• MathCAD tizimi va uning vazifalari.
  • Axborot tizmlari va texnologiyalari




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

    m-fayllar deyiladi. m-fayllar ikki turga bo‘linadi: function va script m-fayllardir. 
    m –fayllar yaratishda Matlab tilining quyidagi qoidalariga amal qilinishi lozim: 
    o‘zgaruvchilar e'lon qilinmaydi, metkalar ishlatilmaydi, shartsiz o‘tish operatori go to 
    ishlatilmaydi, dastur tugallanganligi qayd qilinmaydi. 
    M-fayllar bilan ishlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
    Asosiy (script-fayl) va qism dastur (function-fayl)larni ishlab chiqish
    Matlabda M-fayllarni yaratish, tahrirlash va saqlash; 
    M-fayllarni ishga tushirish; 
    M-fayllarni sozlash. 
    MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har qanday 
    mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U hozirgi vaqtda 
    mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga oshiradi, jumladan
    ob'ektga-mo‘ljallangan va vizual dasturlashni ham. Umuman olganda, MATLAB 
    tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va oyalarini amalga 
    oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi. 
    MathCAD tizimi va uning vazifalari. MathCAD bu matematikaning turli sohalaridagi 
    masalalarini yechishga mo’ljallangan ajoyib sistemadir. Dasturning nomlanishi ikkita 
    so’zdan iborat bo’lib – MAThmatika (matematika) va CAD ( avtomatik loyihalash 
    sistemasi). 
    MathCAD ni o’rganish juda oson bo’lib, uni ishlatish soddadir. Ushbu dasturni 
    boshqarish Windows muhitida oldin ishlaganlar uchun intuitiv tushinarlidir. MathCADni 
    juda ko’p sohalarda sodda hisoblashlarni hisoblashdan tortib to elektrik sxemalarni 
    qurishgacha ishlatish mumkin.
    MathCAD formula, sonlar, matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal sistemadir. 
    MathCAD tili matematika tiliga juda ham yaqin, shu sababli unda ishlash matematiklar 
    uchun juda oson.
    Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun 
    bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida 
    MathCAD oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar 
    tizimidir.
    Umuman olganda MathCAD – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli 
    usullarini qo’llashning noyob majmuasi. U o’z ichiga ko’p yillar davomida 
    matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik 
    hisoblash usullarini jamlagan. 
    MathCAD paketi muhandislik va matematik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita 
    bo’lib, uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differentsial 
    tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan 
    yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. MathCAD murakkab 
    masalalarni yechish uchun o’z dasturlash tiliga ega.

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish