadi. WWW sahifalari soni so'nggi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalar
egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar,
tashkilotlar, jumal va ro‘znomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu sahifalarda turli-tuman
ma’lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqatishning eng
qulay usulidir.
World Wide Web xizmati (WWW). Bu xizmatni, odatda, Internet bilan tenglashtiradilar.
Aslida WWW xizmati - bu Intemetning ko‘p tarmoqli xizmatlaridan biridir.
World Wide Web - Web-serverlarda saqlanayotgan va o‘zaro bog‘langan millionlab
elektron hujjatlaming yagona ma’lumotlar fazosi. Web-fazolar (пространство Web) ning
alohida olingan hujjatlari Web-sahifalar (Web-страницы) deb yuritiladi. Web-
sahifalaming ma’lum mavzuga birlashtirilgan'guruhlarini Web-tugunlar (Web-узел) yoki
Web-sayt yoxud oddiy sayt deb yuritiladi. Bitta Web-server yetarli darajada ko'p saytlami
o‘zida mujassamlashtirishi mumkin.
Ulaming har biriga, odatda, serveming qattiq diskida
alohida katalog ajratiladi. Terminalli rejim. Tarixan kompyutemi masofadan turib
boshqa rish xizmati Telnet bilan bog'liq. Masofadagi kompyuter ishini kerakli protokol
xizmati orqali boshqarish «konsolli» yoki «terminalli» boshqarish deb yuritiladi.
Intemetda Telnet dan texnik obyektlami, masalan, «teleskop», «videokamera»,
sanoatdagi robotlami masofadan turib boshqarishda foydalaniladi.
Elektron pochta (E-mail). Bu xizmat turi ham dastlabki elektron xizmatlardan
hisoblanadi. Internetda uni ta’minlash uchun maxsus pochtali serverlar ishlatiladi. Shu
narsaga e’tibomi qaratmoq kerakki, «server» deganda maxsus ajratilgan kompyuter
tushunilmaydi. Bu yerda va bundan keyin «server» sifatida dasturiy ta’minot ham
tushunilishi mumkin. Bundan
shunday xulosa kelib chiqadiki, Internetda bitta kompyuter
bir nechta server va har xil xizmatlar vazifasini bajarishi mumkin.
Telekonferensiya xizmati elektron pochta xizmatining har tomonga tarqatish xizmatiga
o'xshab ketadi. Telekonferensiya xizmatida xabar bitta muxbirga yuborilmay, balki bir
guruh muxbirlarga uzatiladi (bunday guruhlar telekonferensiyalar yoki yangiliklar guruhi
deb ataladi). Yangiliklar guruhi uzatilayotgan serverdan boshqa hamma serverlarga
jo'natiladi. Bu jarayon vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi. Har bir serverga tushgan xabar
chegaralangan vaqt mobaynida (odatda, bir hafta) saqlanadi. Ushbu davr mobaynida
xohlovchilar xabarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Bir sutka ichida hamma
tomonga tarqatilgan xabarlar butun yer shariga tarqaladi. Keyinchalik bu xabarlar asta-
sekin o'chiriladi, chunki serverga ushbu xabarlar qaytajo'natilmaydi. Har kuni dunyo
miqyosida millionga yaqin xabarlar tarqatiladi. Ularning orasidan kerakli xabarlarni topib
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
93
olish amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun, telekonferensiya tizimi mavzular
guruhiga bo'lingan.
Fayllarni uzatish xizmati (FTP). Internet xizmatlari orasida fayllami qabul qilish va
uzatish ancha katta foizni tashkil etadi. Dastur fayllarini,
katta hajmdagi hujjatlarni
(masalan, kitoblami) hamda arxiv ma’lu-motlarini fayllar ko'rinishida uzatishga zaruriyat
tug'iladi.
FTP xizmati dunyo tarmog'ida o'z serverlariga ega bo'lib, unda arxiv ko'rinishidagi
ma’lumotlar saqlanadi.
FTP protokoli server va mijozlar o'rtasidagi ikkita TCP qo'shilmalar (соединения) bilan
bir vaqtda ishlaydi. Birinchi qo'shilma bilan ma’lumotlar uzatiladi. Ikkinchi qo'shilmadan
ma’lumotlami boshqarishda foydalaniladi. FTP protokol serverga murojaat qilgan
mijozning qayd etish vositasini ham taklif qiladi. Bu usul bilan, odatda, kommersiyali
serverlar va chegaralangan serverlar o'zlarida qayd etilgan kliyentlarga
foydalanuvchining ismini va u bilan bogiiq parolni kiritishni talab qiladi. Ammo o'n
minglab FTP serverlar mavjudki, ular anonim ko'rinishda o'zlarining xizmatini taklif
etadi. Bu holda foydalanuvchilar ism sifatida anonymous so'zini va parol sifatida elektron
aloqa xizmatini kiritishlari kifoya. Ko'p holatlarda FTP xizmati buni
avtomatik ravishda
bajaradi.
IRC xizmati (Internet Relay Chat). Bu xizmat real vaqt mobay nida bir nechta kishilami
o'zaro to'g'ridan to'g'ri muloqot qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ayrim hollarda IRC
xizmatini chat-konferensiya yoki oddiy chat deb ham aytadilar. Telekoferensiyalardan
farqli o'laroq, chat-konferensiyalarda muloqot bitta aloqa kanali doirasida amalga
oshirilib, unda bir nechta odam ishtirok etishi mumkin. IRC xizmatini qoilab-
quwatlaydigan serverlar va tarmoqlar bilan ishlay digan bir qancha imtiyozli mijozli
dasturlar mavjud. Ulardan eng imtiyozlilaridan biri - mIRC.exe dasturidir.
ICQ xizmati. Bu xizmat intemetga (ayni vaqtda) ulangan kishi ning IP-tarmoqdagi
adresini izlab topishga mo'ljallangan. Ko'pgina foydalanuvchilar doimiy IP-adresga ega
emaslar. Shuning uchun ushbu xizmatga zaruriyat tug'ilgan.
Bu xizmatdan foydalanish
uchun uning markaziy serverida qayd qilinish (http://www.icq.com) va shaxsiy nomer
UIN (Universal Internet Number) olish kerak. Bu nomemi hamkorga uzatish mumkin. Bu
holda ICQ xizmat Intemet-peyjer ko'rinishidagi xizmat turini bajaradi. UIN nomemi
bilgan holda uning IP-adresini bilmasangiz ham, uning markaziy server xizmati orqali
hamkor bilan ulanish uchun xohish borligi haqidagi xabami jo'na-tish mumkin.