TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
113
bajariladi. Server tomonida bajariluvchi stsenariylar
esa Web-server yordamida
bajariladi.
Klient tomonidagi stsenariylar.
Klient tomonidagi stsenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni
to’g’riligini serverga murojaat qilmasdan tekshiradi. Ko’p hollarda bu stsenariylar
JavaScript va VBScript tillarida yoziladi.
JavaScript
JavaScript – bu til Netscape va Sun Microsystems tomonidan yaratilgan bo’lib, Web-
sahifaning fo’nktsional imkoniyatlarini orttirish maqsadida qo’llaniladi.
JavaScript yordamida odatda ma’lumotli va muloqot
oynalarini chiqarish, animatsiyalarni
ko’rsatish kabi vazifalarni bajarish mumkin. Bundan tashqari, JavaScript-stsenariy ba’zan
o’zi ishlab turgan brauzer va platforma tipini aniqlash mumkin. JavaScript-stsenariylar
foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni to’g’riligini tekshirishda ham
qulay hisoblanadi.
VBScript
VBScript tili Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan bo’lib,
Visual Basic tilining
bir qismi hisoblanadi. VBScript tili Internet Explorer va Microsoft Internet Information
Server (IIS) lar bilan ishlashga mo’ljallangan tildir.
VBScript tilining JavaScript tili bilan umumiy qisimlari bir nechta,
jumladan u aynan
Microsoft Internet Explorer bilan ishlash va uning qo’llanish sohasini cheklay olish
imkoniyatiga ega. VBScript interpretatorli
til hisoblanib, Microsoft ning Web-
texnologiyalari
bilan hamkorlikda ishlay oladi, masalan ASP (Active Server Page) bilan.
SHunga qaramay VBScript klient tomonida ishlovchi stsenariy hisoblanadi, ASP esa
server tomonida ishlaydi.