• Свойства поля
  • Tanlab olish so‘rovlari.
  • «Конструктор»
  • «Добавление таблицы»
  • «Поле» (Maydon)
  • «Имя таблицы» (Jadval nomi)
  • «Условие отбора»
  • ОПИСАНИЕ – yozuv uchun nomli maydonga esa Имя поля




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

    ОПИСАНИЕ – yozuv uchun nomli maydonga esa Имя поля- maydon nomiga tegishli 
    bulgan malumotlar kiritilishi mumkin. Masalan: Maxsulot guruxi nomli maydon 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    67 
    qatorining yozuvlar qatoriga biz biror bir maxsulotlar guruxini kiritishimiz mumkin. 
    YA’ni misol tariqasida Kompyuter deb yozishimiz mumkin. Maxsulot Nomi nomli 
    maydonning yozuvlar qatoriga esa shu guruxga (Kompyuter) tegishli bo‘lgan maxsulotlar 
    nomini yozishimiz mumkin. Misol tariqasida MOUSE (sichqoncha) deb kiritishimiz 
    mumkin.
    Свойства поля – maydon hususiyatlari noli bo‘lim esa o‘zida yuqoridagi maydonlarni 
    hususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
    Mana MS Access dasturida qanday qilib jadval yaratishni ham ko‘rib chiqdik. Jadval 
    yaratish mobaynida ushbu usullardan qaysi biri ma’qul va qulay bo‘lsa o‘sha usulni 
    tanlab jadval yaratish kerak.
    So‘rovlar yaratish 
    Amaliyotda dastlabki yaratilgan jadvaldan yozuvlarning bir qismini (ma’lum mezonlar 
    bo‘yicha) tanlab olish va tartiblash zarurati ko‘plab tug‘ilib turadi. Tanlash mezonlari 
    bir qator shartlar majmuasi bilan aniqlanishi mumkin. 
     Tanlab olish so‘rovlari. So‘rovlarning eng ko‘p uchraydigan turi bu tanlab olish 
    so‘rovlaridir. Uning maqsadi MO ma’lumotlari orasidan berilgan shartlarga 
    bo‘ysunadigan ma’lumotlarni tanlab, natijaviy jadvalni chop etishdir. So‘rovlarni yaratish 
    uchun MOda maxsus so‘rovlar tili mavjud. U SQL deb ataladi.
    1. Ombor uchun so‘rov yaratishda MOning создание menyusidan konstruktor zaprosov 
    uskunasini tanlaymiz.
    2. «Конструктор» holatida so‘rovni yaratish, MOdan mana shu so‘rov asosini tashkil 
    etadigan jadvallarni tanlashdan boshlanadi.
    3. Jadvalni tanlash «Добавление таблицы» (Jadvalni qo‘shish) muloqot oynasida 
    bajariladi. Unda MOdagi barcha jadvallar ro‘yxati aks etgirilgan bo‘ladi.
    9.6-rasm 
    4.«Добавление таблицы» (Jadvalni qo‘shish) oynasida uchta ilova «таблицы» 
    (jadvallar), «Запросы» (so‘rovlar) va «таблицы и Запросы» (jadvallar va so‘rovlar) 
    borligiga e’tibor berish kerak.
    5. Namuna bo‘yicha so‘rov blankasi ikkita panelga ega. Yuqori panelda so‘rovga asos 
    bo‘ladigan jadvallar maydonlarining ro‘yxati joylashadi.


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    68 
    9.7-rasm 
    6. Quyi panel satrlari so‘rov tuzilmasini, ya’ni so‘rov natijasida olingan ma’lumotlar 
    joylashadigan natijaviy jadval tuzilmasini aniqlaydi. 
    7. Quyi paneldagi «Поле» (Maydon) satri blankining yuqori qismidagi maydonlar 
    nomini olib o‘tish bilan to‘ldiriladi. Yaratiladigan natijaviy jadvalning har bir maydoniga 
    namuna bo‘yicha so‘rov blankining bitta ustuni mos keladi. Quyidagi rasm.
    9.8-rasm 
    10.«Имя таблицы» (Jadval nomi) satri maydonlar olib o‘tilayotganda avtomatik 
    ravishda to‘ldiriladi. 
    11. Agar «Сортировка» (Saralash) satrida sichqoncha tugmachasi bosilsa, saralash 
    turlarini ko‘rsatuvchi ro‘yxatni ochadigan tugmacha paydo bo‘ladi. 
    12.«Условие отбора» (Tanlash sharti) satrida natijaviy jadvalga kiritish uchun 
    yozuvlarga qo‘yiladigan mezon (shart) yoziladi. Har bir maydon uchun o‘zining tanlash 
    sharti bo‘lishi mumkin. Bizning misolimizda esa [Familiya kiriting] sharti yozilgan
    9.9-rasm 
    Bundan maqsad shuki so‘rovni ishga tushirganimizda hosil bo‘lgan muloqot oynasida 
    [Familiya kiriting] sharti bilan familiya kiritish imkoniyatini beruvchi yozuv maydoni 
    hosil bo‘ladi. Quyidagi rasm. 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    69 
    9.10-rasm 
    Shu o‘rinda eslatma o‘rnida shuni alohida ta’kidlash mumkinki ushbu shartlarni biz 
    hohlagan maydon nomlariga qo‘yishimiz mumkin bo‘ladi. Buning uchun konstruktor 
    usulida so‘rovni hosil qilishda quyi paneldagi «Поле» (Maydon) satri blankining yuqori 
    qismidagi maydonlar nomini olib o‘tish jarayonida qaysi nomni oldin – birinchi olib 
    o‘tishimizga bog‘liqdir.
    13. So‘rovni ishga tushirish «Вид»(Ko‘rinish) tugmachasini bosish orqali bajariladi. Unda 
    natijaviy jadval hosil bo‘ladi.
    14. Natijaviy jadvaldan chiqish va namuna bo‘yicha so‘rov blankasida yangi so‘rovni 
    yaratishga qaytish uchun «Вид»(Ko‘rinish) tugmachasini takroran bosish kerak.

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ОПИСАНИЕ – yozuv uchun nomli maydonga esa Имя поля

    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish