|
Axborot tizmlari va texnologiyalariBog'liq TTAT MAJMUA NAMANGANNazorat savollari:
1.
Dasturlash va tarixi tarixi xaqida gapirib ering.
2. Kompyuterda dasturlash nima?
3. Qanday ko'p ishlatiladigan dasturlash tillarini bilasiz.
4. Web dasturlash vositalari (tillari)dan qaysilarini bilasiz.
2. Web dasturlash va web dizayn.
Reja:
1. Web-sahifa, Web-sayt, Web-server.
2. Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML.
3. Stsenariyli tillar. "klient-server" texnologiyasi
Tayanch so‘z va iboralar: Web-sahifa, Web-sayt, Web-server, Razmetkali tillar
HTML, XML, XHTML, WML, klient-server, senariyli tillar, "klient-server"
texnologiyasi, Klient tomonidagi stsenariylar
web-sahifa, web-sayt, web-server
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta
tushunchasini o’rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server.
Web-sahifa – o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida
(brauzer) ko’riluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya
ma’lumotlar birlashmasi - mulьtimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga gipermurojaatlar
kirishi mumkin.
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web-server – tarmoqqa ulangan kompьyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy
resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-
serverlar ma’lumotlar bazalari va mulьtimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi;
Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.
Biz Internet tarmog’idagi Web-sahifalarni ko’rishimiz uchun WWW (World Wide Web)
deb ataluvchi servisdan foydalanamiz.
World Wide Web (WWW, Butun dunyo o’rgemchak to’ri) – bu klient-server
texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.
Web-texnologiya klassifikatsiyasi
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
112
|
| |