• Tayanch so‘z va iboralar
  • Axborot tizmlari va texnologiyalari




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

    Nazorat uchun savollar.
    1. Matlab tizimi haqida ma’lumot bering. 
    2. m-fayl nima? 
    2. MathCad tizimining imkoniyatlari haqida gapiring 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    88 
    3. MathCad tizimini qo’llash sohalari haqida gapiring 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    89 
    15. Kompyuter tarmoqlari 
    Reja: 
    1. Kompyuter tarmog‘ining arxitekturasi, uning modeli va protokollari 
    2. Lokal va global tarmoqlarning xususiyatlari.
    3. WWWda axborotlarga kirish, izlash, WWWga axborotlami joylashtirish.
    Tayanch so‘z va iboralar: tarmoq, protocol, Local-Area Network, Campus-Area 
    Network, Metropolitan-Area Network, internet, WWW, FTP, IP, kliyent, server, electron 
    pochta, electron manzil 
    Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablari-dan biri uning resurslaridan 
    hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali 
    foydalanuvchilar bir vaqtning o'zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar 
    bilan ishlashi mumkin. Bu 
    holat axborot tashuvchilardagi joyni, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuyining 
    birgalikda ishlatilishi esa mablag'ni tejaydi. Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash 
    ishonchliligi ortadi, chunki qimmatli axborotlami juda oddiy usulda qayta nusxalash 
    mum-kin. Shuningdek, alohida foydalanuvchilar o'rtasida axborot almashish 
    yengillashadi. Bugungi kunga kelib, ayniqsa, bank faoliyatida, tarmoq (ko'p 
    foydalanuvchi) dastur mahsulotlaridan keng foydalanilmoqda. Ular foydalanuvchilar 
    so'rovini mujassamlashtiradi, ayni vaqtda axborotdan foydalanish imkonini beradi. 
    Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o'zaro hamohang ishlay oladigan 
    kompyuterlar majmuyiga tarmoq deyiladi. Tarmoqlami turli me'yorlarga ko'ra sinflarga 
    ajratish mumkin. Bular:
    1) o'tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatishtezligiga muvofiq: 
    - past 100 Kbit/ s gacha; - o'rta 0,5-10 Mbit/s gacha; 
    - yuqori 10 Mbit/s dan ortiq; 
    2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o'lchoviga 
    muvofiq: 
    - LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa); 
    - CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar 
    orqali ulanish, ammo bir-biridan bir-muncha uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq; 
    - MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloq:\ uzatish (100 Mbit/s), katta 
    radiusga (bir necha o‘n km) axboroi uzatish imkoniyatiga ega kengaytirilgan tarmoq; 
    - WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar 
    bilan ta’minlangan alohida tarmoqlami birlashtiruvchi yirik tarmoq; 
    - GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit'alararo) tarmoq; 
    3) tarmoq tugunlari turi bo'yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ulaming alohida 
    elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta 
    kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi 
    alohida komp­ yuterlar (ulami yana ishchi stansiyalar deb ham yuritishadi) tugun-larga 
    misol bo‘la oladi. Unchalik katta bo'lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog'i uchun 
    tugun bo'ladi; 
    4) tugunlar munosabatiga ko'ra: 
    - bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo'lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar 
    (bu yerda hamma kompyuterlar ham «mi-joz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, 
    ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko'rsatishni ta’minlovchi bo'lishi 
    mumkin). Macalan, WINDOWS OS tarmog'i; 
    - taqsimlangan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga 
    xizmat ko'rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi; - server (Server based) yoki 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    90 
    markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu yerda tarmoqning bosh elementi 
    serverdir. Qolgan tugunlar serveming resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, 
    Novell NetWare, Microsoft LAN Manager va boshqalar). 
    5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo'yicha (tarmoq OS):
    gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi 
    (masalan, WINDOWS OS tarmog'i);
    geterogenli - bir vaqtning o'zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi 
    (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
    Tarmoq xizmati 
    Tarmoqda bir necha xil serverlar bo'lishi mumkin. Kompyuter tarmog'i o'z mijozlariga 
    qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ulaming xizmati qanday bo'lishi juda muhimdir. 
    Ular bilan tanishamiz: - fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqla-
    nuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Server barcha ishchi stansiyalardan 
    fayllaiga kirish imkonini berishi zarur. Bunda bir vaqtning o'zida turli stansiyalardan bir 
    xil so'rov kelganda, axborotlami himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi; 
    - print-server umumiy holda ko'pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat 
    ko'rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlami qabul qila olishi va 
    ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak; 
    - faks-server - mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat 
    ko'rsatishni ta’minlaydi. Bu go'yo axborot chiqarishga o'xshaydi (printer kabi). Faks-
    server olgan faksimil xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi. Bundan tashqari, 
    tarmoqda quyidagi xizmatlar bo'lishi mumkin: 
    - elektron pochta (E-mail) - mijozlar o'rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda 
    joylashgariligidan qat'i nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu yerda jarayon xuddi 
    oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o‘z adresiga ega. Uni jo'natuvchi desak, qabul 
    qiluvchi ham o'z adresiga ega. «Xat» pochta qutisi (ya’ni pochta serveri)ga tashlanadi va 
    pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga yetkaziladi, ya’ni bu 
    yerda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi 
    kompyuterda joylashtirilgan bo'ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi. Ohang, 
    tovush kartalari yoki ovozli modemlar hatto tovushlarni ham uzatish imkonini beradi; 
    - bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki 
    yoki undan ortiq mijozlar o'zaro axborot almashinishi tushuniladi, ya’ni bir kompyuter 
    klaviaturasida terilgan axborotlar ayni vaqtning o'zida boshqa kompyuter ekranida paydo 
    bo'laveradi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia 
    vositalarini qo'llaganda videokonferensiyalar o'tkazish imkoniyati tug'iladi. Bunday 
    holatlarda kompyuterlar yuksak unum-dor va tarmoqning o'tkazish qobiliyati kuchli 
    bo'lishi lozim. 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish