Nazorat uchun savollar.
1. Loyiha nima?
2. ATL deganda nimani tushunasiz?
3. Avtomatlashgan loyihalash tizimlari haqida gapiring.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
85
4. AutoCad dasturi haqida umumi ma’lumot bering
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
86
13-14. Matlab, MathCad tizimlari va ularning imkoniyatlari
Reja:
1. MATLAB dasturi.
2. MathCAD tizimi va uning vazifalari.
Tayanch iboralar: MATrix LABoratory, script-fayl, function-fayl, m-fayllar, Maple,
MAThematika ( matematika), CAD ( avtomatik loyihalash sistemasi), interfeysi.
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun
Eureka, Gauss, Derive, Mathcad, Mathematica, Maple va boshqa dasturiy tizimlar va
dasturlarning to‘plamlarini taklif qiladi. Ular orasida MATLAB imkoniyatlari va
maxsuldorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
MATLAB – bu vaqt sinovidan o‘tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish
tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo‘llashga asoslangan tizimning nomi
MATrix LABoratory matritsaviy laboratoriyada o‘z aksini topgan.
Matritsalar murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra masalalarini
yechishda va dinamik tizimlar hamda ob'ektlarni modellashda keng qo‘llaniladi. Ular
dinamik tizimlar va ob'ektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va
yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bunga MATLABning kengaytmasi Simulink misol
bo‘lishi mumkin.
MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib universal
integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. «Integrallashgan» so‘zi bu
tizimda qulay ifodalar va izohlar tahrirchisi, hisoblagich, grafik dasturiy protsessor va
boshqalar o‘zaro birlashtirilganligini bildiradi.
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni
an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan va imkoniyatlari keng
dasturlash tili bilan ta'minlashdir. Uning dasturlash tillari bilan integrallashuvi dasturning
kengayuvchanligiga olib keldi.
MATLAB asosan matematik hisoblashlar, algoritmlarni yaratish, modellash,
ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish, ilmiy va injenerlik grafikasi,
ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar.
MATLAB kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson
moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo‘l bilan kengayishi va bu
kengayish m-fayllar ko‘rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning
kengayishlari kompyuterning doimiy xotirasida saqlanadi va MATLABning biriktirilgan
(ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi.
Foydalanuvchi m-fayl matnli formatga ega bo‘lganligi sababli unga har qanday yangi
buyruqni, operatorni yoki funksiyani kiritishi va keyin undan biriktirilgan funksiya yoki
operator kabi foydalanishi mumkin. MATLAB da yangi yaratilgan funksiya yoki
prosedura fayl ko‘rinishida diskda saqlanishi sababli operator va funksiyalar soni amalda
chegaralanmagan. MATLAB ko‘plab amaliy masalalarni yechish imkoniyatini beruvchi
operatorlar va funksiyalarga ega. Ular yordamida ko‘plab amaliy masalalarni yechish
mumkin. MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har
qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U hozirgi
vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga oshiradi, jumladan,
ob'ektga mo‘ljallangan va vizual dasturlashni (Simulink vositalari yordamida) ham.
Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun o‘z
fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
87
Matlab dasturlash tili yoki Matlab tili – ma'lumotlarni matritsa ko‘rinishida berilishi,
hisoblash imkoniyatlari va grafik vositalarining kengligi nuqtai nazaridan olganda, yuqori
darajali algoritmik til hisoblanadi. Shu o‘rinda, Matlab tili faqat Matlab muhitida
dasturlar yaratish va ishlatish uchun xizmat qiladi. Foydalanuvchilarni Matlabda
yaratiladigan barcha dasturlari diskda saqlanadi va m kengaytmaga ega, shu sababli ular
|