TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
103
Masofaviy ta’limni qo ‘llashning bir qator ustunlik va qulaylik tomonlari mavjud,
jumladan:
• ta’lim vaqti ixtiyoriy, talaba istagan vaqtida o'qishi, o‘rganishi mumkin;
•mashg'ulotlami auditoriyada o‘tish shart emas;
•talabalarga mustaqil shug'ullanishni o‘rgatadi;
•o‘qituvchilardan yuqori tayyorgarlikni talab qiladi;
•talabalar amaliy va sifatli bilim olishlari mumkin;
•talabalarning mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanadi;
• talabalarda texnik qurilmalar bilan ishlash, kompyuter, Internet, elektron pochta
tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasi rivojlanadi;
•ta’lim arzonga tushadi. Ayniqsa, kam ta’minlangan o’llalardagi iqtidorli yoshlarning
bilim olishiga yangi sharo’lt paydo bo’ladi;
• agar ta’lim olishga vaqt kam bo’lsa yoki ta’lim muassasasi yashash joyidan uzoqda
bo’lsa, kishi o‘zi uchun qulay vaqtda ishdan ajralmagan holda ta’lim olishi mumkin;
• ta’lim olish chegara tanlamaydi, ya’ni talabalar boshqa joylarda - viloyatda turib ham
bilim olishi mumkin.
Shu bilan birga kelajak uchun muammo bo’lmagan kamchiliklari ham mavjud:
• foydalanishda zarur kompyuter va texnika qurilmalari albatta mavjud bo’lishi;
• kerakli texnologiyalardan foydalanishda yetarli ko‘nikmaga ega bo’lishi;
• texnik ko‘rsatkichlarga tobe bo'lishi kabilardir.
MT kurslari katta yoshdagilar, o'z mutaxassisligini yoki malakasini oshirmoqchi
bo’lganlar, o'qish uchun vaqti chegaralanganlar yoki salomatligi bo'yicha cheklangan
kishilar uchun eng qulay o'qish shakli hisoblanadi. Bugungi kunda MT (e-Leaming)
kurslaridan dunyoda 100 mln. dan ortiq tinglovchilar foydalanadilar.