TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
72
10. Kompyuter grafikasi.
Reja:
1. Kompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi.
2. Kompyuter grafikasi turlari.
3. Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
4. Kompyuter grafikasida rang tushunchasi. Rang modellari.
Tayanch so‘z va iboralar: grafika,
animatsiya,
vektorli grafika,
raastrli grafika, uch
o’lchovli grafika, 3D, piksel,
rang modeli, RGB
Kompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi.
Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to‘laqonli
grafik tizimlar mavjud bo‘lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (KG)
va kompyuter
animatsiyasi (KA) atamalaridan foydalaniladi.
Kopyuter grafikasi tushunchasi
statik
tasvirlar bilan ishlashning barcha ko‘rinishlari o‘z ichiga olsa
kompyuter animatsiyasi
dinamik o‘zgaruvchi tasvirlar Bilan ishlaydi.