• Rang toni
  • Axborot tizmlari va texnologiyalari




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

    RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko‘k birlamchi ranglarning 
    bosh xarflaridan olingan bo‘lib, ushbu ranglarning turli proporsiyalarda aralashtirish 
    natijasida ko‘rinuvchi spektrning turli xil boshka ranglarini olish mumkin. Birlamchi 
    ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yelow) 
    ranglar xosil bo‘ladi. 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    77 
    10.1-rasm. RGB modeli. 
    RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. 
    R=255, G=255, B=255 bo‘lganda oq rang, R=0, G=0, B=0 bo‘lganda esa qora rang xosil 
    qilishimiz mumkin. 
    CMYK modeli bo‘yoqlarning nurni yutish qobiliyatiga asoslangan. Oq rangning nur 
    o‘tuvchi bo‘yoqdan o‘tishida spektrning bir qismi yutiladi. YUtilmagan nur qaytadi va 
    odam ko‘ziga tushadi. 
    10.2-rasm. CMYK modeli. 
    Ranglar moviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq (Yellow) ranglar aralashmasidan 
    paydo bo‘ladi. Ularning to‘liq aralashmasidan qora (blacK) rang xosil bo‘ladi. 
    Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. 
    HSB(HSV) modeli. Model nomi unga asos bo‘lgan uch komponentning bosh xarflaridan 
    olingan: Hue - rang toni; Saturation - to‘yinganlik; Brightness - yorqinlik. Model odam 
    ko‘zining rangni xis qilish qobiliyatiga asoslangan. 
    Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapszondagi burchak kattaligi Bilan tavsiflanadi. 
    To‘yinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir. U kul rangning boshqa 
    rangga nisbati bilan aniqlanadi (0% – kul rang, 100% – to‘la to‘yingan rang). 
    Rangning yorqinligi 0 dan 100 gacha o‘zgarishi mumkin. 
    Nazorat uchun savollar.
    1. Kompyuter grafikasi nima? 
    2. Kompyuter animatsiyasi nima? 
    3. Rastrli grafikaning asosi nima? 
    4. Vektorli grafikada tasvir yaratish prinsiplarini sanab o‘ting. 
    5. Qanday dasturlar rasm chizish uchun mo‘ljallangan? 
    11. Multimediya texnologiyalari 
    Reja: 
    1. Multimedia tushunchasi.
    2. Multimedia vositalarini turli sohalarda qo‘llanilishi. 
    3. Multimedia dasturiy vositalari.


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    78 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish