• HTML (HyperText Markup Language)
  • Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

    Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML.
    Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmetkali 
    til tasnifi bilan boshlaymiz.
    Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa 
    xujjatga joylashtiriladi va bu xujjatni barcha kompьyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. 
    Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-
    sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (giperssilkalar) 
    ta’minlashdan iborat.
    HTML (HyperText Markup Language)
    Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML xujjatlarni ko’rishga 
    mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili 
    WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar 
    o’z ichiga matn fayllar, grafik ma’lumotlar va boshqalvrni oladi.
    Xujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) 
    deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi.
    Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-xujjat deb ataluvchi faylining 
    ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab braueer oynasida ma’lumotlar 
    turlicha ko’rinadi. HTML xujjatga ma’lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab 
    teglar mavjud. Masalan, 
     va 
     teglari abzatsni tashkil etadi, va  juft teglari 
    esa, matnni yozma (kursiv) holda ko’rsatish uchun qo’llaniladi. SHu bilan birga 
    gipermatnli ssilkalar teglari ham mavjud. Ushbu elementlar foydalanuvchiga gipermatn 
    ustiga sichqoncha kursori bosilganda boshqa xujjatga bog’lanish imkonini beradi.
     
    XML (eXtensible Markup Language).
    XML tili ham HTML tiliga o’xshash til xisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, 
    XML da dasturchi o’zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma’lumotlar 
    joylashtiradi. XML-teglar harflar katta kichikligini farqlaydi.
    XHTML.
    XHTML tili HTML va XML tillarining birlashmasini tashkil etadi. XHTML tilida 
    yozilgan xujjatning tashqi ko’rinishi platformaga bog’liq (Windows, Mac yoki Unix) 
    ravishda o’zgarib ketmaydi. SHunga qaramay XHTML tarkibida HTML diskriptorlardan 
    foydalaniladi.
    Bugungi kunda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun yangi til ishlab 
    chiqilgan bo’lib, u WML (Wireless Markup Language) deb ataladi; CDF (Channel 
    Definition Format) - Microsoft ishlab chiqqan brauzerlarda push-kanal hosil qilishda 
    qo’llaniladi.

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish