• ASP (Active Server Pages)
  • Server tomonidagi stsenariylar




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

    Server tomonidagi stsenariylar
    Server tomonida bajarilishi kerak bo’lgan stsenariylar odatda sayt papkasining ichidagi 
    maxsus papkaga joylashtiriladi. Foydalanuvchi so’roviga asosan server bu stsenariyni 
    bajaradi. Bajarilgan stsenariy natijasi web-serverga uzatiladi va undan so’ng klientga 
    uzatiladi. Server tomonidagi stsenariylarni tashkil etish uchun odatda Perl, ASP, PHP, 
    JSP i SSI kabi til va texnologiyalardan foydalaniladi.
    Perl
    Perl tili Web-ilovalar yaratishda eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. Matnlarni 
    qidirish va taxrirlash, fayllar bilan qulay ishlay olish qoidalari bilan Perl tili Internet ning 
    asosiy tillaridan biri bo’lib qoldi. Perl – interpretatorli til hisoblanadi, shu bois unda 
    yaratilgan stsenariylar ishlashi uchun server kompьyuterda Perl-interpretator o’rnatilgan 
    bo’lishi kerak.
    Bevosita Perl-kodning interpretatsiya qilinish jarayoni uning samaradorligini pasaytiradi. 
    Bugungi kunda Perl ning asosiy yutuqlaridan, uning barcha platformalar uchun ishlay 
    olishi va uning barcha resurslari bepul tarqatilayotganligidir. Ko’pgina Web-serverlar 
    UNIX da ishlaydi, Perl interpretator esa bu operatsion tizimning bir qismi hisoblanadi.
    ASP (Active Server Pages)
    ASP-ma’lumotlar bazalari tashkil etish va ular bilan ishlash vazifalarini bajarishda juda 
    moslashuvchan, qulay vositadir. ASP vositalari server tomonida ishlaydi va HTML-kod 
    va stsenariylar kabi foyllarni qayta ishlaydi. ASP texnologiyasi VBScript, Java va 
    JavaScript tillarini qo’llab quvvatlaydi. ASP-kod ixtiyoriy HTML-xujjatdan, shu bilan 
    birga boshqa ASP-xujjatdan chaqirilishi mumkin. ASP-kod joylashtirilgan Web-sahifalar 
    fayllari kengaytmasi .asp bo’ladi.
    ASP texnologiya Windows NT va Microsoft IIS Web-serveriga mo’ljallangan hisoblanib, 
    imkoniyatlari va samaradorligi yuqori bo’lganligi bois ko’pgina kompaniyalar o’z 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    114 
    vositalariga ASP ni qo’llab quvvatlash imkoniyatlarini kiritmoqdalar. ASP-vositalarini 
    ishlab chiqish bo’yicha Chillsoft kompaniyasi ASP-vositalar ishlab chiquvchi 
    kompaniyalar ichida eng yirigidir.
    ASP texnologiyasi bir nechta qulayliklarni o’zida jamlagan: HTML-xujjatni dinamik 
    generatsilaydi, formalarni qo’llab quvvatlaydi, ma’lumotlar bazasiga ruxsatni tashkil 
    etadi va u bilan ishlay oladi. ASP – dasturlash tili ham, ilova ham emas, u interaktiv 
    Web-sahifa hosil qilish texnologiyasi.
    PHP
    PHP – bu serverda qayta ishlanuvchi stsenariylar tilidir. ASP kabi PHP kodlar ham 
    bevosita HTML-xujjatni tarkibiga qo’shiladi. Ushbu tilning nomi Personal Home Page 
    Tools so’zlarining qisqartmasidan olingan. PHP da C va Perl tillarida uchragan bir qator 
    muammolar hal etilgan, bundan tashqari, PHP ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun 
    juda qulay vositadir. Umuman olganda Perl, PHP – ochiq tizimli tillar hisoblanadi va 
    ularni dasturchilar modernizatsiyalashtira oladi.
    JSP
    JSP (JavaServerPage) texnologiyasi o’zining funktsional imkoniyatlariga ko’ra ASP ga 
    o’xshashdir. Asosiy farqi shundaki, bunda VBScript va JavaScript bilan birga Java tili 
    ham qo’llanila oladi. SHunga qaramay JSP Java dan oldinroq qo’llanilgan va ushbu 
    texnologiya mukammal Web-ilovalar yaratish uchun yetarli imkoniyatga ega. 
    SSI  
    SSI (Server Side Include) vositasi dastlab HTML-faylni dastlab serverda qayta ishlaydi 
    va undan so’ng uni klientga uzatadi. Dastlabki qayta ishlash vaqtida xujjatga dinamik 
    generatsiya qilingan ma’lumotlar qo’shiladi, masalan joriy vaqt haqidagi ma’lumot. 
    Umuman olganda SSI texnologiyasi HTML-faylning tarkibiga qo’shimcha qo’llanmalar 
    qo’shishga mo’ljallangan, HTMLning qismi hisoblanadi.

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish